Ўзбекистон республикаси
Download 1.12 Mb.
|
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti
NUR KASALLIGIHyp kasalligi atom va vodorod bombasi portlagandan hosil bo'luvchi mexanik, issiqlik va ionlovchi nurlanish ta'sirida yuzaga keladi. Shuningdek, bu kasallik yadro reaktorlari portlab ketganda, davolash maqsadida organizm nurlatilganda ham kuzatilishi mumkin. Atom bombasi portlaganda portlash to'lqini, issiqlik va ionlovchi nurlanish hosil bo'ladi. Bombaning qanchalik kuvvatli ekaniga qarab ta'sir maydoni ham shuncha katta bo'ladi. Bir kilotonnadan bir megatonnagacha quvvatli bombalarning ta'sir maydoni farqi portlash to'lqini ko'lami hisobida 8 dan 33 km gacha, issiqlik ta'siri 6 dan 30 km gacha, va ionlovchi nurlar ta'siri ko'lami 3 dan 6 km gacha tashkil etadi. Bomba portlaganda hosil bo'ladigan ionlovchi nurlar tashqaridan gamma nurlar va neytronlar oqimi ko'rinishida ta'sir etadi. Shuni unutmaslik kerakki, o'rta va yirik atom bombalar portlaganda ko'proq aralash ta'sir nurlar, issiqlik va portlash to'lqini ta'siridagi aralash jarohatlar olish kuzatiladi. O'tkir nurlanish bilan bir qatorda kuyish va yarador bo'lish kuzatiladi. Kichikroq bombalar portlaganda esa asosan nur kasaligining har-xil ko'rinishlari asosiy o'rin egallaydi. O'tkir va surunkali nur kasalligi atom bombasi portlagan paytida ham, bomba portlashidan hosil bo'lgan nurlovchi bulut ta'sirida ham yuzaga kelishi mumkin. Atom reaktorlari portlashi natijasidagi nurlanish paytida tana va a'zolarga manba yaqinligi (tananing ayrim joylari shu atrofdagi narsalar bilan tasodifan himoyalanib qolishi) tufayli nur tanaga bir tekis ta'sir etmaydi. Hyp kasaligi og'irligi va kechishiga ko'ra o'tkir va surunkali bo'ladi. O'tkir nur kasalligi. Hozirgi paytda nur kasalligi o'z kechishiga ko'ra, yengil, o'rta, og'ir va juda og'ir ko'rinishlarda o'tadi. 1 greydan 2 gacha bir tekis nur olgan tanada kasallik yengil o'tadi. 2 dan 4 gacha o'rta, 4 dan 6 greygacha og'ir va 6 greydan oshganda juda og'ir nurlanish holati kuzatiladi. 1 greydan 10 greygacha nurlanish olgan tanada asosan suyak iligi zararlanishi bilan bog'liq o'zgarishlar ro'y berib, o'tkir nur kasalligining bu ko'rinishi suyak iligi nomini olgan. 20 greygacha nurlanish olgan hollarda, qon ishlab chiqaruvchi a'zolardan tashqari ichak epiteliysi zarar ko'radi. Ichakdagi o'zgarish shu qadar tez kechadiki, bemor qon ishlab chikaruvchi a'zolardagi jarayon izdan chiqmay turib nobud bo'lishi mumkin. 20 greydan ko'proq nurlanish oqibatida o'tkir nur kasalligi toksik va serebral ko'rinishlarda kechib, bunda bir kecha-kunduz, hatto bir necha saot ichida bemor o'lishi mumkin. Harbiy terapevtlar uchun suyak iligidagi o'zgarishlar bilan kechuvchi nur kasaligini o'rganish ahamiyatlidir. Bu kasallikning o'ziga xos tomonlaridan biri, uning davriy kechishidir. Bunda 4 davr kuzatiladi: 1) boshlang'ich yoki organizmning nurlanishga dastlabki javob davri; 2) yashirin yoki kasallik belgilari go'yo yo'qolib borayotgandek davri; 3) qo'zg'alish yoki kasallikning barcha belgilari yuzaga chiqadigan davr; 4) tuzalish davri. Kasallik yengil kechganda shifoxonaga yotqiziladi, lekin hyech qanday maxsus davo choralari ko'rilmaydi va shifokor tomonidan nazoratda bo'ladi. Ba'zi hollarda nurlanish 2 greyga yaqinlashsa, turli vaziyatlarda mijozni diqkat va hurmat bilan tinglash, hajv, o'qitish, maslahat va mashg'ul bo'lish kabi professional hamshiralik muolajalari samarali uslub sifatida xizmat qilishi mumkin. O'z ishida faqat vazifani ko'zlab harakat kiladigan va mijozning ehtiyojlarini faqat mexanik muolajalar bilan qondiradigan hamshira samarani cheklab qo'ygan bo'ladi.
- mijozga moslangan; - masalan, Amerika hamshiralar uyushmasi, qanada hamshiralar uyushmasi amaliyot standartlari, akkreditlovchi tashkilotlar standartlari kabi tibbiy yordam standartlariga kiyoslangan; - hamshira qobiliyati, vaqgi va tayanch manbalariga ko'ra haqqoniy; - mijozning qadri, e'tiqodi va ruhiy-ijtimoiy holati bilan mos; - boshqa rejalashtirilgan davo choralariga mos bo'lishi kerak. Lekin hamshiralik tadbirlari shartlarning hatto barchasiga javob berganda ham mijoz vazifalari muvaffakiyatli bajarilishiga kafolat berolmaydi. Bir mijoz uchun yaxshi hisoblangani boshqasiga to'g'ri kelmasligi mumkin. Ilmiy tadqiqotlar bilan shug'ullanayotgan hamshiralar tanlangan tadbirlar muvaffakiyatini oldindan statistik sxema bo'yicha aniqlashga harakat qiladilar. Tajribali xamshira samarali tadbirlarni tanlashda tadkiqotlar natijalari (hamshiralik ishi fani) va mijoz haqidagi bilimlardan (hamshiralik ishi san'atidan) foydalanadi. Xodimlar bilan joriy maslahatlar va davom etayottan o'quv mijoz muammosiga yangicha va ijodiy yondashishni tadkiq etish uchun eng yaxshi vosita hisoblanadi.
Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling