Ўзбекистон республикаси ҳУҚУҚни муҳофаза қилиш академияси 2-курс талабалари учун


Portlovchi moddalarning tavsifi va tasnifi


Download 43.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi43.24 Kb.
#1554187
1   2   3
Bog'liq
Titul (2)

1. Portlovchi moddalarning tavsifi va tasnifi. 
Portlovchi moddalar deganda biron-bir tashqi ta’sirlar ostida zudlik bilan 
o‘zi tarqaluvchi, kengayganida mexanik ishni amalga oshiruvchi kuchli qizdirilgan 
va kuchli bosimga ega bo‘lgan gazlarning kimyoviy o‘zgaruvchanligiga olib 
keladigan kimyoviy birikmalar yoki aralashmalarga aytiladi.
Portlovchi moddalar uch guruhga bo‘linadi: 
1. Qo‘zg‘atuvchi yoki harakatga keltirivchi portlovchi moddalar; 
2. Brizantli yoki parchalovchi portlovchi moddalar; 
3. Uloqtiruvchi yoki otiladigan portlovchi moddalar: 
Harakatga keltiradigan portlovchi moddalar tashqi ta’sirlarga nisbatan juda 
kuchli ta’sirchanlikka ega bo‘lib, uncha ko‘p bo‘lmagan harakatga keltiradigan 
portlovchi moddaning parchalovchi portlovchi modda bilan bevosita aloqasida 
oxirgisining yonishini yuzaga keltiradi. Qo‘zg‘atuvchi portlovchi vositalar kapsul-
detanator sifatida qo‘llaniladi. Qo‘zg‘atuvchi portlovchi vositalarga qo‘rg‘oshin 
azidi, simob fulminate va TNRC kabilar kiradi. Ko‘rsatilgan xususiyatlariga ko‘ra 
initsiirovat qiladigan portlovchi moddalar faqatgina kapsyul-detonatorlar va 
kapsyul-o‘t oldiruvchilarni harakatga keltirish aslaha vositalari uchun qo‘llaniladi.
Brizantli portlovchi moddalar kuchliroq va turli tashqi ta’sirlarga nisbatan 
kam ta’sirchandir. portlovchi moddalarning yonishi kapsyul-detonator tarkibiga 
kiruvchi u yoki bu harakatga keltiradigan portlovchi moddaning biron zaryadini 
yoki parchalaydigan portlovchi moddaning biron zaryadini yondirish orqali 
qo‘zg‘atiladi. 
Quvvatiga ko‘ra brizantli portlovchi moddalar uch guruhga bo‘linadi: 
 Eng yuqori quvvatli portlovchi moddalar; 
 O‘rtacha quvvatli portlovchi moddalar; 
 Past quvvatli portlovchi moddalar. 


Eng yuqori quvvatli brizantli portlovchi moddalar:
 TЕN;
Geksogen;
 Tetril. 
O‘rtacha quvvatli brizantli portlovchi moddalar:
 Trotil;
 Dinamit;
 Plastit. 
Past quvvatli brizantli portlovchi moddalar:
 Ammiakli selitra;
 Ammonit;
 Ammonal. 
Uloqtiruvchi portlovchi moddalarga asosida porox mavjud bolib, ular 
tutunli va tutunsiz poroxlarga bo‘linadi. 
Tutunli porox asosan kaliy selitrasi (75%), ko‘mir (15%) va 
oltingugurtning (10%) mexanik aralashmasidan tayyorlanadi. Ular olov 
o‘tkazuvchi shnurlarni, muhandislik minalarining uloqtiruvchi zaryadlarini, reaktiv 
dvigatellarning porox zaryadlarini ishlab chiqishda qo‘llaniladi. 
Tutunsiz poroxlar nitrotsellyuloza yoki piroksilin asosida tayyorlanadi.
Piroksilinli porox tez bug‘lanuvchi eritmalar asosida, nitrotsellyulozali poroox esa 
sekin bug‘lanuvchi eritmalar asosida tayorlanadi. Tutunsiz poroxlar reaktiv 
divigatellarda, artilleriya va o‘q otar qurollarni zaryadlash uchun qo‘llaniladi. 

Download 43.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling