Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги


Chop etish maydonining kengligini o‘rnatish


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/47
Sana25.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1721980
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47
Bog'liq
Java Sattorov 1-qism

Chop etish maydonining kengligini o‘rnatish. 
Yuqorida keltirilgan spetsifikatorlar standart ko‗rinishda bo‗lib, ular 
ma‘lumotlarning qiymatiga qarab, kerakli joyni ajratadi. Java da chop etiladigan 
ma‘lumotlar uchun ma‘lum kenglikdagi joyni ajratish mumkin. Buning uchun % 
belgisi bilan harflar orasida kerakli joylarning sonini ko‗rsatish kerak. Masalan, 
%5d chop etilayotgan mos ma‘lumot uchun 5 ta joy ajratadi. Agar chop 
etilayotgan sonning qiymati bu joyga sig‗masa, son qanday ko‗rinishda bo‗lsa, 
shunday chop etiladi. Ajratilgan joy ma‘lumotning qiymatiga nisbatan kattaroq 
bo‗lsa, chap tomondan probellar bilan to‗ldiriladi. %05d spetsifikator bo‗sh 
joylarni nullar bilan to‗ldiradi. Quyidagi programma bu ko‗rinishdagi 
spetsifikatorlarning qo‗llanishini namoyon etadi. 


31 
package format_pech; 
import java.util.*; 
public class Main { 
public static void main(String[] args) { 
Formatter ff; 
for(int i=1;i<=5;i++){ 
ff=new Formatter(); 
ff.format("%5d %05d",i*i,i*i*i); 
System.out.println(ff); 
} } }
Programmaning natijasi quyidagicha bo‗ladi.
1 00001 
4 00008 
9 00027 
16 00064 
25 00125 
Ma’lumotlarni ma’lum aniqlikda chop etish. 
Aniqlik spetsifikatorini %f, %d, %e va %s spetsifikatorlariga qo‗llash 
mumkin. Masalan, %10.4f yoki %10.4e spetsifikatorlari sonlar uchun 10 ta joy 
ajratishni va verguldan keyin 4 ta raqam olish kerakligini bildiradi. Satrli 
spetsifikatorda aniqlik maksimal ajratilgan joyning (belgilar sonini) o‗lchovini 
bildiradi. Masalan, %5.7s spetsifikatori satr uchun 7 tadan oshmagan va minimum 
5 ta joy ajratilishini bildiradi. Ajratilgan joyga satr sig‗masa, u o‗ng tarafidan 
qirqib tashlanadi. Quyidagi programmada aniqlik spetsifikatori qo‗llangan. 
package format_pech; 
import java.util.*; 
public class Main { public static void main(String[] args) { 
Formatter ff; 
ff=new Formatter(); 
ff.format("%.4f",123.1234567); 
System.out.println(ff); 
ff=new Formatter(); 
ff.format("%16.2e",123.1234567); 
System.out.println(ff); 
ff=new Formatter(); 
ff.format("%15s","Java da formatlash endi juda oson"); 
System.out.println(ff); 
ff=new Formatter(); 
ff.format("%15.17s","Java da formatlash endi juda oson"); 
System.out.println(ff); 
} } 


32 
Programmaning natijasi quyidagicha bo‗ladi. 
123,1235 
1.23e+02 
Java da formatlash endi juda oson 
Java da formatlash
Chop etish operatori bilan yana ham to‗liqroq [1] da tanishish mumkin.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling