Ўзбекистон республикаси
HAMSHIRALIK PARVARISHI REJASINI
Download 1.12 Mb.
|
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti
1.4.4. HAMSHIRALIK PARVARISHI REJASINI
AMALGA OSHIRISH VA HUJJATLASH Hamshiralik jarayonining amalga oshirish bosqichida rejalash boskichida ishlab chikilgan barcha hamshiralik tadbirlari bajariladi. Maqsad - mijozning salomatlik masalalarini hal etishiga yordam berish - samara himoyasi, kasalliklar oldini olish, sog'liq va yo'qotilgan funksiyalar tiklanishini yengillashtirish. Parvarishlash rejasini bajarish agar mijoz davolash jarayonida faol qatnasha olsa hamda o'ziga qarash kobiliyatiga ega bo'lsa, yanada osonlashadi. Hamshiralik parvarishi rejasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mijozning oila a'zolari va qarovchilarini ham jalb etish lozim. Bu bosqichda hamshira mijoz to'g'risida ma'lumotlar to'plashni davom ettiradi va zarurat bo'yicha rejaga o'zgartirishlar kiritadi. Hamshiralik tadbirlarini hujjatlash mazkur tibbiy muassasada o'rnatilgan shakl asosida olib boriladi. Hamshiralik parvarishini amalga oshirish xususiyatlari. Hamshira-mijoz munosabatlarida hamshira asosan mijozning kasallikka nisbatan salomatlik holati va uning inson asosiy ehtiyojlarini qondira olish kobiliyatiga e'tibor beradi. Boshqa mutaxassislar diqqatni davolash rejasinyng alohida mezonlariga qaratsalar, hamshira mijozning butun davolanish rejasiga qarashlarini kuzatadi. Hamshiralik muolajalarining turlari. Davolash rejalarining amalga oshirilishida hamshira mustaqil, boshqa mutaxassislarga bo'yinsingan holda va ular bilan hamkorlikda ishlaydi. Mustaqil muolajalar yoki hamshiralik tadbirlari hamshiralik parvarishi rejasi bo'yicha hamshira bergan tavsiyalar, shuningdek, hamshira tomonidan mijoz ma'lumotlari to'planishida olingan ehtiyojlarni aks ettiruvchi boshqa choralar yuqoriroq lavozimdagi mutaxassis aralashuvisiz amalga oshirilishini bildiradi. Bunda hamshiralar ma'lumotlar to'plash va o'z tavsiyalari uchun huquqiy javobgar hisoblanadilar. Nazoratdagi muolajalar. yoki hamshiralik tadbirlari vrach bergan tavsiyalarning bajarilishini bildiradi. Hamshiralik; qonunchiligi bunda hamshira kimdan boshqaruv topshiriqlari olishiga ko'ra izohlanadi. Hamshiralar topshiriqlar bajarilishi hisobotida bo'yinsinuvchi hamkordirlar va shu tarzda har qanday baxsli tavsiyalar tushuntirilishida javobgardirlar. Hamkorlik (o'zaro bogliqlik)dagi muolajalar yoki hamshiralik tadbirlari tibbiy jamoaning boshqa hamshiralari yoxud a'zolari bilan birgalikda bajariladi. Mijozlar hakida alohida bilimlarga ega hamshiralar puxtaligi har tomonlama hurmat keltirishi, ularni tibbiy jamoadagi boshka mutaxas-sislar bilan hamkorlikda ishlashga chorlaydi. Ba'zi hamshiralar o'z harakatlari uchun doimo javobgar ekanliklarini ta'kidlab, mustaqil, nazoratdagi hamshiralik muolajalari atamalari o'rniga mos holdagi «hamshira tashabbusi bo'yicha», «hamshira tavsiyasi bo'yicha», «vrach tashabbusi bo'yicha» va «vrach tavsiyasi bo'yicha» atamalarini ma'qul ko'radilar. Bu harakatlarni, masalan, depressiya va oshqozon-ichak tutilishi bo'yicha davolanayotgan bemor misolida ko'rish mumkin. Agar vrach oshqozon-ichak tekshiruvlari tavsiya etsa, hamshira bemorni vrachning bu tavsiyalariga tayyorlash uchun javobgardir va ichaklar tozalanishini bajaradi. Hamshiralikning bu tadbirlari bo'yinsingan muolajalarga kiradi. Agar hamshira bemor tekshiruv natijalaridan qo'rqayotganligini sezsa va qo'rkuv sabablarini aniqlab mos tushuntirish choralari ko'rsa hamda maslahatlar tavsiya etsa bu bog'liq bo'lmagan muolajalardan bo'ladi. Bemorning samarasiz davolanganligi mulohazalari bo'yicha klinik anjumanda hamshiralar psixiatr, gastroenterolog, ijtimoiy xizmat xodimi kabi mutaxassislar bilan har tomonlama davolash rejasini ishlab chiqishda birgalikda ishlaydi bu holatda hamshiralik xdrakatlari hamkorlikdagi muolajalardan hisoblanadi. Protokol va tavsiyalar. Protokol vatavsiyalar aniq, ravshan belgilangan vaziyatlardagi xamshiralik xizmatlari hajmini kengaytirishi mumkin. Protokollar hamshiralik tadbirlarining maxsus vaziyatlarda ijro etilishini batafsil bayon qiladigan . rejalaridir. Ba'zi protokollar hamshiralik parvarishining doimiy tomonlarini ko'rsatsa-da (masalan, mijoz kelgandagi va shifoxonadan chiqarilayotgandagi hamshiraning majburiyatlarini ifodalovchi protokollar), boshqa protokollar hamshira odatda vrach tavsiyalari va kuzatuvini talab etadigan tadbirlar o'tkazishiga imkon beradigan tavsiyalardan iborat. Masalan, mijoz akusherlik-ginekologik bo'limiga kelgandagi protokol, narkotiklar dozasi oshirib yuborilganda respirator depressiya shoshilinch vaziyatlaridagi yuborish uchun preparatlarni aniqlashtirish standart tavsiyalari, og'riqni nazorat kilish uchun o'rnatilgan doiradagi dori preparatni hamshiraga tanlash imkonini beradigan standart tavsiyalar. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling