Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Java Sattorov 1-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zgaruvchilarni ta’riflash. Java
Taqqoslash belgilari.
Java da quyidagi taqqoslash belgilari mavjud (3.4-jadval): 3.4-jadval. № Matematikada yozilishi Java da yozilishi Matematikada yozilishi Java da yozilishi 1. = == a=b a==b 2. ≠ != a≠b a!=b 3. < < aa4. > > a>b a>b 5. ≤ <= a≤b a<=b 6. ≥ >= a≥b a>=b Taqqoslash natijasi mantiqiy kattalikdan iboratdir. E‘tibor bering: tenglikka solishtirishda ketma-ket ikkita tenglik belgisi qo‗llaniladi. O‘zgaruvchilarni ta’riflash. Java tilida programmada ishlatiladigan barcha o‗zgaruvchilar qo‗llanishidan oldin ta‘riflangan bo‗lishi kerak. Ko‗p programmalash tillarida (Algol, Paskal, Delphi va h.k.) o‗zgaruvchilar programmaning bosh qismida ta‘riflanadi va bu o‗zgaruvchilar programmaning oxirigacha xotiradan egallagan joylarini bo‗shatmaydilar. Java da esa o‗zgaruvchilarni kerakli joyda (blokda) ta‘riflash mumkin. Blokdan chiqish bilan o‗zgaruvchi xotiradan egallagan joy bo‗shatiladi. Bu haqda keyinroq batafsil to‗xtalamiz. O‗zgaruvchilarni ta‘riflash deganda, uning qabul qiladigan qiymatiga qarab turini aniqlashga aytiladi. Programma o‗zgaruvchining turiga qarab, xotiradan mos joy ajratadi. 19 Butun qiymat qabul qiluvchi o‘zgaruvchilar. Butun qiymat qabul qiluvchi o‗zgaruvchilar qabul qilishi mumkin bo‗lgan qiymatning kattaligiga qarab, bir necha turga bo‗linadi (3.5-jadval). 3.5-jadval. O‗zgaruvchining turi Xotiradan ajratiladigan joy Qabul qilishi mumkin bo‗lgan qiymatning oralig‗i byte 1 bayt -2 7 dan +2 7 -1 gacha short 2 bayt -2 15 dan +2 15 -1 gacha int 4 bayt -2 31 dan +2 31 -1 gacha long 8 bayt -2 63 dan +2 63 -1 gacha Misol: byte a; byte s; byte G; Yuqorida uchta o‗zgaruvchi ta‘riflangan. Ta‘riflovchi so‗z jadvalda qanday yozilgan bo‗lsa, programmada ham shunday yoziladi, ya‘ni byte o‗rniga Byte yozish mumkin emas. Java tilida xizmatchi so‗zlarning qat‘iy yozilish qoidasi mavjud. O‗zgaruvchini ta‘riflash nuqtali vergul bilan tugashi shart. O‗zgaruvchilarning turi bir xil bo‗lsa, ularni umumlashtirish ham mumkin. Yuqoridagini quyidagicha yozish ham mumkin: byte a, s, G; Bu holda uzgaruvchilar orasiga vergul belgisi qo‗yiladi. Bu qoidalar boshqa turdagi o‗zgaruvchilar uchun ham o‗rinli: short A, a; int k,l,m; long v,h; Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling