Salomatlikka ekologik qarash
Salomatlikka nisbatan bu pozitiv qarash ekologik (yoki xolistik) dir. Bu, Davies va Kelly ta'kidlashlaricha, salomatlik turli mezonlari bog'langan birlik sifatida tushunilishidir:
«Salomatlik ko'rsatkichlari alohida kishi darajasidan boshlab to bizning madaniyatimiz va dunyo ekosistemasi dara-jasigacha bo'lgan atrof-muhitnshg jismoniy hamda ijtimoiy holati determinantlarini (belgilarini) birlashtiruvchi ko'pgina omillar bilan ifodalanadi.»
Masalan, bizningcha, ijtimoiy darajadagi pozitiv o'zaro munosabatlar emotsional salomatligimizga ijobiy ta'sir etadi. Ayni vaqtda, salomatlikning ishsizlik kabi ijtimoiy mezonlari bizning emotsional va jismoniy salomatligimizga negativ ta'yeir qilishi mumkin. Bular salomatlikning yagona kirralari emas, lekin kuyidagi mezonlar, odatda, adabiyotda keng ma'noda e'tirof etilmokda: ijtimoiy-ekologik, jismoniy, ruhiy va emotsional, ma'naviy va ijtimoiy. Yuqorida keltirilganlarning birinchisi ijtimoiy-ekologik mezon ijtimoiy-iqtisodiy, ruhiy-ijtimoiy, siyosiy, harbiy va jismoniy muhitlar darajasi bilan bogliq. Keyingi besh mezon alohida kishi darajasidagi salomatlik bilan bog'liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |