Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/47
Sana25.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1721980
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47
Bog'liq
Java Sattorov 1-qism

5.2-rasm. 
Endi programmaning matnida keltirilgan so‗zlarga e‘tibor qarataylik. 
Programmaning 1-4, 8-11,14-16 va 18 satrlari izohlardan iborat. Bu satrlarni 
har doim NetBeans ning o‗zi qo‗shib qo‗yadi. Xohlasangiz ,ularni olib 
tashlashingiz mumkin. Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, ular programmaning 
natijasiga ta‘sir qilmaydi. Java da programmalar klasslardan va usullar 
(metod)dan tashkil topgan. Klasslar umumiy va lokal bo‗lishi mumkin va h.k. 
Bu haqda to‗liq ma‘lumot klasslar bo‗limida beriladi. Programmaning 6, 12 
va 17 satrlari, yuqorida ta‘kidlanganidek, klasslar va metodlar bilan bog‗liq. 
Barcha programmalar 17-satrdan bajarilishni boshlaydi. Shuning uchun ham, 
programmaga kiritiladigan o‗zgartirishlar shu satrdan keyin yoziladi. Har bir 
klassning va metodning boshlanishini { va oxirini } aniqlovchi qavslar 
ishlatiladi. Ko‗p programmalash tillarida bu qavslar o‗rniga Begin va end 
so‗zlaridan foydalaniladi va ular mos ravishda blokning boshlanishi va oxirini 
bildiradi. Java da ham bu qavslar shu ma‘noda ishlatiladi. 
Bizning misolimizda, umuman olganda, uchburchak tomonlarining 
uzunligi, shuningdek yarim perimetr va natija ham butun sonlar emas. 
Ortiqcha izohlarni olib tashlab, o‗zgaruvchilarni ta‘riflasak, ularga ixtiyoriy 
qiymatlar bersak va yarim perimetrni hisoblasak, programma quyidagi 
ko‗rinishga keladi: 


39 
package geron; 
public class Geron { 
public static void main(String[] args) { 
double a, b, c, p, s; 
// tomonlar uzunligi quyidagicha bo‗lsin 
a=2; 
b=3; 
c=4; 
// Yarim perimetr 
p=(a+b+c)/2; 


Natija S ning qiymatini hisoblashda kvadrat ildiz ishtirok etmoqda. Ko‗p 
programmalash tillarida ildizlar, trigonometrik funksiyalar va h.k. maxsus 
funksiyalar yordamida hisoblanadi. Java da ham bu kabi funksiyalar maxsus 
klassga birlashtirilgan va bu klass Math deb nomlangan. Klassning ichiga har 
xil metodlar (funksiyalar) kiritilgan. Kerakli metodni (funksiyani) klassdan 
olish uchun programmaning kerakli joyida klassning nomi yoziladi. Klass 
nomidan keyin nuqta (.) klavishi bosilsa, shu klassdagi funksiyalar (metodlar) 
ro‗yxati ochiladi. Kerakli metod tanlanadi va Enter klavishi bosiladi (5.3-
rasm). So‗ngra metodning ichiga kerakli ifoda yoziladi. Bizning misol uchun 
bu satrning ko‗rinishi 
s=Math.sqrt(p*(p-a)*(p-b)*(p-c)); 
shaklda bo‗ladi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling