Ўзбекистон республикаси
Ma'lumotlar to'plash uslublari
Download 1.12 Mb.
|
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti
Ma'lumotlar to'plash uslublari
Har tomonlama to'liq ma'lumotlarni to'plash mushkul vazifa ekanligi sababli hamshira mijoz haqidagi ma'lumotlarning qaysilari yoki qanchasi olinishi kerakligi (zarur ma'lumotlar)ni aniqlashi lozim. Fakdt tajribali o'qituvchilar hamshiralarni har bir muayyan holat uchun kanday ma'lumotlar to'planishi zarurligini o'rgatishadi. Quyida ma'lumotlar to'plash uslublari bayon etiladi. Kuzatuv. Kuzatuv - bu ma'lumotlar to'plash uchun besh xil sezgi a'zolaridan ongli va maqsadli foydalanishdir. Tajribali hamshira har bir ko'rikdan mijozni kuzatish va ma'lumotlarni interpretatsiya qilish uchun foydalanadi. Tapabalar mashk kilib, sinchiklab kuzatib o'zlarida mutaxassislikning quyidagi ko'nikmalarini mustahkamlashlari mumkin: - Mijozning o'z ahvoliga munosabati qanday (jismoniy va emotsional)? Nohushlik belgilari qiyin nafas olish, kon ketishi, og'riq, o'ta notinchlik va, shuningdek, me'yordan har qanday chiqish hollari - to'satdan toshma chiqishi, anglash darajasining o'zgarishlari va boshkalarga e'tiborda bo'ling. - Mijozning o'z sog'ligini kuzatish kobiliyati kanday (qo'shimcha axborot yoki hamshiralik parvarishiga ehtiyoj)? - Atrof holati kanaqa? Atrof holat muhofazasi - qirralar, keskin joylar borligini, shuningdek, ish jihozlari (qon tomirlar muolajasi bo'yicha, kislorodli terapiya, drenajlash) ahvolini qarab chiqing. Xonada bemor bilan kim bo'ladi? Xona havosining harorati, hidi. Hamshirshshk anamnezi. Hamshiralik anamnezi . oldindan rejalashtirilgan suhbat bo'lib, intervyu olish ham deyiladi. Ma'lumotlar to'plash boskichida hamshira mijoz bilan hamshiralik anamnezi yig'ish maqsadida suhbatlashadi, individual parvarishni rejalashda barcha ehtiyojlarni hisobga olishni mo'ljallab ayni mijoz sog'lig'i holati xususiyatlarini yig'adi va tibbiy varaqadagi yozuvga kiritadi. Hamshiralik anamnezi qisqa vaqt ichida yig'iladi va fizikal nazorat etiladi. Hamshiralik anamnezi, masalan,. irsiyat yoki atrof-muhit omillari kabi mijozning mustahkam va zaif tomonlarini, salomatlikka taxdid omillarini, shuningdek, salomatlikning ayni muammolarini ravshan ko'rsatishi kerak. Hamshiralik anamnezining vazifasi -kishini chukurroq o'rganish. Mijoz haqidagi zarur ma'lumotlarni to'plash muomala va intervyuning maxsus ko'nikmalaridan foydalanishni tal:ab etadi. Hamshira intervyu olishi to'rt davrga bo'linadi tayyorlanish, kirishish, ishchi vatugatish davrlari. Tayyorlanish davrida hamshira avvaliga mijozning tibbiy varakasida keltirilgan ma'lumotlar bilan tanishadi. Bu davrda hamshira-mijoz munosabatini erkinlovchi tajribaga berilmaslik zarur. Hamshiraning shaxsiy hissiyotlari bemalol e'tirof etilishi kerakmas. Mutaxassis hamshiralar turli shakllarda Ifodalanuvchi ochik ko'ngillik bilan yondashishga va mijozning ehtiyojlarini tushunishga o'rganadilar. Tayyorlanish davrida hamshira suhbat o'tkaziladigan sharoit tinch va shinam bo'lishiga ishonch hosil qilishi kerak. Oila a'zolari yoki ko'makchilari ishtirok etishini mijoz talab kilmagan hollarda suhbat yakkama-yakka, alohida joy yoki xonada o'tkazilishi lozim. Kreslolar Qo'yilganligi va xamshira bilan mijoz oralig'i qandayligiga ham e'tibor berish kerak. Suhbatlashishga qulay bo'lishi uchun kreslolar bir-biriga nisbatan 90-120 sm masofada va to'g'ri burchak hosil qilib joylashishi zarur. Agar mijoz yotgan holatda bo'lsa, hamshira o'tiradigan stul unga nisbatan 45° burchak hosil kilib joylashtiriladi. Suhbat vaqtini shunday tanlash kerakki, hamshira ham, mijoz ham chalg'imasdan savol-javob kila olishlari lozim. Suhbat davomiyligiga ba'zida 10-15 daqiqa yetarli, ba'zi hollarda buning uchun bir soat va undan ko'p vaqt zarur bo'ladi. Shuningdek, hamshira mijozda ayniqsa og'riq, charchashni sezgan bo'lsa, ma'lumotlarni bir necha uchrashuv o'tkazib to'plash mumkin. Kirishish davri fakatgina suhbat jarayoniga emas, balki hamshira-mijoz munosabatining keyingi ahvoliga ham ta'sir etishi bilan ahamiyatlidir. Bu davrdan so'ng mijoz hamshiraning ismini bilishi, uning o'z ishiga puxta ekanligiga ishonch hosil kilishi kerak. Hamshira suhbatda o'zi va lavozimi bilan tanishtirishdan, suhbatning maqsadini, hamshira va mijoz o'rnini tushuntirishdan boshlaydi. Suhbat uuyidagi tarzda boshlanishi mumkin: «Assalomu-alaykum. Men bu shifoxonadagi Sizning hamshirangiz Abdullayeva Shahnozaman. Hamshiralik parvarishini rejalashimiz uchun hozir-Sizdan ba'zi narsalarni so'ramoqchi edim. Bu, taxminan, 20 dakiqacha vaqtni oladi. Siz toliqib qolmaysizmi? Suhbat boshlashimiz oldidan qanday zarurat bo'lsa, bemalol kirishishingiz mumkin.» Hamshira qoldirgan ilk taassurot, ayniqsa, mijoz birinchi marta shifoxonaga kelgan bo'lsa, juda ahamiyatlidir. Keyingi hamshiralarga mijoz ilk taassurot asosida munosabatda bo'ladi. Agar suhbat vaqtida hamshira mijozga o'z hurmatini bildirsa, chin dildan tashvishlanayotganligini sezdira olsa, mijoz ham o'z muammolarini bemalol mulohaza etadi. Kirishish davrida hamshira mijozning qulayliklari va suhbatlasha olish kobiliyatini baholay bilishi ahamiyatlidir. Shuningdek, ba'zi ma'lumotlar sir tutilishi kafolati, yozuvlar kayerda saqlanishi, ulardan qanday foydalanilishi, ularni olishga kimga ruxsat etilishi kabilarni mijoz bilishga haqli. Ba'zi hamshiralar yozuvni mijoz bilan suhbat vaqtida, ba'zilari keyinroq bajarishadi. Ma'lumotlarni qayd etish suhbat vaqtidagi axborot almashinuviga halal bermasligi kerak. Ma'lumotlar aniqligi, to'liqligi va o'rinliligi hamshiraning muomala va suhbat texnikasiga bog'lik. Hamshiralik intervyu olishning zarur komponentlarini keltiramiz: - Suhbat vaqtida butun e'tiborni mijozga karatishingiz, mijoz muammolari bilan tashvishlanayotganligingizni, unga juda kizikib kirishayotganligingizni ifoda eta olishingiz kerak: mijozga ismini aytib, ko'ziga qarab, uni shoshiltirmasdan muomalada bo'lishingiz lozim; - mijozni diqqat bilan tinglang, o'z navbatida sizning aytganlaringizga u ham tushunsin; - dastlab mijozga tanish atamalar bilan uning asosiy muammosi to'g'risida so'rang, shaxsiy va masaladan tashqari savollarni o'zaro yaxshi munosabatlar o'rnatilguncha koldiring. Shukingdek, kam ahamiyatli savollarni ham, agar mijozning umumiy ahvoli og'ir yoki kayfiyati yomon bo'lsa, keyingi suhbatga koldirishingiz mumkin; - savollar va izohlarni shunday beringki, u ayni vaziyatga mos bo'lsin va o'zaro ijobiy muomala kuchayishiga olib kelsin; - yashirin savollar maxsus axborotlar yig'ishga yordam beradi; - ochiq savollar mijozning erkinroq gapirishiga yordam beradi; - tahlil qilish shaklidagi savollar mijozga o'z fikr va tushunchalarini o'ylab ko'rishga yordam beradi; - bevosita savollar axborotni tasdiqlash yoki voqyealarning ahamiyati bo'yicha ketma-ketlik tartibi tuzilishi uchun ko'llaniladi. «Qanday qilib ...» va «nima uchun ...» kabi cho'chituvchi, «Ha» yoki «Yo'q» javobinigina talab etuvchi, muomalaga to'siq bo'luvchi izohlar va savollar bermang. Chalgituvchi ishontirishlar yasab maslahat berishlar, xulosa chiqarishlar, suhbat mavzusini o'zgartirishlar ko'llamang. Suhbatni tugatishga ehtiyotlik bilan yondashish kerak bo'ladi. Mijozga suhbat tugayotganligi bildiriladi, aytib o'tilganlarning Diqqatga loyiqlarini eslatib yakunlash foydalidir. Mijoz ham, Hamshira ham eng zarur ma'lumotlar yig'ilganligiga qanoat hosil Kilishlari kerak. Yakuniy natijalar keltirilgach, mijozdan Quyidagicha so'rab to'ldirish kiritish mumkin: «Davolash rejasiga biror qo'shimcha taklifingiz bormi?» Bu, hamshira kiritishni o'ylamagan ma'lumotlarning qo'shilishiga imkon beradi. Ketish oldidan mijozga keyingi safar kachon uchrashishlari eslatiladi. «Savollarga javob berganingiz uchun Sizga katta rahmat. Agar biror ko'shimcha qilmokchi bo'lsangiz, marhamat, tortinmang, uni biz ham bilishimizga imkon qiling. Birozdan so'ng men ketaman, lekin ertaga erta bilan ishga kelganimda Siz bilan davolashning tugal rejasini kelishib olamiz. Tushlikdan so'ng men band bo'laman, rentgenga yo'llanma tayyorlashim, qon tahlillarini ko'rib chikishim kerak. Tuningiz tinch o'tadi, deb umid kilaman. Qanday savollaringiz bo'lsa, marhamat. Biror yordam zarurmi?»
Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling