Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Java Sattorov 1-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Java tilining operatorlari
- NetBeans
Ko‘p o‘lchovli massivlar.
Ko‗p o‗lchovli massivlar ham bir o‗lchovli massivlardek, ikki bosqichda yoki bir bosqichda aniqlanishi mumkin. Masalan, int mas[][];// birinchi bosqich mas=new int[4][5];// ikkinchi bosqich yoki int mas[][]=new int[4][5];// bitta bosqich Bu misolda elementlari butun sonlar bo‗lgan to‗rtta yo‗li va beshta ustunli ikki o‗lchovli massiv aniqlangan. Ikki o‗lchovli massiv elementlariga murojaat qilish quyidagicha bo‗ladi: mas[0][0] – birinchi yo‗l, birinchi ustun mas[0][4] – birinchi yo‗l, beshinchi ustun mas[3][0] – to‗rtinchi yo‗l, birinchi ustun mas[3][4] – to‗rtinchi yo‗l, beshinchi ustun Ikki o‗lchovli massiv elementlariga qiymat berib ham, uni aniqlash mumkin: int mas[][]={{1,2,3,4,5}, {6,7,8,9,10}, {11,12,13,14,15}, {16,17,18,19,20}}; 23 Ikki o‗lchovli massivlarni massiv, ichidagi massiv deb ham qarash mumkin, ya‘ni yuqoridagi massivni quyidagicha ham aniqlasa bo‗ladi: int mas[][]=new int[4][]; mas[0]=new int[5]; mas[1]=new int[5]; mas[2]=new int[5]; mas[3]=new int[5]; Bu holda ham massiv elementlariga murojaat yuqoridagidek bo‗ladi. Java ning bu imkoniyatidan foydalanib, ustunlar soni har xil bo‗lgan massivlarni ham aniqlash mumkin. Masalan, int ma[][]=new int[4][]; ma[0]=new int[1]; ma[1]=new int[2]; ma[2]=new int[3]; ma[3]=new int[4]; ko‗rinishda massivni ta‘riflash, uchburchak ko‗rinishidagi massivni aniqlaydi. Bu massiv elementlarining indeksi quyidagicha o‗zgaradi: [0][0] [1][0] [1][1] [2][0] [2][1] [2][2] [3][0] [3][1] [3][2] [3][3] Shu usulda ko‗p o‗lchovli massivlar aniqlanadi. 4. Java tilining operatorlari Barcha programmalashtirish tillari kabi, misol yoki masalalarni yechishda Java da ham maxsus operatorlardan foydalaniladi. Operatorlarni yozishda maxsus xizmatchi so‗zlardan ishlatiladi. Bu so‗zlarni yozishda qat‘iy qoidalar qabul qilingan. NetBeans muhitida ishlasangiz, juda ko‗p xizmatchi so‗zlarning yozilishini NetBeans ning o‗zi taklif etadi. 4.1-jadvalda xizmatchi so‗zlardan ayrimlari va ularning yozilishi keltirilgan. 4.1-jadval. continue for new switch default package boolean do if private this break double byte else import public case int short try char final static void class long const float native super while catch extends enum Java da programma yozishda juda ko‗p xizmatchi so‗zlarni yoki bir necha xizmatchi so‗zlarning kombinatsiyasini qayta-qayta yozishga to‗g‗ri keladi. Bu so‗zlarni klaviaturadan qayta-qayta yozmaslik va ularni tezda hosil qilish uchun NetBeans muhitida maxsus qisqa so‗zlar (Word dagi avtozamenaga o‗xshash) va maxsus klavishlar ro‗yxati kiritilgan. Kerakli so‗z 24 yoki so‗zlar kombinatsiyasi o‗rniga unga mos qisqa so‗z yoziladi va Tab (tabulatsiya) klavishi bosiladi. Natijada siz yozgan qisqa so‗z o‗rnida unga mos to‗liq matn hosil bo‗ladi. Masalan, siz natijani chop etish uchun Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling