Ўзбекистон республикаси


Salomatlikning pozitiv holatini kanday o'lchash mumkin?


Download 1.12 Mb.
bet22/119
Sana02.01.2022
Hajmi1.12 Mb.
#189241
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   119
Bog'liq
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

Salomatlikning pozitiv holatini kanday o'lchash mumkin?

Bizning salomatlik pozmtiv holatini o'lchash kobiliyatimiz hali rivojlanish jarayonida. Salomatlik haligacha ishonchli ilmiy bilimlar bilan aniqlangan kasallik (kasallanish darajasi) va erta o'lim (o'lim darajasi) ning an'anaviy ko'rsatkachlariga qarshi o'lchov bilan o'lchanadi. Ular, aslida, salomatligimiz darajasini emas, balki bizda uning to'liqligini o'lchaydilar. Kasallanish va erta o'lim bo'yicha alohida ma'lumotlar jamiyat salomatligi ko'rinishini tasavvur qilish uchun yig'iladi. Ehtimol, bundan keyin ham salomatlik holati darajasini zaruriyat bo'yicha o'lchashning bu ko'rinishi shu tarzda kamroq qo'llaniladi, chunki o'lchov ma'lumotlari bilan mamlakat ichki va mamlakatlararo taqqoslash o'tkaziladi.

Agar bizga salomatlikni me'yor darajasida tutib turish va mustahkamlash uchun qanday sharoitlar, siyosat va ishtirok zarurligini tushunish lozim bo'lsa, salomatlikning me'yor darajasi oqibatlarini o'lchovga olish zarur bo'ladi. Kasallanish va o'lim darajasining an'anaviy epidemiologik o'lchovlari salomatlikning pozitiv darajasi o'lchovlari salomatlik oliy subyektiv tajriba ekanligini anglashga yordam berishi amrimahol va bunda odamlar hayoti turli o'lchovlarining birini boshqasidan ajratib bo'lmaydi.

Salomatlik darajasini o'lchash uchun Antonovsky bu masalada og'irlik markazini siljitish zarurligini taklif etadi. Bu sog'likni saqlash sohasi mutaxassislari salomatlik darajasini o'lchash jarayonidagi yagona kishilar emasligini bildiradi. Demak: «Biz salomatlik sirlari ustida ishlayotgan boshqa barcha kishilar bilan muloqotda bo'lishga chorlanganmiz».

Nomutaxassislar bilimlari va baholaridan -iborat salomatlik pozitiv darajasining qo'shimcha ko'rsatkichlarini ishlab chiqishga harakat hali oxirlaganicha yo'q. «Salomatlik barcha uchun» dasturining «Salomatlik shaharlari» va «Salomatlik jamoalari» loyihalari salomatlik pozitiv darajasining ko'rsatkichlarini tushunishimizga va taraqkiy ettirishimizga o'z hissasini ko'shadi. Salomatlikning pozitiv darajasini o'lchash tizimini ishlab chiqish uchun salomatlikka nisbatan tajribamizga ta'sir etuvchi omillar to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'lishimiz kerak.


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling