Ўзбекистон республикаси ҳУҚУҚни муҳофаза қилиш академияси 1-курс талабалари учун


Download 38.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi38.98 Kb.
#1554333
1   2   3
B bo‘lim 
 1. Kazusda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining talabalari oʻrtasida 
Misrdagi “Musulmon birodarlar” tashkiloti borasida bahs yuzaga kelgan. Ya’ni 
ba’zi talabalar bu tashkilotni radikal ekstremistik guruh sifatida baholasa ba’zilari 
esa Xamas Falastin ozodligi uchun kurashuvchi tashkilot ekanini bildirishdi. Bu 
jarayonda men bu tashkilotning tarixi bilan tanishib keyin fikrimni 
bildirmoqchiman.
“Musulmon birodarlar” — diniy- siyosiy tashkilot. 1928-yil Misrning 
Ismoiliya shahrida tuzilgan. Asoschisi — Shayx Hasan al Banno (1906—1949 
yillarda yashab oʻtgan). Uning siyosiy qarashlari Muhammad al Gʻazoliy, 
Muhammad Abdu, Jamoliddin al Afgʻoniy, Rashid Rizo kabi panislomiy 
modernistlarning taʼsirida shakllangan. U islomning sunniylik oqimi taʼlimotidan 
chetga chiqmagan holda "jihod", "islomiy milliyatchilik", "islomiy davlat" 
konsepsiyalarini ishlab chiqdi. Sayyid Qutb, Mustafo as Siboi tashkilotning taniqli 
mafkurachilari boʻlgan. Tashkilotning maqsadi musulmon oʻlkalarda "islomiy 
adolat" tamoyillariga asoslangan jamiyat barpo etishdan iborat. Bunga esa "islomiy 
taraqqiyot yoʻli" bilangina erishish mumkin. "Musulmon birodarlar" mafkurasining 
gʻoyaviy asosini "islom faqatgina diniy eʼtiqod boʻlmasdan, balki mukammal 
dunyoqarash hamda ijtimoiy tuzumdir", degan aqida tashkil etadi. 
"Musulmon birodarlar" murakkab tuzilmali, harbiylashgan boʻlimlarni oʻz 
ichiga olgan. Misrdan boshqa mamlakatlar (Suriya va Livan)da ham boʻlimlari bor. 
"Musulmon birodarlar" xayr-ehson qilish va maʼrifatchilik faoliyatidan (1928—36) 
to siyosiy hayotda terror metodini keng qoʻllashda faol ishtirok etishgacha boʻlgan 
murakkab taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi. 1930-yillarning oʻrtalaridan xalifalik 
shaklidagi "islomiy davlat" qurish gʻoyasi targʻibotiga zoʻr bera boshladi. Hasan al 
Banno vafotidan soʻng (1949) "Musulmon birodarlar" faoliyati yanada siyosiylashib 
bordi. Natijada u 3 yoʻnalishga boʻlinib ketdi: "moʻtadil birodarlar" (asosan, Hasan 
al Banno va Sayyid Qutb izdoshlari); "islomiy demokratlar" "islomiy sotsializm" 


taʼlimotining turli körinishlari tarafdorlari; harbiylashgan ekstremistik islomiy 
tashkilotlar ("Katoib Muhammad", "Junud Alloh", "At takfir val hijra", "At tahrir al 
islomiy"). "Xizbut tahrir al islomiy" diniy siyosiy partiyasi ham shular jumlasiga 
kiradi. "Musulmon birodarlar" uyushmasi boʻlinishi tufayli yagona tashkilot sifatini 
yoʻqotdi va 1950-yillardan "Musulmon birodarlar" harakati ("al Ixvoniyya") deb 
yuritila boshladi. Shu davrdan boshlab "Musulmon birodarlar" harakati ekstremistik 
faoliyati uchun faqat Misrda emas, balki boshqa davlatlarda ham gʻayriqonuniy deb 
eʼlon qilinib man etilgan. "Musulmon birodarlar" harakati Misr, Suriya, Iordaniya 
va Livanda faoliyat koʻrsatib, bu mamlakatlardagi siyosiy jarayonlarga katta salbiy 
taʼsir qilgan. "Musulmon birodarlar"ning birinchi jurnali "Al ixvon al muslimun" 
1933-yildan chiqa boshlagan. 1980-yillardan boshlab "Ad daʼva" ("Daʼvat") jurnali 
"Musulmon birodarlar"ning asosiy nashri hisoblanib keladi. 
Bu yerda koʻrinib turibdiki “Musulmon birodarlar tashkilotining 
shakllanishi va qanday jarayonlardan oʻtib kelganligini koʻrdik. Shu bilan birga 
2013 yildagi holat quyidagicha sodir etilgan. Misrning harbiylar tomonidan 
dastaklanayotgan muvaqqat hukumati "Musulmon birodarlar"ni terrorchi guruh deb 
eʼlon qilgan. Hukumat shu hafta boshida politsiya qarorgohiga uyushtirilgan hujum 
uchun ayni guruh masʼul ekanini aytgan. 
Misrning harbiylar tomonidan agʻdarilgan Prezidenti Muhammad Mursiy 
mansub boʻlgan "Musulmon birodarlar" bungacha ham rasman taqiqlangan edi. 
Tashkilotning minglab tarafdorlari hibsga olingan. "Musulmon birodarlar"ning 
muhojirotdagi rahbari noroziliklar davom etishini aytgan. 
Tashkilotni terrorchi guruh deb eʼlon qilish haqidagi qaror Bosh vazir 
oʻrinbosari Hossam Issa tarafidan eʼlon qilingan. U guruh aʼzolari, uni moliyalagan 
va dastaklaganlarning hammasi jazoga tortilishini aytgan. 
Muvaqqat hukumatning qarori seshanba kuni Mansur shahridagi politsiya 
qarorgohiga uyushtirilgan hujumga javobdir. Ushbu hujumda 16 kishi halok 
boʻlgan, 100dan ortiq odam jarohatlangan. 
Xulosa: 
Men shu jarayonlardan keyin radikal ekstremistik guruh sifatida 
baholayotgan talabalrning fikriga qoʻshilaman. Nafaqat bu talabalar balki butun 
jahon hamjamiti ham bu tashkilotni ekstremistik guruh sifatida ta’kidlagan. Misol 
uchun BBC, AQSH va boshqalar. 

Download 38.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling