Ўзбекистон республикаси ҳУҚУҚни муҳофаза қилиш академияси 3-курс талабалари учун
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
K.E (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Transport vositalaridan qoladigan izlarni qayd etish va olishning o‘ziga xos xususiyatlariga to‘xtaling.
A-bo‘lim
Variant-2 3. Izlarni qidirib topish, qayd etish va olishning umumiy qoidalari haqida tushuncha bering. Kriminalistik ekspertiza jinoyatlarni ochishga maxsus mo‘ljallangan ekspertizalar turkumi hisoblanadi. Ushbu ekspertizalarga: trasologik, ballistik, xatshunoslik, hujjatlarni kriminalistik texnik usulda tekshirish, sud-portlash-texnik ekspertizasi, materiallar, ashyolar, buyumlar kriminalistik ekspertizalari va boshqa ekspertizalar kiradi. Qoldirilgan izlarni aniqlash bo‘yicha tarasologiya fani shug‘ullanadi. Trasologiya kriminalistikaning alohida bo‘limi bo‘lib, uning vujudga kelishi ko‘chmanchi xalqlar, ovchilar, izkuvarlar tomonidan izlarni o‘qish san’atiga borib taqaladi. Trasologiya kriminalistika fanining bo‘limi bo‘lib, iz hosil bo‘lishi jarayonining nazariy asoslari, ularni qoldirgan obyektlarning tashqi tuzilishi, izlarning hosil bo‘lish mexanizmlari, izlarni topish, hisobga olish va olib qo‘yish usullari va vositalari, shuningdek jinoyatlarni ochish, tergov qilish va oldini olishda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash maqsadida izlar tadqiqotining umumiy va xususiy usullarini o‘z ichiga oladi. Obyektlarning iz qoldiradigan turiga qarab, izlarning to‘rtta asosiy guruhi ajratiladi: Odam izlari; qurol, asbob va ishlab chiqarish mexanizmlarining izlari; transport vositalarining izlari; hayvonlar izlari. 4. Transport vositalaridan qoladigan izlarni qayd etish va olishning o‘ziga xos xususiyatlariga to‘xtaling. Trasologik ekspertizaning hozirgi kunda eng ko‘p o‘tkaziladigan turlaridan biri transport vositalaridagi turli izlarning trasologik tadqiqotlari oqibatida tan jarohatlari yetkazilgan yoki odamlarning o‘limi kelib chiqqan yo‘l- transport hodisalari bo‘yicha transport vositalari va kiyimlarning trasologik ekspertizasi hisoblanadi. Yo‘l-transport hodisalari tadqiqotlarining eng murakkab turlaridan biri bu shohidlar bo‘lmaganda noma’lum transport vositalari bilan piyodalarni urib yuborishdir. Bu kabi hodisa va jinoyatlarni tergov qilishda, tegishli tadbirlar yordamida transport vositalarini, ulardagi izlar shikastlanishlar hamda ularning hosil bo‘lish mexanizmini aniqlash, ya’ni bu lar va shikastlanishning odam tanasi bilan to‘qnashish natijasida hosil bo‘lganligini tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi yoxud odamni urib ketish dinamikasi va transport vositasini identifikatsiya qilish maqsadida o‘tkaziladigan trasologik (kompleks-kriminalistik yoki tibbiy- kriminalistik) ekspertizalar amaliy yordam bera oladi. Transport vositalarining izlarini muvaffaqiyatli tarzda o‘rganish uchun ekspert transport vositalarining o‘ziga xos xususiyatlari va atrof-muhit sharoitini o‘zida aks ettirgan iz hosil bo‘lish qonuniyatlari to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi lozim. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling