Ўзбекистон республикаси ҳУҚУҚни муҳофаза қилиш академияси 3-курс талабалари учун
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
K.E (2)
B-bo‘lim
Kazus-2 Bizga berilgan muommoli vaziyatga yechim berar ekanmiz, Ashyoviy dalillar kriminalistik ma’noda jinoyat ishini hal qiluvchi muhim omillar bo‘lib, ular jinoiy harakatning izlarini o‘zida aks ettiradi yoki jinoyatni sodir etishda qurol sifatida ishlatiladi. Ko‘rsatilgan sifatlar hujjatlarga nisbatan tegishli bo‘lganda ular ham daliliy ashyo hisoblanadi. Hujjatlarni ashyoviy dalil sifatida tekshirishda ikki xil ma’lumot olish mumkin bo‘ladi: qo‘lyozma matn, imzo, raqam va boshqa yozuvlar kim tomonidan bajarilganligini; hujjat asl nusxami yoki qalbakiligi, qaysi qismi qanday usulda o‘zgartirilgan, o‘chirilgan, qo‘shimcha yozuvlar kiritilgan va hokazo. Ashyoviy dalil hisoblangan xujjatlarni ishga qay darajada molik ekanligini aniqlash uchun tergovchi ularni ko‘zdan kechirib, umumiy va individual xususiyatlarini aniqlaydi va tegishli tartibda rasmiylashtiradi. Ashyoviy dalil xususiyatiga ega bo‘lgan xujjatlar kriminalistik faoliyatda ikki xil tekshiruvga bog‘liq: xatshunoslik tekshiruvi, ya’ni qo‘lyozma matn, (imzo, raqam, turli belgilar, chizmalar va h.k.) kim tomonidan yozilgan yoki bajarilganligini aniqlash; hujjatning qalbaki ekanligini aniqlash uchun uni kriminalistik texnika usulida tadqiq etish. Ashyoviy dalil bo‘lgan hujjatlarni tekshirishning asosiy vazifasi qo‘lyozma matnlarini va imzolarini kim tomonidan bajarilganligini aniqlashdir. Xatshunoslik ekspertizasining tekshiruv obyektlari hujjatdagi qo‘lyozma matnlari: harfli, raqamli, shartli belgilar - shifrovka, imzo shaklidagi yozuvlardir. Qo‘lyozma xatlarni (dastxat) tekshirish va uning kim tomonidan bajarilganligini (yozilganligini) aniqlash insonning o‘ziga xos yozish usuli – malaka xususiyatiga bog‘liq. Dastxat quyidagi xususiyatlarga ega: dinamik turg‘unlik (yoki nisbiy mustahkamlik); turli ta’sir etuvchi turlarga nisbatan o‘ziga xos o‘zgaruvchanlik. Xatshunoslik tekshiruvini o‘tkazishda qo‘lyozma imzoni aynan kim tomonidan yozilganligini aniqlash imkonini insonning ana shu yozish qobiliyati - dastxati beradi. Xat yozish jarayoni, shuningdek, yozilgan matn; so‘z, raqam, imzo kriminalistik tekshiruv obyekti sifatida xat deb tushuniladi. Xat, imzo va boshqa qo‘lda yozilgan matnlarni kim tomonidan bajarilganligini aniqlashda qo‘llanadigan uslub dastxatshunoslik usluji deb ataladi. Identifikatsiyaviy belgilar esa tekshiruv tadqiqot, izlanish aniqlashda vosita bo‘ladigan xatning belgi - alomatlaridir. Takidlashimiz joizki, Imzo qo‘lyozmaning aloxida bir turi bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shuning uchun uni tekshirish uslubiyoti dastxatni tekshirish uslubiyotidan bir muncha farq qiladi. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ushbu holatda dasxatshunoslik ekspertizasi tayinlanadi. Dastxatshunoslik ekspertizasini o‘tkazishda ekspert dastxatda mavjud bo‘lgan quyidagi belgilarni o‘rganib, tahlil qilib tekshiruv o‘tkazadi: Dastxatning mazmuniga oid sifatlari; Topografik belgilar (xat, imzo, raqam, yozuvlarning hujjatda joylashuv xususiyatlari); Dastxatni yozish usulining umumiy sifat va belgilari; Xatning alohida (xususiy) belgilari. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling