Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги
Formatter klassidan foydalaniladi va bu klassning bir qator metodlari mavjud. Formatter
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Java Sattorov 1-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Formatter
Formatter klassidan foydalaniladi va bu klassning bir qator metodlari
mavjud. Formatter hosil qilingandan keyin formatlovchi satr yoziladi va unga Format() metodi yordamida murojaat qilinadi. Masalan, Formatter ff=new Formatter(); ff.format("Formatlash %s juda oson: %d %f", "Java yordamida",10, 96.6); Bu misolda ff o‗zgaruvchi Formatter turi bo‗yicha aniqlanyapti va unga Formatter ning ff.format metodi bo‗yicha murojaat qilinmoqda. "Formatlash %s juda oson: %d %f" satr-formatlovchi satr (qolipning ko‗rinishi). Qolipda maxsus belgilar- spetsifikatorlar (qolipning har bir katagining turini va o‗lchovini tanlovchi harflar) ishlatiladi va ular % belgisidan boshlanadi. Bu qolipda uchta spetsifikator ishlatilmoqda: %s matnlarni chop etish uchun %d butun sonlarni chop etish uchun %f kasr sonlarni chop etish uchun. Demak, biz tuzgan qolip uchta katakdan iborat ekan. Uning birinchi katagiga ―Java yordamida‖ matni tushadi (birinchi element), ikkinchi katagiga 10 butun soni tushadi va uchinchi katakka 96.6 kasr soni tushadi. Spetsifikator soni chop qilinadigan elementlar soniga teng bo‗lishi shart. Yuqorida hosil qilinga Formatter obyekti quyidagi satrni shakllantiradi. Formatlash Java yordamida juda oson: 10 98.600000, ya‘ni har bir spetsifikator o‗rniga unga mos ma‘lumot kelib tushadi. Formatter orqali ma‘lumotlarni chop etishda Java utiliti chaqirilgan bo‗lishi kerak. Yuqoridagi misolning programmasi quyidagicha bo‗lishi mumkin: package format_pech; import java.util.*; 29 public class Main { public static void main(String[] args) { Formatter ff=new Formatter(); ff.format("Formatlash %s juda oson: %d %f","Java yordamida",10,98.6); System.out.println(ff); } } 4.3-jadvalda Java da qo‗llanadigan spetsifikatorlar ro‗yxati keltirilgan. 4.3-jadval. Spetsifikator O‗tkazish formati %a %A O‗n oltilik suzuvchi vergulli (kasr) sonlar %b %B Mantiqiy %c Belgili %e %E Eksponensial ko‗rinish %f O‗nlik suzuvchi vergul %o Butun sakkizlik %n Yangi satrga o‗tish belgisini o‗rnatish %s %S Satr %t %T Vaqt va sana %x %X O‗n oltilik butun %% % belgisini qo‗yish Spetsifikatorlarning bosh harflarda yozilishi yuqori registrga (harflarda bosh harfga) o‗tkazishni ta‘minlaydi. Sonlarda qaysi harfda yozilishining farqi yo‗q. Spetsifikator va unga mos ma‘lumotning turi mos kelishi kerak, aks holda programmada xatolik ko‗rsatiladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling