Ўзбекистон республикаси ҳУҚУҚни муҳофаза қилиш академияси 3-курс талабалари учун


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1581104
1   2   3
Bog'liq
K.E (2)

B-bo‘lim 
Kazus-2 
Bizga berilgan muommoli vaziyatga yechim berar ekanmiz, Ashyoviy 
dalillar kriminalistik ma’noda jinoyat ishini hal qiluvchi muhim omillar bo‘lib, ular 
jinoiy harakatning izlarini o‘zida aks ettiradi yoki jinoyatni sodir etishda qurol 
sifatida ishlatiladi. Ko‘rsatilgan sifatlar hujjatlarga nisbatan tegishli bo‘lganda ular 
ham daliliy ashyo hisoblanadi. 
Hujjatlarni ashyoviy dalil sifatida tekshirishda ikki xil ma’lumot olish 
mumkin bo‘ladi:
 qo‘lyozma matn, imzo, raqam va boshqa yozuvlar kim tomonidan 
bajarilganligini; 
 hujjat asl nusxami yoki qalbakiligi, qaysi qismi qanday usulda 
o‘zgartirilgan, o‘chirilgan, qo‘shimcha yozuvlar kiritilgan va hokazo. 
Ashyoviy dalil hisoblangan xujjatlarni ishga qay darajada molik ekanligini 
aniqlash uchun tergovchi ularni ko‘zdan kechirib, umumiy va individual 
xususiyatlarini aniqlaydi va tegishli tartibda rasmiylashtiradi. 
Ashyoviy dalil xususiyatiga ega bo‘lgan xujjatlar kriminalistik faoliyatda 
ikki xil tekshiruvga bog‘liq: 
 xatshunoslik tekshiruvi, ya’ni qo‘lyozma matn, (imzo, raqam, turli 
belgilar, chizmalar va h.k.) kim tomonidan yozilgan yoki bajarilganligini aniqlash; 


 hujjatning qalbaki ekanligini aniqlash uchun uni kriminalistik texnika 
usulida tadqiq etish. 
Ashyoviy dalil bo‘lgan hujjatlarni tekshirishning asosiy vazifasi 
qo‘lyozma matnlarini va imzolarini kim tomonidan bajarilganligini aniqlashdir. 
Xatshunoslik ekspertizasining tekshiruv obyektlari hujjatdagi qo‘lyozma matnlari: 
harfli, raqamli, shartli belgilar - shifrovka, imzo shaklidagi yozuvlardir. Qo‘lyozma 
xatlarni (dastxat) tekshirish va uning kim tomonidan bajarilganligini 
(yozilganligini) aniqlash insonning o‘ziga xos yozish usuli – malaka xususiyatiga 
bog‘liq.
Dastxat quyidagi xususiyatlarga ega: 
 dinamik turg‘unlik (yoki nisbiy mustahkamlik); 
 turli ta’sir etuvchi turlarga nisbatan o‘ziga xos o‘zgaruvchanlik.
Xatshunoslik tekshiruvini o‘tkazishda qo‘lyozma imzoni aynan kim 
tomonidan yozilganligini aniqlash imkonini insonning ana shu yozish qobiliyati - 
dastxati beradi. Xat yozish jarayoni, shuningdek, yozilgan matn; so‘z, raqam, imzo 
kriminalistik tekshiruv obyekti sifatida xat deb tushuniladi. 
Xat, imzo va boshqa qo‘lda yozilgan matnlarni kim tomonidan 
bajarilganligini aniqlashda qo‘llanadigan uslub dastxatshunoslik usluji deb ataladi. 
Identifikatsiyaviy belgilar esa tekshiruv tadqiqot, izlanish aniqlashda vosita 
bo‘ladigan xatning belgi - alomatlaridir. 
Takidlashimiz joizki, Imzo qo‘lyozmaning aloxida bir turi bo‘lib, o‘ziga 
xos xususiyatlarga ega. Shuning uchun uni tekshirish uslubiyoti dastxatni 
tekshirish uslubiyotidan bir muncha farq qiladi. 
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ushbu holatda dasxatshunoslik 
ekspertizasi tayinlanadi. Dastxatshunoslik ekspertizasini o‘tkazishda ekspert 
dastxatda mavjud bo‘lgan quyidagi belgilarni o‘rganib, tahlil qilib tekshiruv 
o‘tkazadi: Dastxatning mazmuniga oid sifatlari; Topografik belgilar (xat, imzo, 
raqam, yozuvlarning hujjatda joylashuv xususiyatlari); Dastxatni yozish usulining 
umumiy sifat va belgilari; Xatning alohida (xususiy) belgilari. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling