Ўзбекистон республикаси
Download 1.12 Mb.
|
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti
- Bu sahifa navigatsiya:
- AMALGA OSHIRISH
DIAGNOSTIKA
Diagnostika — bu mijozdagi muammolardan darak beruvchi, o'zgarishlar yoki kasalliklar sabablari paydo bo'lishiga olib keluvchi, shuningdek, mijozning zaif va mustahkam tomonlarini ko'rsatuvchi ma'lumotlar tahlilidir. Shundan so'ng hamshira qaysi muammo bilan tibbiy qamshira, qaysi biri bilan boshqa tibbyy xodim shug'ullanishini aniqlaydi. Tahlil natijasida salomatlikning tibbiyot hamshirasi hal sila opishi ma'kul topshgan muammolari hamshira tashxisi deyiladi. Tashxisot bosqichida hamshira quyidagilarni bajaradi: • Mijoz ma'lumotlarining tahlili va interpretatsiyasi. • Mijozning kasalligi va mustahkam tomonlarini aniqlash. • Hamshira tashxisini asoslash va tartibga solish (formulirovkasi). • Hamshira tashxisi qatorini ustivorlik bo'yicha ketma-ketlik tartibida ishlash. REJALASH Rejalash - bu hamshira tomonidan tashxisot jarayonida aniqlangan va salomatlik bilan bog'liq muammolarni kamaytirish, yo'qotish, oldi olinishi, bajarilishiga shu tarzdagina to'g'ri imkon beradigan hamshiralik amallari hajmini aniqlash bo'yicha mijoz vazifalarini tuzishdir. Undan tashqari, har tomonlama davolash tadbiri mijoz ehtiyojlarini qondirish uchun zarur hamshiralik yordami (1) va tibbiy davolash rejasi bo'yicha hamshiralik amallari (2) ni belgilaydi. Rejalash bosqichida hampshra kuyidagilarni bajaradi: • Ustivorlikni hal etadi. • Mijoz vazifalari va baholashni ishlab chiqadi- • Hamshiralik choralarini tanlaydi. • Hamshiraning parvarish rejasi axborotini beradi. AMALGA OSHIRISH Amalga oshirish davolashni reja bo'yicha bajarishdir. Uning tarkibiga sog'liqni himoya qilish, kasalliklarning oldini olish, salomatlikni tiklash va yo'qotilgan funksiyalar qaytarilishini tezlatish bo'yicha tibbiy hamshira bajaradigan barcha tadbirlar kiradi. Bu bosqichda tibbiy hamshira quyidagilarni bajaradi: • Hamshiralik davolashni reja bo'yicha bajaradi. • Ma'lumotlar to'plashni davom ettiradi va zarurat bo'lganda davo rejasiga o'zgartirish kiritadi. • Hujjatlash ishlarini yuritadi.
Baholash bu mijoz ehtiyojlarining kondirilishi darajasini o'lchashdir. Hamshira va mijoz birgalikda davolash rejasida qo'yilgan masalalar qanchalik hal etilganligini o'lchashadi hamda ijobiy yoki salbiy ta'sirga ega bo'lgan omillarni aniqlashadi. Mijozning davolash rejasiga munosabati bu reja davom ettirilishi, o'zgartirilishi yoki to'xtatslishini belgilaydi. Agar baholash hamshira parvarishi o'zgartirilishi zarurligini ko'rsatsa, anamnez ma'lumotlari, tashxis va tibbiy muolajalarning bu ma'lumotlarga mosligini batafsil ko'rib chikish kerak bo'ladi. Baholash bosqichida hamshira quyidagilarni bajaradi: • Mijoz xohishiga ko'ra vazifalarning bajarilganligi darajasini o'lchash. • Vazifalarning bajarilishiga ijobiy yoki salbiy ta'sir kiluvchi omillarni aniqlash. • Zarurat bo'yicha hamshiralik parvarishi rejasini o'zgartirish.
Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling