Ўзбекистон республикаси
Download 1.12 Mb.
|
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti
1.4.5. BAHOLASH
Hamshiralik jarayonining beshinchi boskichi baholash vaqtida hamshira va mijoz birgalikda davolash rejasiga ko'ra belgilangan maqsadga erishilganlik darajasini baxolaydilar. Masalalarga erishilganlikni baholash jarayonida hamshira mijozning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi omillarini aniqlaydi, zarur bo'lsa davolash rejasini shakllantiradi. Baholash maqsadi mijozning vazifalarga erishganligi keyingi \amshira-mijoz munosabatiga yo'naltirishdan iborat. Mijozning hamshiralik parvarishi rejasiga munosabati asosida xamshira parvarishlashning yakuniy sanasi ko'yilishini (barcha vazifalar bajarilgan) (1), rejasi shakllantirilishini (vazifalarga erishishda mijoz qiyinchiliklarga duch keldi) (2) yoki davom ettirilishini (mijoz vazifalarga erishishi uchun vaqt kerak) (3) hal qiladi. Agar hamshiralik parvarishi shakllantirilishi zarur hisoblansa, avvalgi har bir qadam (ma'lumotlar to'plash, diagnostika, rejalash va amalga oshirish) ko'rib chiqiladi. Qisqasi, baholash bosqichida qamshira mijozning kerak bo'lgan vazifalar oxirigacha yeta olish darajasini o'lchaydi, muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik omillarini aniqlaydi, reja bajarilishining so'nggi muddatini belgilaydi, zarur bo'lsa uni uzaytiradi yoki rejani shakllantiradi. Hamshiralik baholashning xossasi. Tibbiy jamoaning a'zosi sifatida hamshiralar turlicha baholashlar olib boradilar. Hamshira mijozlar vazifalarga qanday erishganliklariga, mijozlar guruxining maxsus vazifalarga erishishida hamshira yordami samarasi qanchaligiga, alohida hamshiralariing puxtaligiga va sog'liqni saqlash turli xizmatlari, maxsus jihozlanish yoki muolajalar, ijtimoiy-iqtisodiy kabi boshqa omillarning salomatlik va kasallikka qanday darajagacha ta'sir etishiga baho beradi, Hamshira g'amxo'rligidagi birlamchi predmet mijozdir. Hamshira muolajalarni bajarishda puxta, g'amxo'r, ijodiy yondashishi mumkin, ammo bu xamshiralik tadbiri mijozning belgilangan vazifalarga erishishida yordam bermasa, axamiyatsiz bo'lib qolaveradi. Hamshiralik baxolash maqsadi; xamshiralik parvarishlashning vazifalarga erishishida mijozga yordam beruvchi bevosita yoki bilvosita sifatidir. Ya'ni hamshiralik baholashdagi zarur harakat mijozning vazifalarga erishishini baholash hisoblanadi. Baxolash mezonlari va standartlar. Baholashning klassik elementlari baholash mezonlari va yetandartlari, mezonlar va standartlarga mosligini aniqlash uchun ma'lumot to'planishi, baholash natijalarining interpretatsiyasi va jamlanishi xamda mos harakatlar bajarilishi hisoblanadi. Hamshiralik jarayonidagi baholash mezonlari rejalash bosqichida ishlangan mijoz vazifalaridir. Bu vazifalar mijoz xulqidagi belgilangan o'zgarishlar yoki natijalarni aks ettirishi va hamshiralik tadbirlari bu vazifalarning bajarilishiga qaratilgani uchun ularning baxolash asosi ekanligi mantiqiydir. Baholashning funksiyalari bo'lib, bu vazifalar mos hamshiralik reaksiyasi belgilanishi bilan bajarilganligini aniklash hisoblanadi. Mezonlar va standartlar atamalari baholash bosqichida turli ma'noda hisoblanadi, ularning ravshan farqlari bor. Mezonlar-professional ko'nikmalar, bilimlar yoki salomatlik xolatlarini belgilaydigan sifatlar, xossalar yoki xususiyatlardir. Ular ijroning qabul qilingan darajasini, hamshira yoki mijozning kutilayotgan harakatlarini shakllantirib, ifodalaydi. Standartlar - bu tibbiy jamoaning hamshiralik xodimi yoki boshqa a'zolari tomonidan ijroning kutilayotgan, ma'qul ko'rilgan darajasidir. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling