Ўзбекистон республикаси


Download 1.12 Mb.
bet116/119
Sana02.01.2022
Hajmi1.12 Mb.
#189241
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119
Bog'liq
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

3.4. KUYISH KASALLIGI

Kuyish kasalligini davolash harbiy shifokorlar uchun muhim vazifadir. Yana shuni unutmaslik kerakki, chukur va katta kuyishlarda ichki a'zolar, asab, moddalar almashinuvi izdan chiqishi tufayli "kuyish xastaligi" degan tananing umumiy kasalligini tushuna bilish kerak.



Belgilar va kechishi. To'qimalar zararlanishi qandayligiga qarab, kuyish 3 darajaga bo'linadi: I darajali kuyishda teri qizaradi, II darajali kuyishda pufakchalar hosil bo'ladi, III darajali kuyishdaesato'qimao'ladi.

Tanadagi terining uchdan bir qismi yuzaki kuyib, butun terining 10% chuqur kuysa, kuyish kasaligi rivojlanadi. Kuyish kasalligi kechishida 4 davr kuzatiladi:

Boshlang'ich davr. Bu davrda markaziy asab tizimi faoliyati butunlay buzilishi bilan kechadigan shok holati kuzatiladi. Bunda modda almashinuvi, suv va elektrolit almashinuvi, qon aylanish izdan chuqadi. Kuyish shoki 1-3 kun davom etadi.

Toksemik davr. Agar bemor shokdan o'lmay qolsa, uchinchi kun toksemik davr boshlanadi. Bu davr organizmning to'qimadagi oksillar parchalanishi mahsulotlaridan zaharlanishi bilan kechadi. Bunda tanadan nihoyatda ko'p plazma yo'qotiladi. Bemor og'ir azob chekadi, tana harorati pasayib ketadi, tomir urish tez va zaif bo'ladi. Bu davr 4-10 kun davom etadi.

Septiko-toksemik davr. Kuygan teri sathida infeksiyaning ko'payishiga qulay sharoit bo'lishi yiringli asoratlar rivojlanishiga olib keladi. Organizmning qarshiligi pasaygan holida terining katta qismida yiringli jarayon rivojlansa, kasallik sepsis bilan kechishi mumkin. Bu davrning davomiyligi organizmning reaktivligiga va yaraning bitishiga bog'liq.

Tuzalish davri (rekonvalessensiya). Bu davr yaralarning granulyatsiyasi va to'liq bitishi bilan bog'liq. Yaxshi davo tadbirlari olib borilganda bemor bir-bir yarim oydan so'ng sog'ayib ketadi. Organizmning umumiy zaharlanishi yurak-tomir va ichki a'zolar faoliyatining buzilishi. zotiljam, nefrit, oqsil almashinuvining izdan chiqishi, gepatit, kamqonlik kabi og'ir asoratlarga olib keladi.

III-IV darajali kuyish hollarida jiddiy asoratlar sifatida zotiljam kuzatilishi mumkin. Nafas yo'llari kuyganda bronxlarda infeksion-yallig'lanish jarayoni rivojlanadi.

Me'da-ichak faoliyatida qator o'zgarishlarni kuzatish mumkin. Birinchi kunlardayoq ishtaha pasayishi, ko'ngil aynash, qusish kuzatiladi. Keyinchalik ishtaha butunlay yo'qolib bemor ozib ketadi.

Jigar faoliyati o'zgaradi (ayniqsa, 3 darajali kuyishda). Jigarning detoksikatsion. oksil (protrombin, fibrinogen) sintezi funksiyalar ham izdan chiqadi.

Boshlang'ich davrda o'tkir buyrak yetishmovchiligi kelib chiqadi, siydikda donador va mumsimon silindrlar paydo bo'ladi, ko'p miqdorda oqsil paydo bo'ladi. Qonda azot ko'payib, siydik chiqmay qolishi mumkin.

Davolash. Kuyishda birinchi, yordam kiyimdagi olovni o'chirish va terining kuygan joyiga steril bog'lam qo'yish. Bemorni shikast yetkazmasdan, sovuq qotmasdan ehtiyotlab ko'chirish zarur. Dastlabki soatlarda davolash tadbirlari kuyish shokiga qarshi olib boriladi. Og'riqni qoldiruvchi preparatlar (2 ml 2% li promedol, 2 ml 2% omnopon va 1 ml 1% dimedrol) qo'llaniladi. Og'riq kuchli bo'lganida 2 ml dimedrol va va 1 ml fentanil tavsiya etiladi. Barcha kuyganlarga teri ostiga 1300-3000 TB koqsholga qarshi zardob qilinadi. Agar kuyish shoki bo'lsa, qo'shimcha 60-90 mg prednizolon tomirga yuboriladi. Atsidozni bartaraf etish maqsadida . laktosoldan tashqari 150-200 ml 5% natriy gidrokarbonat qo'llaniladi. Kamqonlikda bir necha marta eritrotsitlar massasi 100-200 ml 3-5 kun o'tkazib quyiladi. Qon zardobi har kuni 200-400 ml yuboriladi.


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling