Turmush tarzi - oddiy mavjudlikdan yuqorirok narsaginami?
Salomatlikning pozitiv konsepsiyasini ko'rib chiqish uchun avval turmush tarzi bizning tushunchamizda nima ekanligini aniqlab olishimiz zarur. Turmush tarzi turg'un narsa emas. U doimo ijtimoiy darajada va kishilarning o'zaro muloqoti asnosida o'zgarib turadi va oddiy mavjudlikdan yuqoriroq narsadan iborat. Turmush tarzi hayotimizning o'sishi va turli tarkibiy - ijtimoiy, iktisodiy, ruhiy, emotsional va axlokiy, jismoniy va intellektual o'zgarishlarini o'z ichiga oladi. U o'zaro va bizni o'rab turgan olam bilan ta'sirda. Hayot - tug'ilishdan yetuklik, karilik va o'limgacha bo'lgan biologik yo'lga nisbatan ko'prok ma'noga ega. U turmushning bir bosqichidan keyingisiga o'tish bilan rohatlanish huquqi va erkinligini o'z ichiga oladi. U o'tmish, hozir va kelajakdan iborat. U alohida kishilar va guruhlar tajribasi, ularning o'zaro, atrof-muhit va bo'lg'usi avlodlar bilan munosabatidan iborat. Ko'pgina qarashlarga ko'ra, tana o'limi bilan hayot tugamaydi, balki boshkd dunyoga sayohat boshlanadi va bu hayotda kilgan ishlarimiz o'sha keyingi hayotda hisob qilinar ekan. Boshqa odamlar uchun ota-onalik va bobokalonlik tajribasi shaxsiy va jismoniy hayot tajribasidan yuqori turgan avlodlar uzluksiz aloqasidan iborat bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |