Ўзбекистон республикаси


Download 1.12 Mb.
bet113/119
Sana02.01.2022
Hajmi1.12 Mb.
#189241
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   119
Bog'liq
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

Hamshiralik tavsiyalar


Hamshiralik tavsiyalari butun hamshiralik tarkibiga mijozning maxsus hamshiralik tadbirlari to'g'risida xabar berib turadi. Yaxshi tuzilgan hampgaralik tavsiyalarida: tizimda reflektor ravishda yuz beradigan kon aylanishining buzilishi asosiy rol o'ynaydi. Qon quyilishlar kichik o'choqli va katta hajmda bo'lishi mumkin. Asosiy simptomlar: qon tufurish, yo'tal, ko'krak qafasida og'riq va hansirash. Qon tufurish o'pka jarohatlanishining aksariyat 99 foiz hollarida jarohat olgan zahoti boshlanadi. Agar katta hajmda qon quyilgan bo'lsa, qon tufurish 7 - 10 kunga cho'zilishi mumkin. O'pkaga qon quyilish o'choqlari ba'zan juda kichik bo'lib, ular rentgen yordamida aniklanadi. Lekin bu tekshiruv usulidan jang maydonida foydalanib bo'lmasligi sababli. klinik tekshiruv usuli, ya'ni o'pkaning qon quyilgan joyi usti perkussiyada qisqa bo'g'iq tovush eshitiladi, auskultativ - nafasiing susayganligi aniqlanadi.

Atelektazlar - o'pka to'qimasining ovqat va ezilgan to'qima parchalari bronxlarga aspiratsiyasi oqibatida (obturatsion atelektaz) yoki mayda bronxlardagi quyilgan qon bilan dimlanib qolishidir. Katta hajmdagi atelektazlarning xarakterli simptomlari: to'satdan hansirash, ko'karish, taxikardiya, ko'krak organlarining atelektaz tomonga siljishi, atelektaz ustida perkutor tovushning bo'giqligi. Mayda o'choqli atelektazlar faqat rentgen orqali aniqlanadi. Atelektaz o'rnida ko'pincha o'tkir yallig'lanish jarayoni - o'pka zotiljami rivojlanishi mumkin.

Zotiljamlar yarador bo'lish tufayli kelib chiqadigan asoratlarning eng ko'p tarkalgan turidir. Ikkilamchi va interkurent zotiljamlar farklanadi. Birlamchi jaroxatlanishlar bilan bog'liq zotiljamlar o'pkaning shikastlanishi, shu shikastlanishga bo'lgan ta'sir va o'pkaga o'q orqali yuqumli mikroblar kirishdan yuzaga keladi.

Jarohatlanishdan keyin kelib chiqadigan ikkilamchi zotiljamlar deganda esa, neyroreflektor, septik yoki aspiratsiya metastazlari yo'li bilan sog'lom o'pkada paydo bo'ladigan yallig'lanish jarayonlari tushuniladi.

Zotiljamga ko'pincha ko'p qon yo'qotish, qish paytida yaralanganda sovuq urish, o'pkaning surunkali kasalliklarya bilan og'rish, avitaminoz va holsizlik sabab bo'lgan.

Yaradorlarda ko'pincha zotiljamlar kichik o'choqli bo'ladi. Urush vaqtida faqat 6-10 foiz yaradorlarda krupoz zotiljam aniqlangan.

Zotiljamlar yaradorlarda barvaqt va kech rivojlanishi mumkin. Bosh jarohatlanishlaridan kelib chiqadigan zotiljamlar yaralanishdan so'ng bir necha soat yoki dastlabki kunlaridan namoyon bo'ladi. Bunda jarayon asosan har ikkala o'pkada kichik o'choqli zotiljamlar paydo bo'lishi bilan kechadi. Yaralanish sababli oshgan tana harorati yana 0,5-2°S ga ko'tariladi. Biroz yo'tal paydo bo'ladi, ko'krak qafasi perkussiya qilinganda perkutor tovushning bo'g'iqlashishi, eshitib ko'rilganda nafas susayib, mayda pufakchali xirillashlar aniqlanadi. Rentgenologik tekshiruvda mayda o'choqli infiltratlar topiladi.

Yuz va jag sohasidagi jarohatlanishlar tufayli paydo bo'ladigan zotiljamlar og'ir kechib, yaralanishdan so'ng 5-7 kun o'tgach boshlanadi, xarakteriga ko'ra katta o'choqli, hatto bir-biriga qo'shilib ketishi ham mumkin. Klinik belgilar aniq namoyon bo'lgani uchun tashxis oson qo'yiladi. Kasallik boshlanishida yuz qizaradi, tana harorati (40°Sgacha) tez ko'tarilib, yo'tal paydo bo'lib, shilliq-yiringli balg'am ajraladi, yo'talganda ko'krak sohasida va jarohatda og'riq turishi sababli, bemor yo'talni bosishga intiladi. O'pka ustida perkutor tovush ayrim joylarda bo'g'iqlashib, auskultativ mayda va o'rta pufakchali jarangli nam xirillash, ayrim hollarda bronxial nafas va krepitatsiya aniqlanadi. Qonda yuqori leykotsitoz (15-20 ming), ECHT ko'tariladi. Leykogramma chapga siljiydi.

Ko'krak sohasi yaralanganda tez orada o'choqli zotiljam rivojlanadi. Dastlab yaralangan o'pkada 38 foiz, keyin sog'lom o'pka tomonida 33 foiz yallig'lanish belgilari paydo bo'lgan. Ko'krak sohasi jarohatlanganda zotiljamni aniqlash ba'zan mushkul, chunki u o'pkaga qon quyilishi, plevra shikastlanishi, gemotoraks bilan birga kechadi. Lekin tana haroratining juda balandligi, hansirash, shilliq-yiringli balg'amli yo'tal, taxikardiya, yallig'lanish o'chog'i ustida perkutor tovushning bo'g'iqlashuvi, auskultativ - nafasning susayganligi, jarangli nam xirillashlarning bo'lishi zotiljam tashhisini aniqlashga yordam beradi.

Qorin sohasi jarohatlanishidan kelib chiqadigan zotiljam belgilari dastlabki 3 kun ichida namoyon bo'ladi. Xarakteriga ko'ra yirik va kichik o'choqli zotiljamlar rivojlanib, asosiy qorindagi jarohat belgilariga zotiljamning klinik belgilari ham qo'shiladi. Ko'pincha zo-tiljam qo'shilgach, yaraning bitishi yomonlashadi. Bunday zotiljam uzoq cho'zilib, ba'zan o'limga sabab bo'ladi.

Umurtqa pog'onasi jarohatlangandan kelib chiqadigan zotiljamlar jarohatlanishdan so'ng 10-14 kun o'tgach boshlanadi. Bu kasalikka asosan yaradorlarning qimirlamasdan uzoq vaqt yotishlari sabab bo'ladi. Kasallik belgilari aniq rivojlanmaydi, yo'tal yuzaki, bemorni bezovta qilmaydi. Perkussiya, auskultatsiya va rentgenologik tekshiruvlargina zotiljamni aniqlashga yordam bsradi. Kasallik uzoq vaqt davom etib, ko'p hollarda o'lim bilan tugaydi.

G'ovak suyaklar va bo'g'imlar jarohatlanganida zotiljamlar 2-3 haftadan so'ng boshlanib, bunga ham bemorlarning uzoq vaqt bir xil holatda yotishlari sabab bo'ladi. Bunday yaradorlarda zotiljam ko'pincha ikki tomonlama kichik o'choqli bo'ladi, jarayon o'pkaning pastki orqa bo'limida joylashadi. Bundan tashqari, kasallik paydo bo'lishida yara sepsisi va yiringli-rezorbtiv isitma muhim ahamiyatga ega. Kasallikning birinchi kunlarida uni aniqlash qiyin, zotiljam keyinchalik - abssesslar paydo bo'lganda sezilishi mumkin. Zotiljam qo'shilishi yaraning bitishini yomonlashtiradi.

Shunday qilib, tanadagi jarohatlanish joyiga bog'liq ravishda rivojlanadigan zotiljamlar turli xil klinik ko'rinishlarda kechishi mumkin. Bu ularning rivojlanish mexanizmi bilan uzviy bog'liqdir. Bosh va ko'krak sohasi jarohatlanganda (yaraga qarama-qarshi bo'lgan tomonda) neyrogumoral mexanizmlar (reflektor ravishda mayda o'choqli atelektazlar va qon kuyilishlar, keyinchalik ularga infeksiya qo'shilishi), yuz-jag' sohasi jarohatlanganda - yot tanachalarning aspiratsiyasi (infeksiyali qon laxtalari, o'lik to'qima bo'laklari, mayda suyak parchalari), umurtqa va qo'l-oyoqlar jarohatlanganda -toksiko-septik faktorlar va kon aylanishining buzilishi (gemostazlar) asosiy patogenetik omil hisoblanadi. Shuni aytish kerakki, zotiljamga o'z vaqtida to'g'ri davo qilinsa, yarador sog'ayib ketadi.

O'pkadagi yiringli jarayonlar (abssess, gangrena). Jarohat orkali mikroblar tushishidan o'pkada yiringli jarayonlar boshlanadi. Ayniqsa, o'q yoki snaryad parchasi o'pka to'qimasiga sanchilib qolishidan abssesslar ko'p hosil bo'ladi.

Faqatgina o'pka jarohatlanishidan so'ng emas, balki yuz-jag' shikastlanishi, yaralar yallig'lanishi va sepsisdan keyin ham (gematogen yo'l orqali) o'pkada yiringli jarayonlar kuzatiladi. Abssess va gapgrenalar jarohatlangandan ancha vaqt o'tgach boshlanadi. Ko'pincha o'ng o'pkada, uchdan bir holatda har ikkala o'pkada rivojlanadi. Isitma, ko'p miqdorda yiringli balg'am ajralishi (gangrenada yomon hidli), ko'p terlash, yuqori leykotsitoz va ECHT, abssess bor tomonda og'riq yiringli jarayonning xarakterli belgilaridir.

Ko'krak qafasi jarohatlanishi oqibatida plevra kasalliklari yuzaga keladi. Bular pnevmotoraks, gemotoraks, gemopnevmotoraks, plevrit, empiyema hamda ularning o'zaro qo'shilib kelishi holida kechadi. Ko'krak qafasining teshilishi — ko'krak sohasida eng ko'p uchraydigan jarohatdir. Bunda plevra bo'shlig'iga tushgan havo plevra-o'pka shokiga olib keladi. Uq tegib o'tgan ochiq pnevmotoraksda quyidagi alomatlar kuzatiladi: bemor hansirab, ko'karib ketadi, qon bosimi pasayadi, taxikardiya kuzatiladi.

Gemotoraks - plevra bo'shlig'iga qon quyilishi - ko'krak qafasi yopiq jarohatlanganda qovurg'alar sinishi yoki o'pka to'qimasining shikastlanishi bilan kechadi. Bunda odatda bir necha marta plevra bo'shlig'idagi qon punksiya qilib olinadi va shu tariqa plevra yiringlashiga yo'l qo'yilmaydi. Plevra bo'shlig'idan qon olib tashlangandan keyin antibiotiklar yuboriladi.




Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling