Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Java Sattorov 1-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir o‘lchovli massivlar Java
- Massiv nomi =new elementlarning turi
Jadval kattaliklar. Jadval kattaliklar programmalash tillarida massivlar ham deb ataladi. Massivlar bir xil turdagi qiymatlarning bir xil nomlanishidir. Massivning har bir elementi o‗zining tartib nomeri bilan farqlanadi. Massivlar uchun xarakterli bo‗lgan narsa quyidagilardir: massiv nomi, massiv elementlarining turi, massivdagi elementlar soni. Massivlar bir, ikki va h.k. o‗lchovli bo‗lishi mumkin. Bir o‗lchovli massivlarga matematikadagi vektorlar misol bo‗ladi. Masalan, X=(x 1 , x 2 , x 3 , …,x n ) Ikki o‗lchovli massivlarga matematikadagi matritsalar yoki determinantlar misol bo‗ladi. Bu holda har bir element qaysi satr va qaysi ustunda turishiga qarab uning o‗rni aniqlanadi. Masalan, a i,j element A massivning i-yo‗li va j-ustunlarining kesishgan joyida turadi. Bir o‘lchovli massivlar Java tilida bir o‗lchovli massivlar quyidagicha aniqlanadi: elementlarining turi massiv nomi[]; Masalan, int A[]; double b[]; char s[]; Demak, massivlarni aniqlashda (ta‘riflashda) oldin massiv elementlarining turi va undan keyin massivning nomi, nomdan keyin esa [] o‗rta qavslar qo‗yilar ekan. Agar [] qo‗yilmasa, bu oddiy o‗zgaruvchilani ta‘riflash bo‗ladi. Yuqoridagi keltirilgan massivlarni aniqlash bu hali massiv to‗liq aniqlandi, degan so‗z emas. Bu yerda hosil qilinmoqchi bo‗lgan massivning shakli (obrazi) yaratildi. Xotiradan massiv uchun hali joy ajratilgani yo‗q. Yuqorida biz uchta massivning obrazini yaratdik. Massivni to‗liq aniqlash uchun quyidagi qoidadan foydalaniladi: Massiv nomi=new elementlarning turi[o‘lchov]; Masalan, yuqorida keltirilgan massivlar uchun: A=new int[10]; b=new double[20]; s=new char[40]; Endi programma elementlari butun sonlar bo‗lgan A massiv uchun xotiradan 10 ta joy, elementlari haqiqiy sonlar bo‗lgan b massiv uchun 20 ta joy va elementlari belgilar bo‗lgan s massiv uchun 40 ta joy ajratildi. Java da ajratilgan joylar nuldan boshlab nomerlanadi. Massiv elementlariga murojaat qilish uchun massiv nomi va [ ] ichida elementning tartib nomeri ko‗rsatiladi. Masalan, 22 A[0]-A massivning 1-elementi; A[1]- A massivning 2- elementi; A[9]- A massivning 10- elementi; b[0]-b massivning 1-elementi; b[19]-b massivning 20-elementi; s[0]-s massivning 1-elementi; s[39]-s massivning 40-elementi; Yuqorida massivlarni ta‘riflashni ikki bosqichda amalga oshirishni ko‗rdik. Java da bu ishni bir bosqichda ham amalga oshirish mumkin. Masalan, yuqorida ta‘riflangan massivlarni quyidagicha ham aniqlash mumkin. int A[]=new int[10]; double b[]=new double[20]; char s[]=new char[40]; Java tilida massivlarni birdaniga aniqlash va elementlariga qiymat berish ham mumkin. Masalan, int A[]={4,5,10,-3,1,-8,25,100,23,6}; bu holda A nomli 10 ta butun elementli bir o‗lchovli massiv aniqlanadi. Bu yerda A[0]=4, A[1]=5, A[2]=10, A[3]=-3, A[4]=1, A[5]=-8, A[6]=25, A[7]=100, A[8]=23, A[9]=6. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling