Ўзбекистон республикаси ҳУҚУҚни муҳофаза қилиш академияси 3-курс талабалари учун


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1581104
1   2   3
Bog'liq
K.E (2)

A-bo‘lim 
Variant-2 
3. Izlarni qidirib topish, qayd etish va olishning umumiy qoidalari 
haqida tushuncha bering. 
Kriminalistik ekspertiza jinoyatlarni ochishga maxsus mo‘ljallangan 
ekspertizalar turkumi hisoblanadi. Ushbu ekspertizalarga: trasologik, ballistik, 
xatshunoslik, hujjatlarni kriminalistik texnik usulda tekshirish, sud-portlash-texnik 
ekspertizasi, materiallar, ashyolar, buyumlar kriminalistik ekspertizalari va boshqa 
ekspertizalar kiradi. Qoldirilgan izlarni aniqlash bo‘yicha tarasologiya fani 
shug‘ullanadi. Trasologiya kriminalistikaning alohida bo‘limi bo‘lib, uning 
vujudga kelishi ko‘chmanchi xalqlar, ovchilar, izkuvarlar tomonidan izlarni o‘qish 
san’atiga borib taqaladi. Trasologiya kriminalistika fanining bo‘limi bo‘lib, iz hosil 
bo‘lishi jarayonining nazariy asoslari, ularni qoldirgan obyektlarning tashqi 
tuzilishi, izlarning hosil bo‘lish mexanizmlari, izlarni topish, hisobga olish va olib 
qo‘yish usullari va vositalari, shuningdek jinoyatlarni ochish, tergov qilish va 
oldini olishda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash maqsadida izlar 
tadqiqotining umumiy va xususiy usullarini o‘z ichiga oladi. 
Obyektlarning iz qoldiradigan turiga qarab, izlarning to‘rtta asosiy guruhi 
ajratiladi: Odam izlari; qurol, asbob va ishlab chiqarish mexanizmlarining izlari; 
transport vositalarining izlari; hayvonlar izlari. 
4. Transport vositalaridan qoladigan izlarni qayd etish va olishning 
o‘ziga xos xususiyatlariga to‘xtaling. 
Trasologik ekspertizaning hozirgi kunda eng ko‘p o‘tkaziladigan 
turlaridan biri transport vositalaridagi turli izlarning trasologik tadqiqotlari 
oqibatida tan jarohatlari yetkazilgan yoki odamlarning o‘limi kelib chiqqan yo‘l-
transport hodisalari bo‘yicha transport vositalari va kiyimlarning trasologik 
ekspertizasi hisoblanadi. 
Yo‘l-transport hodisalari tadqiqotlarining eng murakkab turlaridan biri bu 
shohidlar bo‘lmaganda noma’lum transport vositalari bilan piyodalarni urib 
yuborishdir. Bu kabi hodisa va jinoyatlarni tergov qilishda, tegishli tadbirlar 
yordamida transport vositalarini, ulardagi izlar shikastlanishlar hamda ularning 


hosil bo‘lish mexanizmini aniqlash, ya’ni bu lar va shikastlanishning odam tanasi 
bilan to‘qnashish natijasida hosil bo‘lganligini tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi 
yoxud odamni urib ketish dinamikasi va transport vositasini identifikatsiya qilish 
maqsadida o‘tkaziladigan trasologik (kompleks-kriminalistik yoki tibbiy-
kriminalistik) ekspertizalar amaliy yordam bera oladi. 
Transport vositalarining izlarini muvaffaqiyatli tarzda o‘rganish uchun 
ekspert transport vositalarining o‘ziga xos xususiyatlari va atrof-muhit sharoitini 
o‘zida aks ettirgan iz hosil bo‘lish qonuniyatlari to‘g‘risida aniq tasavvurga ega 
bo‘lishi lozim. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling