Ўзбекистон республикаси ҳУҚУҚни муҳофаза қилиш академияси 3-курс талабалари учун
Download 44.2 Kb. Pdf ko'rish
|
CRIME YAKUNI (4)
3-variant
A bo`lim 4-savol Har bir mamlakatga qaysidir tomondan xavf tug`dirib turuvchi omillar mavjud. Qaysidir davlatga qora dori savdosi xavf solsa, boshqa bir davlatga esa turli uydirmalar tarqatib, aholi o`rtasida qo`zg`alon uyishtirishni maqsad qilgan pravakatirlar muammo tug`diradi. Bugungi kunda bizning mamlakatimizga ham xavf solayotgan omillardan biri bu terrorizmdir. Ushbu tushunchani soddaroq qilib tushuntiradigan bo`lsak, terror bu turli siyosiy maqsadlarga qo`poruvchilik, kuch ishlatish umumiy ma`noda zo`ravonlik yo`li bilan erishish usulini anglatadi. Terrorizmda deganda biror-bir davlatni egallash yo`lida xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, aholi o`rtasida urush va qurolli mojarolar chiqarish, davlatning suverinitetini buzish, hududiy yaxlitligiga zarar yetkazish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qo'rqitish maqsadida davlat organini, xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron bir faoliyatni amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zo'rlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tug'diruvchi boshqa qilmishlar yoxud ularni amalga oshirish tahdidi, shuningdek terrorchilik tashkilotining mavjud bo'lishini, ishlab turishini, moliyalashtirilishini ta'minlashga, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etish kabi faoliyat tushuniladi. Ushbu harakatni amalga oshirishdan yagona maqsad davlat hokimiyatini egallash hisoblanadi. Afsuski, terrorchilik harakatlari so`ngi yillarda ortib bormoqda. Bunga sabab qilib ayrim davlatlarni mana shunday terrorchilik tashkilotlarini ham qurolli, ham moliyaviy jihatdan qo`llab kelayotganligini keltirishimiz mumkin. Amaldagi qonunchiligimizga ko`ra mazkur harakat o`ta o`gir jinoyat hisoblanadi. Isbot o`rnida Jinoyat kodeksining 155-moddasini keltirishimiz mumkin. 155-modda: Terrorizm — xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qo‘rqitish maqsadida davlat organini, xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron bir faoliyatni amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zo‘rlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tug‘diruvchi boshqa qilmishlar yoxud ularni amalga oshirish tahdidi — sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Terrorizmga qarshi kurashda avvalo bu harakatlarni sodir etishga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlashimiz lozim. Shundan so`ng ushbu harakatqa harshi kurashishimiz samarali kechadi. Fikrimizcha, terrorizmga qarshi profilaktik choralar ko`rishda mavjud vaziyatni oldindan ko`ra bilish lozim. Shundagina zaruriy mudofaa va profilaktik harakatlar o`z natijasini ko`rsatadi. Bundan tashqari yoshlar, o`smirlar va taabalar ongini turli pravakatsiyon go`yalardan saqlashda mamlakatni sevishga va to`gri fikirlashga qaratilgan olimlarning nazariy va amaliy ahamiyati kuchli bo`lgan ma`ruzalari, o`quv qo`llanmalar, darslik va risolalar muhim ahamiyat kasb etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling