Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги
Ma’lumotlarni kiritish operatori
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Java Sattorov 1-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Scanner
- Excel , Matcad , Matlab
Ma’lumotlarni kiritish operatori.
Yuqorida biz Formatter klassi bilan tanishdik va uning yordamida formatli chop etish usullarini ko‗rdik. Bu klassning print yoki println usullaridan farqi shundaki, Formatter da ma‘lumotlar qaysi formatda bo‗lsa, shu formatda chop etiladi, ya‘ni butun son formatidagi son butun formatda, haqiqiy son haqiqiy son formatida va h.k. print yoki println da esa barcha formatdagi ma‘lumotlar oldin matnga o‗tkaziladi va keyin chop etiladi. Formatter klassiga qo‗shimcha klasslardan biri Scanner klassidir. Bu klass ma‘lumotlar qaysi formatda bo‗lsa, shu formatda o‗qish (xotiraga kiritish) imkonini beradi. Ma‘lumotlar oqimi (ketma-ketligi) faylda ham bo‗lishi mumkin. Xuddi shuningdek, ma‘lumotlarni klaviatura orqali (konsol) ham o‗qish imkoni mavjud. Ma‘lumotlarni Scanner orqali o‗qish uchun Scanner ni hosil qilish kerak. Masalan, quyidagi Scanner Scanner ss=new Scanner(System.in); standart kiritish qurilmasi (klaviatura)ni bildiradi. Klaviaturadan Scanner yordamida butun sonlarni, o‗nli kasr ko‗rinishidagi sonlarni (haqiqiy sonlar), matnlarni kiritish va bu qiymatlarni mos turdagi o‗zgaruvchilarga taqdim etish uchun quyidagi metodlar qo‗llanadi. nextInt()-int turidagi butun sonlarni o‗qish uchun; nextShort()-short turidagi butun sonlarni o‗qish uchun; nextLong()-long turidagi butun sonlarni o‗qish uchun; nextByte()-byte turidagi butun sonlarni o‗qish uchun; nextFloat()-float turidagi haqiqiy sonlarni o‗qish uchun; nextDouble()-double turidagi haqiqiy sonlarni o‗qish uchun; next()-ixtiyoriy turni matn sifatida o‗qish uchun. nextList()-satrlarni o‗qish uchun. Quyidagi programma bu metodlarning qo‗llanishiga doirdir: package vvod_scaner; import java.util.*; public class Main { public static void main(String[] args) { Scanner sc=new Scanner(System.in); int a,b; a=sc.nextInt(); 33 b=sc.nextInt(); System.out.println("a="+a); System.out.println("b="+b); float c; c=sc.nextFloat(); System.out.println("c="+c); double a1,b1; a1=sc.nextDouble(); b1=sc.nextDouble(); System.out.println("a1="+a1); System.out.println("b1="+b1); String s; s=sc.nextLine(); System.out.println("s="+s); } } Agar kiritiladigan barcha ma‘lumotlar bitta satrda yozilsa, ma‘lumotlar orasiga probel qo‗yish va oxirida Enter ni bosish kerak. Masalan, yuqoridagi programma uchun ma‘lumotlarni 1 2 3 4 5 Java programma ko‗rinishda kiritsak, natija a=1 b=2 c=3.0 a1=4.0 b1=5.0 s= Java programma ko‗rinishda hosil bo‗ladi. Agar programmaning s=sc.nextLine(); satrini s=sc.next(); ga o‗zgartirsak va ma‘lumotlarni yuqoridagi ko‗rinishda kiritsak, natija a=1 b=2 c=3.0 a1=4.0 b1=5.0 s= Java ko‗rinishda bo‗ladi, chunki s ning qiymati sc.next() metodi yordamida o‗qilmoqda. Bu holda probel ma‘lumotlarni ajratish uchun xizmat qiladi. nextLine() metodi barcha qolgan ma‘lumotlarni bitta satr deb qabul qiladi. Yuqoridagi programma uchun ma‘lumotlarni alohida-alohida kiritish ham 34 mumkin (har biridan keyin Enter ni bosib). U holda, kiritilayotgan ma‘lumotlar va natija quyidagi ko‗rinishda bo‗ladi. 1 2 a=1 b=2 3 c=3.0 4 5 a1=4.0 b1=5.0 Java programma s=Java Scanner ga tegishli ma‘lumotlarni yana ham to‗liqroq [1] dan olish mumkin. 5. Chiziqli jarayonlarning algoritmlari. Chiziqli jarayonlar deb, shartlarga va takrorlanish holatlariga bog‗liq bo‗lmagan hisoblash jarayonlariga aytiladi. Bu sohadagi biror masalani yechish ketma-ket keladigan oddiy matematik (umuman shart emas) hisoblashlardan iborat bo‗ladi. Masalan, to‗g‗ri to‗rtburchakning yuzasini topish, tezlikni hisoblash, ixtiyoriy uchburchakning yuzasini Geron formulasi bo‗yicha hisoblash va h.k. Bu turdagi masalalar har sohada mavjud bo‗lib ular cheksiz ko‗pdir. Umuman programmalashni o‗rganish chiziqli jarayonlarga tegishli bo‗lgan misol va masalalarni yechishdan boshlanadi. Har bir malakali (professional) programmachi ham ishni chiziqli jarayonlarning programmasini tuzishdan boshlagan. Chiziqli jarayonlarga doir bir qator matematik modellarni (formulalarni) ko‗raylik. 1. To‗g‗ri to‗rtburchakning yuzini topish formulasi. S=a×b 2. Tezlikni topish formulasi. V=s/t 3. Silindrning hajmi. V=πr 2 h 4. Ixtiyoriy uchburchakning yuzi. p=(a+b+c)/2; s= 5. Ixtiyoriy ifodaning qiymatini hisoblash S=(x+y+1) 2 +(x-y-1) 2 Yuqorida keltirilgan formulalar (matematik modellar) bo‗yicha hisoblashda = belgisining o‗ng tomonida turgan o‗zgaruvchilarning qiymati ma‘lum bo‗lganda = 35 ning chap tarafida turgan o‗zgaruvchilarning qiymatini topish mumkin. Programmalashtirishda odatda = ning o‗ng tarafida turgan o‗zgaruvchilarni boshlang‗ich ma‘lumotlar, = ning chap tarafida turgan o‗zgaruvchining qiymatiga natija deb ataladi. Bulardan tashqari, oraliq qiymatlar (natijalar) ham bo‗lishi mumkin. Qiymati vaqtincha kerak bo‗ladigan o‗zgaruvchilarga oraliq qiymatlar (natijalar) deyiladi. To‗rtinchi misolda yarim perimetr p oraliq natijadir. Bu o‗zgaruvchining qiymati boshlag‗ich ma‘lumot ham emas, xuddi shuningdek, natija ham emas. Programmalashtirishda oraliq o‗zgaruvchilar juda ko‗p qo‗llaniladi. Biz bilgan klassik usulda, ya‘ni matematik usulda berilgan masalani yechish uchun formula bo‗yicha qo‗lda hisoblashlarni amalga oshirish kerak. Bu juda ko‗p vaqni talab etadi. Faraz qilaylik, 100 ta uchburchakning yuzini Geron formulasi bo‗yicha hisoblamoqchisiz. O‗ylab ko‗ring, buning uchun qancha vaqt sarflanadi. Shunday masalalar mavjudki, ularni yechish uchun bir insonning umri yetmasligi mumkin. Shuning uchun ham, bu hisoblashlar kompyuterning zimmasiga yuklatiladi. Ammo, kompyuter hisoblashi uchun berilgan masalani yechish algoritmini tuzishni bilish kerak. Agar algoritm biror-bir programmalash tilida yozilgan bo‗lsa, va programma kompyuter xotirasiga kiritilsa, kompyuter barcha hisoblashlarni juda katta tezlikda bajaradi. Sizning qimmatli vaqtingiz tejaladi. Shuning uchun ham programmalashtirishda algoritm muhim ahamiyatga ega. Algoritmni yozgan kishi algoritm yaratuvchisi, algoritmni ijro etuvchiga (bajaruvchiga) esa algoritm ijrochisi deyiladi. Algoritmni ijro etish algoritm yaratuvchisiga bog‗liq emas. Shuning uchun ham, algoritm ijro etish kompyuter zimmasiga yuklatiladi. Hozirgi paytda juda ko‗p klassik masalalarning algoritmlari oldindan tuzilib, kompyuter xotirasiga kiritilgan. Excel, Matcad, Matlab va boshqa paketlar bunga misol bo‗ladi. Demak, algoritm deganda, ma‘lum qoida asosida bajariladigan buyruqlar ketma-ketligiga aytiladi. Algoritmlar haqida to‗liq ma‘lumot [3] da keltirilgan. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling