Ўзбекистон республикаси транспорт вазирлиги
Download 187 Kb.
|
1-Laboratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- АЖ , АН
EUL ning kesim yuzasi ruxsat etilgan tok yuklamasi va tokning iqtisodiy zichligiga qarab tanlanadi. Simlardagi eng kam isrof bo’ladigan xolatdagi tok zichligi tokning iqtisodiy zichligi deb ataladi(0,85 – 1,6 A/mm2 oraliqda). Tarmoq turi, shamol va muzlash og’irliklari, atrof muhitga nisbatan o’zini tutishiga qarab EULda quyidagi markadagi simlar ishlatilishi mumkin: А- alyumin, 110 kV kuchlanishli tarmoqlarda kam ahamiyatli xo’jalik iste’molchilari ta’minotida ishlatiladi. АС – temir – alyuminli ( o’zagi po’latdan bo’lib yuzasi alyumin bilan qoplangan simlar). Bunaqa tipdagi simlarni shamol va muzlash ko’p sodir bo’ladigan joylarda har qanday kuchlanishli liniyalarda qo’llash mumkin. АЖ, АН –temir yoki nikel qotishmali , shamol va muzlash kam ahamiyatli bo’lgan tarmoqlarni montaj qilishda qo’llaniladi. АЖКП, АНКП – temir yoki nikel aralashmali, tashqi ta’siri kuchli bo’lgan rayonlar uchun АСК, АСКС, АСКП – po’lat aralashmali alyumin simlar, karroziyaga chidamli. Atmosferasi buzilgan sanoat rayonlari, cho’llar, sho’r suvli ko’llar va dengiz qirg’oqlari bo’ylab o’tuvchi EULni montaj qilishda ishlatiladi. Simlarning belgilanishi quyidagi tuzilishda bo’ladi: sim turi – kesim yuzasi(mm2), masalan: АС-70, АСК-240 va h.k. Energiya yetkazishda kuchlanishni tanlash iqtisodiy – texnikaviy asosida amalga oshiriladi. EUL bir kecha – kunduzdagi yuklamasi teng taqsimlanmaganligini bilgan holda, liniyaning yuklama koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi: Bu yerda S- EUL bo’yicha yuboriladigan to’la quvvat, SN – EUL ga mos keluvchi nominal quvvat. Yuklamali EULning parametrlari va rejimlarini hisoblashda aniqroq natijani EULning parametrlarini o’zida mujassamlashtirgan sxemadan foydalanish orqali olish mumkin. EULning bir fazasiga mos keluvchi sxema 1–rasmda ko’rsatilgan Download 187 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling