Ўзбекистон республикаси


HAMSHIRALIK JARAYONIDA MUAMMOLARNI HAL ETISH


Download 1.12 Mb.
bet37/119
Sana02.01.2022
Hajmi1.12 Mb.
#189241
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   119
Bog'liq
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

HAMSHIRALIK JARAYONIDA MUAMMOLARNI HAL ETISH

Muammolarni hal etish asosiy hayotiy ko'nikma hisoblanadi. Bunda muammolar aniklanadi va ularga ko'ra tadbirlar qabul qilinadi. Muammolarni hal etishga turlicha yondashish turli natijalarni beradi. Ularning biri boshqalariga nisbatan muvaffakiyatlirok bo'lishi kutiladi.

Muammolarni hal etishdagi sinamalar va xatolar usuli ayni holat uchun ma'kulrog'i topilmaguncha har kanday urinishlar qo'llanilaverishini bildiradi. Bu usul hamshira uchun notayin va mijozlar uchun xavfli bo'lganligi sababli hamshiralik amaliyotiga tavsiya etilmaydi. Muammolar hal etilishining ilmiy usuli muammoni aniqlash (1), ma'lumotlar to'plash (2), gipoteza (g'oya) formulirovkasi (3), harakatlar rejasi (4), g'oyani sinash (5), ko'rsatkichlar interpretatsiyasi (6) va baholanishi (7) dan iborat yetti boskichli jarayon bo'lib, uning natijasyga ko'ra xulosa qilish yoki tekshiruvni kayta ko'rib chiqish mumkin. Bu usul laboratoriyalarda qo'llaniladi.

Muammolarning hal qilishi, ilmiy usul va hamshiralik jarayoni bosqichlarini solishtirish.




Muammoni xal etish



Ilmiy usul



Hamishralik

jarayoii



Paydo bo'lgan muammo



Muammoni aniqlash



Ma'lumotlar

to'plash





Ma'lumotlarni

to'plash





Ma'lumotlarni to'plash

Tashxis ko'yish



Sabablarini animash

G'oya formulirovkasi

Rejalash

Harakat rejasini

ishlab chikish





G'oyani tekshirish uchun harakat

rejasi ishlab chiqish





Amalga oshirish.

Harakat rejasini

bajarish



G'oyani tekpshrish



Rejani baholash

natijalari: rejani

davom ettirish,

o'zgartirish yoki

to'xtatish.



Ko'rsatkichlar interpretatsiyasi

Baholash, uning natijasida

xulosa kilish yoki tekshiruvpi

qayta ko'rib chiqish mumkin.






Muammolarni xissiy hal etish. Ko'p yillar davomida nazariyachilar va hamshiralik jarayoni tahlili xizmatchilari boshqa fanlar orasida o'z o'rniga ega bo'lgan hamshiralikning tashkil etilishidagi klinik mulohazalar fakat ma'lumotlarga asoslanishi kerakligi (ilmiy usul) hakida bahslashib keldilar. Bahs klinik mulohaza qabul qilinishida muammo hissiy hal etilishining roli bo'yicha paydo bo'ldi. Tajribali hamshiralar bemor hayotini saklab kolishda «ichki hissiyot» yordam bergan \olatlarni aytganlar. Binner (1984) hissiyotni «vaziyat o'xshashligi yoki farqini tafakkur va kasbiy ko'nikma bilan bevosita oldindan sezish xolati» deb yozgan. Shreder va Fisher Hissiy sezgiga «tushuntirib bo'lmaydigan o'tkir sezgidan tushunib bo'lmasgacha keng qamrovli tajriba, bu bilan ba'zan yordam taklif etilsa, uni ba'zan eshitish foydali» deb ishonganlar.

Muammolarni hissiy hal etish tarafdorlari kuyidagilarni taklif etadilar:

- hissiyotni mantiqiy asosga ko'shimcha ravishda qo'llash;

- hissiyotni tasdiqlash; agar buning iloji bo'lmasa (masalan, hyech kanday klinik belgilar bo'lmasa-da, hamshira mijozda o'zgarish sezishi), mijozni sinchkovlik bilan kuzatishni boshlash;

- hissiyot rivojlantirilishi yo'llarini topish va natijalar (aniqlik, daslabki hamshira tashxisi, sinchkov kuzatuv, sifatlirok tibbiy xizmat ko'rsatish) dan hissiyotga ko'ra olingan axborotni hujjatlash uchun keyingi hamshiralik izlanishlarini olib borish.

Endigina ish boshlagan hamshiralar hamshiralik bilimlari va muammolarni hal etishga ilmiy yondashishdan ularning ko'rsatayotgan tibbiy yordami asosi sifatida foydalanishlari kerak. Muammolarni hal etishga hissiy yondashish amaliy tajriba va kuzatuv bilan oshadi.



Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling