Ўзбекистон республикаси ҳУҚУҚни муҳофаза қилиш академияси 1-курс талабалари учун
Adliya vazirligining asosiy vazifalari
Download 171.28 Kb. Pdf ko'rish
|
sud yakuniy
Adliya vazirligining asosiy vazifalari.
1) qonunchilik ijodkorligi va huquqni qo‘llash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash; 2) Konstitutsiya va qonunlar bilan mustahkamlangan insonning huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlarini har tomonlama rivojlantirish, ularning huquqiy asoslarini mustahkamlash; 3) jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish; 4) sudlarni moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash bo‘yicha ishlarning samaradorligini oshirish, ularning haqiqiy mustaqilligini ta’minlash, sud hujjatlari va davlat organlari boshqa hujjatlari ijrosini ta’minlashning samarali mexanizmini yaratish; 5) notariat, advokatura, FHDY organlari hamda fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tuzilmalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va ularning samaradorligini oshirish; 6) tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, tadbirkorlik subyektlari va xususiy mulk egalari, xorijiy investorlar va chet el investitsiyalari jalb qilingan korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash; 7) xo‘jalik yurituvchi subyektlarga xo‘jalik shartnomalarini tuzishda va ularni bajarishda huquqiy yordam ko‘rsatish hamda shartnoma intizomini mustahkamlash; 8) yuridik shaxslar, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda qonunchilikka rioya qilinishini ta’minlash; 9) tegishli davlat organlari bilan birgalikda xalqaro-huquqiy munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlari samarali huquqiy himoya qilinishini ta’minlash; 10) zamonaviy talablar va standartlarni hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish. 11) adliya organlari va muassasalari tizimiga rahbarlikni amalga oshirish. 12) Qonunchilik hujjatlari topshiriqlarining oʻz vaqtida to'liq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan shu jumladan Hisob palatasi bilan birgalikda sohalar hududlar va idoralar kesimida manzili va tematik tahliliy o'rganishlarni olib borish va joylardagi holat monitoringini yuritish. 13) Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy koʻmaklashish shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatilishini taʼminlash. 14) Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish. B bo‘lim 2 - Kazus Тошкент шаҳар Ички ишлар Бош бошқармасининг Тергов фаолиятини мувофиқлаштириш бўлими терговчиси томонидан фуқаро Б.К. жорий йил 8 март куни Бектемир туманида ўғирлик жинояти содир этилганлиги ҳолати юзасидан сўроқ қилиниб, у мазкур жиноятни содир этишда гумон қилинаётганлиги ҳамда айбланиши мумкинлиги, агарда у ўзини айбсиз деб ҳисобласа, тергов органига қисқа муддатда ўзининг айбиз эканлигини тегишли далиллар билан исботлаши шарт эканлиги билдирилган. Download 171.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling