Ўзбекистон республикаси ҳУҚУҚни муҳофаза қилиш академияси 3-курс талабалари учун


-modda. Milliy gvardiya xodimlari


Download 90.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana17.06.2023
Hajmi90.92 Kb.
#1552482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
710 (2)

16-modda. Milliy gvardiya xodimlari 
Milliy gvardiyada xizmatda bo'lgan, maxsus unvonlar berilgan O'zbekiston 
Respublikasi fuqarolari Milliy gvardiya xodimlaridir. 
Milliy gvardiya xodimlari harbiy unvonlar berilgan va harbiy xizmatni o'tash 
to'g'risida kontrakt tuzilgan holda harbiy lavozimlarga tayinlanishi mumkin. 
Qonunning qabul qilinishi bilan Milliy gvardiyaning faoliyatini huquqiy 
tartibga solindi va unda organning huquqiy maqomi hamda asosiy vazifalari belgilab 
berildi. Unga ko'ra, O'zbekiston Respublikasining Milliy gvardiyasi O'zbekiston 


Respublikasi Qurolli kuchlari qo'shinlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash va 
huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi huquqni muhofaza qilishga doir ayrim 
vazifalarga ega bo'lgan maxsus turi ekanligi o'rnatildi. 
Qonunda Milliy gvardiyaning faoliyatini tashkil etishda Milliy gvardiya 
bevosita O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo'ysunishi va unga hisobdorligi, 
unga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va 
lavozimidan ozod etiladigan Milliy gvardiya qo'mondoni rahbarlik qilishi
qo'mondon esa maqomiga ko'ra vazirga tenglashtirilishi qayd etildi. 
Ahamiyatli jihati shundaki, Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari va 
xodimlari xizmatni o'tash vaqtida daxlsizlik huquqiga ega bo'ladi. Ular tegishincha 
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorining 
roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi mumkin 
emas. 
B bo`lim 2-Kazus 
Ommaviy tartibsizlik va zo`ravonlikka davat qilganlar jinoy javobgarlikka 
tortiladi. 
Ommaviy tartibsizliklar va fuqarolarga nisbatan zo`ravonlikka chaqirganlar 100 
million so`mgacha charimaga tortilishi yoki ma’lum muddatga ozodlikdan mahrum 
qilish mumkin bo`ladi. 
30 mart kuni prezident tomonidan imzolangan qonun bilan, ma'muriy 
javobgarlik to'g'risidagi kodeks va Jinoyat kodeksiga qo'shimcha kiritildi. 
Shuningdek, kodeksga ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan 
zo'ravonlik qilishga omma oldida da'vat qilganlik uchun javobgarlik ham kiritildi. 
Unga ko'ra, mazkur qilmishni sodir etgan shaxslar BHMning 100 baravaridan 300 
baravarigacha (24 mln 500 ming so'mdan 73 mln 500 ming so'mgacha) jarima yoki 
2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 
3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
O'sha harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki OAV, 
telekommunikasiyalar tarmoqlari, internetdan, shuningdek matnni ko'paytirishning 
bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda sodir etilgan bo'lsa, BHMning 
300 baravaridan 400 baravarigacha (73 mln 500 ming so'mdan 98 mln so'mgacha) 
jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 5 yildan 10 yilgacha 
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 


Fuqarolarga nisbatan zo'ravonlik, belgilangan tartibni buzgan holda 
o'tkaziladigan yig'ilish, miting, ko'cha yurishlari va namoyishlarda ishtirok etishga 
da'vat qilish kabi holatlar ommaviy tartibsizlikka kiradi. 

Download 90.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling