20
Mantiqiy turdagi o‘zgaruvchilar.
Qiymati mantiqiy kattalik bo‗lgan (true yoki false) o‗zgaruvchilarni
ta‘riflash uchun
boolean xizmatchi so‗zidan foydalaniladi. Misol:
boolean l, m, j;
Satrli o‘zgaruvchilar.
Qiymati ixtiyoriy satr bo‗lgan o‗zgaruvchilarni ta‘riflash uchun
String
xizmatchi so‗zidan foydalaniladi. Ammo, bu so‗z
Java da klassning nomi
bo‗lgani uchun, undan keng ma‘noda foydalanish mumkin. Bu haqda
keyinroq batafsil to‗xtalamiz.
Hozircha String dan satrli o‗zgaruvchilarni
ta‘riflashda foydalanamiz. Misol:
String aa, bb, cc;
String so‗zining yozilishiga e‘tibor bering. Bu so‗z bosh harfdan
boshlangan.
Java tilida izohlar (kommentarii).
Izohlar kompilyatsiya jarayoniga ta‘sir etmaydi. Izohlar programmaning
o‗qilishini osonlashtirish uchun ishlatiladi.
Java tilida izohlarning uch xil
ko‗rinishi mavjud:
bir satrli izoh:
ko‗p satrli izox:
hujjatlashtiruvchi izoh.
Bir satrli izohlar // belgilaridan boshlanadi va satrning oxirigacha izoh
deb olinadi. Masalan,
int a, b; //bu satrda ikkita butun o‗zgaruvchi ta‘riflangan
// keyingi satrda bu o‗zgaruvchilarga qiymat
beriladi
Ko‗p satrli izohlar /* belgilaridan boshlanib, */ belgilari bilan tugagan bir
nechta satrni o‗z ichiga oladi. Masalan,
/*
Java da barcha o‗zgaruvchilar ta‘riflangan bo‗lishi kerak
O‗zgaruvchilarni programmaning ixtiyoriy joyida ta‘riflash mumkin
*/
Hujjatlashtiruvchi izohlar /**
belgilaridan boshlanib, */ belgilari bilan
tugaydi va bir nechta satrdan iborat bo‗lishi mumkin. Bu turdagi izohlar
Java
yordamida
Web-sahifalarni yaratishda ko‗p qo‗llaniladi. Yuqorida keltirilgan
programmalarga e‘tibor
bersangiz, ularda bir qator izohlar keltirilgan.
Ayniqsa,
NetBeans muhitida programma tuzishda juda ko‗p izohlarga duch
kelasiz. Ularni olib tashlash ham mumkin. Izohlarni olib tashlash
programmaning natijasiga ta‘sir qilmaydi.