Ўзбекистон республикаси ҳУҚУҚни муҳофаза қилиш академияси 1-курс талабалари учун


Download 38.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi38.98 Kb.
#1554333
1   2   3
3-variant 
A bo‘lim 
1. Bugun 3 mingga yaqin kishining oʻlimiga sabab boʻlgan fojiali va 
dunyodagi yirik terror yuz berganiga 22 yil boʻldi. 2001 yilning 11 sentyabrida Nyu-
Yorkda Boeing 767 rusumli 2 ta yoʻlovchi samolyoti Jahon savdo markazining 110 
qavatli egizak binolariga kelib urilgan va uchinchi samalyot Pitsburg shahridan 80 
mil nariga qulagan. Shu bilan birga toʻrtinchi samalyot esa Virjiniya shtatida 
joylashgan mamlakat Mudofaa vazirligining shtab kvartirasi — Pentagonga borib 
urilgani ma’lum. Bu teraktlar Misr, Saudiya Аrabistoni, BАА va Livan fuqarolari 
boʻlgan 19 terrorchi tomonidan sodir etilgan. Ular «Аl-Qoida» terrorchilik 
tashkilotiga aloqador boʻlib, АQShda qonuniy ravishda yashagan, shu qatorda 
ularning ba’zilari esa Аmerika uchuvchilik maktablarida oʻqigani haqida 
manbalarda ma’lumot bergan. Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va 
asosiysi sababi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo boʻlishidir. Ongi 
zaharlangan va mutaassibga aylangan kishilar oʻzlari qilayotgan ishlarni toʻgʻri deb 
hisoblagan holda, har qanday nomaqbul ishlardan ham bosh tortmaydilar. 
Vaholanki, ularni bu yoʻlga boshlagan “rahnamolarning” asl maqsadi mohiyatan 
gʻayriinsoniy xarakterga ega. Ularning asosiy niyati butun Osiyo hududida qadimgi 
Arab xalifaligin barpo etish kerak deb kurashmoqdalar. Lekin, ularning asosiy niyati 
shu bilangina cheklanib qolmasdan, dinni niqob qilib olib hokimiyatni qoʻlga olish, 
bu yoʻlda ular insonlarni oʻldirishdan ham tab tortishmasligini yuqoridagi holat 
misol boʻla oladi.
2. Avvalo Fundamentalizm – (lotincha – «asos») tushunchasining maʼnosi 
muayyan ijtimoiy hodisaning dastlabki koʻrinishini anglatadi 
Diniy fundamentalizm — keng maʼnoda — muayyan taʼlimot aqidalarining 
oʻzgarmasligini eʼlon qiladigan, eʼtiqodni aql dalillaridan ustun qoʻyadigan, ilohiy 
kitoblardagi vahiy qaysi maʼnoda bayon etilgan boʻlsa, shu maʼnoda qabul 
qilinishini talab etadigan, ayni vaqtda ularni majoziy maʼnoda talqin etishga har 
qanday urinishlarni rad etadigan, din asoslarini ogʻishmay bajarishni qattiq talab 
qiladigan ijtimoiy
mafkuraviy, diniy 
yoʻnalishlar. Tor 
maʼnoda — 
protestantizmdagi ortodoksal oqimlar. 1910-yillarda AQShning janubiy shtatlarida 
paydo boʻlgan. Diniy fundamentalizmning ikki turi mavjud: 1) individual, 2) 
jamoaviy. Diniy ekstremizm esa – jamiyat uchun anʼanaviy boʻlgan diniy qadriyatlar 


va aqidalarni rad etish, ularga zid gʻoyalarni aldov va zoʻrlik bilan targʻib qilishga 
asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi. Terrorizm - (lotincha – «qoʻrqitish», 
«vahimaga solish») – aholining keng qatlamlarida vahima va qoʻrquv uygʻotish, 
jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash 
maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyatdir. 

Download 38.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling