Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/47
Sana25.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1721980
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47
Bog'liq
Java Sattorov 1-qism

 
Jadval kattaliklar. 
Jadval kattaliklar programmalash tillarida massivlar ham deb ataladi. 
Massivlar bir xil turdagi qiymatlarning bir xil nomlanishidir. Massivning har 
bir elementi o‗zining tartib nomeri bilan farqlanadi. Massivlar uchun 
xarakterli bo‗lgan narsa quyidagilardir: massiv nomi, massiv elementlarining 
turi, massivdagi elementlar soni. Massivlar bir, ikki va h.k. o‗lchovli bo‗lishi 
mumkin. Bir o‗lchovli massivlarga matematikadagi vektorlar misol bo‗ladi. 
Masalan,
X=(x
1
, x
2
, x
3
, …,x
n

Ikki 
o‗lchovli 
massivlarga 
matematikadagi 
matritsalar 
yoki 
determinantlar misol bo‗ladi. Bu holda har bir element qaysi satr va qaysi 
ustunda turishiga qarab uning o‗rni aniqlanadi. Masalan, a
i,j
element A 
massivning i-yo‗li va j-ustunlarining kesishgan joyida turadi.
Bir o‘lchovli massivlar 
Java tilida bir o‗lchovli massivlar quyidagicha aniqlanadi: 
elementlarining turi massiv nomi[]; 
Masalan, 
int A[]; 
double b[]; 
char s[]; 
Demak, 
massivlarni 
aniqlashda 
(ta‘riflashda) 
oldin 
massiv 
elementlarining turi va undan keyin massivning nomi, nomdan keyin esa [] 
o‗rta qavslar qo‗yilar ekan. Agar [] qo‗yilmasa, bu oddiy o‗zgaruvchilani 
ta‘riflash bo‗ladi. 
Yuqoridagi keltirilgan massivlarni aniqlash bu hali massiv to‗liq 
aniqlandi, degan so‗z emas. Bu yerda hosil qilinmoqchi bo‗lgan massivning 
shakli (obrazi) yaratildi. Xotiradan massiv uchun hali joy ajratilgani yo‗q. 
Yuqorida biz uchta massivning obrazini yaratdik. Massivni to‗liq aniqlash 
uchun quyidagi qoidadan foydalaniladi: 
Massiv nomi=new elementlarning turi[o‘lchov];
Masalan, yuqorida keltirilgan massivlar uchun: 
A=new int[10]; 
b=new double[20]; 
s=new char[40];
Endi programma elementlari butun sonlar bo‗lgan A massiv uchun 
xotiradan 10 ta joy, elementlari haqiqiy sonlar bo‗lgan b massiv uchun 20 ta 
joy va elementlari belgilar bo‗lgan s massiv uchun 40 ta joy ajratildi. Java da 
ajratilgan joylar nuldan boshlab nomerlanadi. Massiv elementlariga murojaat 
qilish uchun massiv nomi va [ ] ichida elementning tartib nomeri ko‗rsatiladi. 
Masalan, 


22 
A[0]-A massivning 1-elementi;
A[1]- A massivning 2- elementi; 
A[9]- A massivning 10- elementi; 
b[0]-b massivning 1-elementi;
b[19]-b massivning 20-elementi;
s[0]-s massivning 1-elementi;
s[39]-s massivning 40-elementi;
Yuqorida massivlarni ta‘riflashni ikki bosqichda amalga oshirishni 
ko‗rdik. Java da bu ishni bir bosqichda ham amalga oshirish mumkin. 
Masalan, yuqorida ta‘riflangan massivlarni quyidagicha ham aniqlash 
mumkin.
int A[]=new int[10]; 
double b[]=new double[20]; 
char s[]=new char[40];
Java tilida massivlarni birdaniga aniqlash va elementlariga qiymat berish 
ham mumkin. Masalan,
int A[]={4,5,10,-3,1,-8,25,100,23,6}; 
bu holda A nomli 10 ta butun elementli bir o‗lchovli massiv aniqlanadi. Bu 
yerda A[0]=4, A[1]=5, A[2]=10, A[3]=-3, A[4]=1, A[5]=-8, A[6]=25, 
A[7]=100, A[8]=23, A[9]=6. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling