Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/47
Sana25.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1721980
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47
Bog'liq
Java Sattorov 1-qism

 
Chop etish operatori 
Java da ma‘lumotlarni chop etish va kompyuter xotirasiga kiritish 
maxsus klasslar bilan bog‗lik. Bu operatorlar bilan batafsil keyingi 
bo‗limlarda tanishamiz. Hozircha, chop etish operatorining ayrim 
imkoniyatlarini ko‗rib chiqaylik. 
Agar programmaning ma‘lum bir qismida
System.out.println("Oddiy Java-programma."); 
ko‗rinishidagi operator uchrasa Java programma ekranda
Oddiy Java-programma. 


27 
ko‗rinishidagi matnni chop etadi. System.out.println matnni har doim yozib 
o‗tirmaslik uchun sout so‗zini yozib Tab klavishini bossak, programmada 
(4.2-jadval) 
System.out.println("");
hosil bo‗ladi. Qo‗shtirnoqlar ichiga kerakli matnni yozish kerak. Biror 
o‗zgaruvchining qiymatini chop etish uchun qavslar ichida o‗zgaruvchining 
nomini ko‗rsatish yetarli. Masalan,
int a=5, b=4,s; 
s=a+b; 
System.out.println(s);
natijasida ekranda 

hosil bo‗ladi. Agar siz
s=9
ko‗rinishda chop etishni xohlasangiz, chop etish operatorini
System.out.println("s="+s); 
ko‗rinishda yozing. Bu holda Java tilining qoidasi bo‗yicha oldin s o‗zgaruv-
chining qiymati matnga o‗tkaziladi va qo‗shtirnoqlar orasidagi matnga 
ulanadi. Keyin hosil bo‗lgan matn chop etiladi, ya‘ni "s=9". Agar 
programmada bir nechta System.out.println uchrasa, ularning har biri yangi 
satrdan chop etiladi. Masalan, 
int a=5, b=4,c; 
c=a+b; 
System.out.println("a="+a);
System.out.println("b="+b);
System.out.println("c="+c);
programmaning natijasi 
a=5 
b=4 
c=9 
ko‗rinishda bo‗ladi. Agar bu operator 
System.out.print 
ko‗rinishda yozilsa, yangi satrga o‗tmasdan chop etiladi. Masalan, 
int a=5, b=4,c; 
c=a+b; 
System.out.print("a="+a);
System.out.print("b="+b);
System.out.print("c="+c);
programmaning natijasi
a=5b=4c=9 
ko‗rinishda bo‗ladi. Qiymatlar orasida bo‗sh joylar qoldirish uchun


28 
System.out.print("a="+a+" ");
System.out.print("b="+b+" ");
System.out.print("c="+c+" ");
ko‗rinishda bergan ma‘qul. U holda natija
a=5 b=4 c=9
ko‗rinishda bo‗ladi. 
Ma‘lumotlarni (hozircha butun va haqiqiy sonlar, matnlar) chop 
etishning yana bir usuli formatli chop etishdir. Formatli chop etish 
deyilganda, ma‘lumotlarini ma‘lum bir qolipda chop etish tushuniladi. Qolip 
tushunchasi sizga tanish, ayniqsa g‗isht quygan kishilar buni yaxshi bilishadi. 
G‗isht quyishdan oldin qolipning o‗lchovlari (formati) tanlanadi. Chop 
etishda ham maxsus buyruq yordamida qolip tanlanadi va chop etiladigan 
ma‘lumotlar shu qolip asosida chop etiladi. 
Quyida formatlashning eng sodda holi keltirilgan. Formatli chop etishda 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling