Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги
Chiziqli jarayonlar algoritmining blok-sxemasi
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Java Sattorov 1-qism
Chiziqli jarayonlar algoritmining blok-sxemasi. Algoritmlarni tasvirlashnig turli usullari mavjud. Ulardan keng tarqalganlaridan biri blok-sxema usulidir. Algoritmni blok-sxema yordamida tasvirlash deganda ma‘lum geometrik shakllar yordamida yozish tushuniladi. Har bir geometrik shakl ma‘lum ma‘noga ega. Blok-sxema ko‗rinishida tasvirlangan algoritmlar programmalash qoidalaridan bexabar bo‗lgan kishilarga ham tushunarlidir. Biror masalani yechish programmasi ham algoritmdir. Quyida 4- misolni yechish algoritmining blok-sxemasi keltirilgan (5.1-rasm). 36 Algoritmning boshlanishini bildiruvchi blok; Boshlang‗ich ma‘lumotlarni kirituvchi blok; Hisoblash bloki; Hisoblash bloki; Chop etish bloki; Algoritmning oxirini bildiruvchi blok. 5.1-rasm. Birinchi blok algoritmning boshlanishini bildiradi. Bu blok bilan oxirgi blokning ko‗rinishi bir xil bo‗lib, ularning ichiga mos ravishda boshlanishi yoki tamom so‗zlari yozib qo‗yiladi. Ikkinchi blok boshlang‗ich ma‘lumotlarni kiritishni bildiradi. Bu blokning ichiga qiymatlari kiritilishi kerak bo‗lgan o‗zgaruvchilarning ro‗yxati yoziladi. Keyingi ikkita blok hisoblashlar uchundir. Uning ichiga hisoblash formulasi tabiiy ko‗rinishda yoziladi. Bu ko‗rinishdagi bloklar algoritmda bir nechta bo‗lishi mumkin. Muhimi, ularning ketma-ketligini to‗g‗ri yozishda. Har bir keyingi blokdagi o‗zgaruvchilarning qiymatlari oldindan ma‘lum bo‗lishi kerak. Beshinchi blok ma‘lumotlarni chop etishni bildiradi. Qiymatlari chop etiladigan o‗zgaruvchilarning ro‗yxati blok ichida yoziladi. Blok-sxemadagi ko‗rsatkich (strelka)lar bloklarning bajarilish ketma-ketligini aniqlaydi. Blok-sxemadan ko‗rinib turibdiki, har bir blok aniq ketma-ketlikda albatta bir martadan bajariladi. Birorta blokning bajarilmaganligini yoki bir necha marta bajarilganligini (takrorlanganligini) uchratmaymiz. Shuning Boshl. a,b,c p=(a+b+c)/2 S= S Tamo m mм 37 uchun ham, bunday algoritmlarga chiziqli jarayonlarning algoritmlari deyiladi. Tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi jarayonlarning algoritmlari chiziqli jarayonlarning algoritmlari asosida yaratiladi. Chiziqli jarayonlarga tegishli boshqa misollar algoritmining blok- sxemasini 5.1-rasmdagi blok-sxemadan osongina keltirib chiqarish mumkin. Buning uchun har bir blokning ichidagi ma‘lumotlarni berilgan misolning mos o‗zgaruvchilari bilan almashtirish yetarli. Faqat hisoblashlar bloklarining soni ko‗p yoki kam bo‗lishi mumkin. Masalan, 5-misol uchun quyidagicha bo‗ladi: 1. Kiritish blokida a, b, c lar o‗rniga x, y; 2. Birinchi hisoblash blokida p=(a+b+c)/2 o‗rniga s= (x+y+1) 2 +(x-y-1) 2 ; 3. Ikkinchi hisoblash blokini olib tashlash kerak; 4. Qolgan yozuvlar o‗zgarmaydi. Shunday qilib, biz chiziqli jarayonlar algoritmlarining blok-sxemasini yozishni ko‗rib chiqdik. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling