Ўзбекистон республикаси ҳУҚУҚни муҳофаза қилиш академияси 1-курс талабалари учун
САВОЛ: Дастлабки терговга тушунча беринг
Download 171.28 Kb. Pdf ko'rish
|
sud yakuniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dastlabki tergov
- Surishtiruv
- Aybsizlik prezumpiyasi
САВОЛ:
Дастлабки терговга тушунча беринг. Мазкур ҳолатни қонунчиликдаги талаблардан келиб чиқиб таҳлил қилинг. Айбсизлик презумпциясидан келиб чиқиб, тергов органининг ҳаракатларини муҳокама қилинг. Yuqoridagi muammoli vaziyatga yechim berishdan oldin biz avvalo “Dastlabki tergov” tushunchasiga va aybsizlik prezumpsiyasiga izoh berib o‘tsak maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Dastlabki tergov - jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxslarni aniqlash va ularni fosh etish jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashga qaratilgan protsessual qonunchilikka qatʼiy rioya qilgan holda tegishli vakolatga ega boʻlgan mansabdor shaxslar yangi tergovchilar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatdir. Surishtiruv – jinoyat belgilarini va uni sodir etgan shaxslarni topish jinoyat- protsessual qonunchilik qoidalari bo‘yicha tekshiruv amalga oshirilgan jinoyat ishi boʻyicha dalillar sifatida ishlatilganligi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni aniqlash maqsadida ilmiy-texnika vositalarini qoʻllash yordamida zarur choralarni koʻrish. Aybsizlik prezumpiyasi – shaxs huquqlari himoyasini taʼminlab beruvchi, asossiz ayblash va jazolashning oldini oluvchi jinoyat protsessining umumiy demokratik tamoyillaridan biri hisoblanadi. Aybsizlik prezumpsiyasi – aybdorning jinoyati qonuniy tartibda isbot qilinmaguncha, uni aybsiz deb faraz qilish. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻzining aybsizligini isbotlab berishi shart emas yoki oʻzini aybdor deb koʻrsatish ham qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlanmaguncha uni aybdor deb boʻlmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi JPKling 23-moddasida koʻrsatilishicha, aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan boʻlsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sud-lanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun qoʻllanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak. Yuqoridagilarga tayangan holda shuni aytishimiz mumkinki, huquqni muhofaza qilish organi xodimlari gumonlanuvchining hali aybi isbotlanmaguncha uni ushlab turishga haqqi yo‘q. Gumonlanuvchi esa o‘zining aybsizligi to‘g‘risidagi dalillarni tergovchiga keltirib berishga majbur emas. Surishtiruv jarayonida gumonlanuvchi o‘ziga advokat olish huquqiga ega. Huquqni muhofaza qilish organi hodimlari esa gumonlanuvchining aybdorligini qonuniy tomondan isbotlab berishga majbur hisoblanadi. Qachonki huquqni muhofaza qilish organi xodimlari gumonlanuvchining ayblarini dalillar orqali keltirib, isbotlab bera olgandagina ushbu gumonlanuvchi jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Ammo bu holatda gumonlanuvchi javobgarlikka tortilmaydi. Download 171.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling