Yo'riqchi hamshira (hamshira-koordinator)
Hamshiraning tibbiy jamoa ishidagi asosiy xissasi uning yo'riqchi (koordinator)ligidadir. Davolashni alohida qismlarga bo'lish, agar mijozni bir vaqtda har biri o'z sohasi bilan qiziqadigan bir nechta mutaxassislar kuzatsa, oson bo'ladi. Yaxshi holatlarda mijozlar ularni xech kim yaxshi bilmasligi va ular bilan gaplashmayotganliklari hamda nima bo'layotganligini tushunmayotganliklariga shikoyat qiladilar. Qoniqarsiz holatlarda turli mutaxassislar tavsiyalari o'zaro nomutanosib va samarasiz bo'lishi mumkin. Bundan kelib chikadiki, hamshira barcha mutaxassislar bilan maslahatlashib chikib, xulosalarni mijoz va uning oila a'zolariga tushuntirishi, shifoxonadagi va chiqarilgandan keyingi davolash rejasida mijozni maksimal ishtirok etishga tayyorlashi va ular bilan tibbiy jamoa a'zolari orasida bog'lovchi bo'g'in vazifasini o'tashi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |