Ўзбекистон республикаси


Download 1.12 Mb.
bet38/119
Sana02.01.2022
Hajmi1.12 Mb.
#189241
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   119
Bog'liq
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

1.4.1. MA'LUMOTLAR TO'PLASH

Ma'lumotlar to'plash ma'lumotlarning tartibli va davomli to'planishi, tasdiqlanishi va axborotidir. Bu ma'lumotlar salomatlik holati qanchalik sog'liqni himoya kilish bo'yicha ko'rilgan choralar bilan yaxshilanganligi yoki kasallik bilan mavhumlashganligini aks ettiradi. Ma'lumotlar yig'masi mijoz uchun har tomonlama va effektiv davolash rejasini ishlab chiqish hamda yo'lga qo'yishga imkon beradigan tibbiy hamshira va sog'liqni saqlashning boshqa mutaxassislari tomonidan mijoz haqida to'plangan ma'lumotlarga kiritilishi mumkin bo'lgan barcha axborotlarni o'z ichiga oladi. Mijoz haqqsa ma'lumotlar to'plash keyingi barcha ma'lumotlarning to'liqligi va aniqpigi bilan bog'liq bo'lganligi sababli hamshiralik jarayonida zarur qadam hisoblanadi. Ma'lumotlarni har tomonlama to'plash natijasida hamshira mijozning o'z salomatligini kuzatish kobiliyati va hamshiralik parvarishiga ehtiyojini, hamshira uchun mijoz sog'ligi holati to'g'risida mulohaza kilish, zarurat bo'yicha uni vrach yoki boshqa mutaxassis maslahatiga yuborish, unga individual davo rejasi tuzish va bajarish imkonini beradigan ma'lumotlar asosini yaratadi. Mijoz salomatligi holatining birlamchi bahosiga qo'shimcha qilib hamshira joriy baholashni bajaradi.

Salomatlik holati bo'yicha mijoz munosabati yoki kasallik uzgarishida joriy baho hamshiraga ko'mak bo'ladi va boshqa mutaxassis tavsiya etgan hamshiralik parvarishi yoki davolash choralariga zarur o'zgarishlar kiritishni mo'ljallaydi.

Xamshiralik jarayonining ma'lumotlar to'plash bosqichida hamshira anamnez yig'ish uchun so'rov yo'li, hamshiralik fizikal ko'rik usullari bilan ma'lumot yig'adi. Mijozning ko'makchilari, tibbiy varaqasi, davolanishi bilan shug'ullanuvchi boshqa mutaxassislar ham ma'lumotlar to'plash manbalari bo'la oladi. Hamshira tomonidan tuzilgan ma'lumotlar yig'masi mijoz salomatligi holatining tez o'zgarishi munosabati bilan keyinchalik to'ldirilishi va yangilanishi mumkin. Ishga aloqador barcha ma'lumotlar varakdga kiritiladi, shuningdek, qiziqqan shaxslarga zarur bo'lganda og'zaki tarzda axborot beriladi.

Ma'lumotlar ikki xil bo'ladi - obyektiv hamda subyektiv. Obyektiv ma'lumotlar - bu sog'lom fikr bilan qabul qilinishi mumkin bo'lgan axborotdir. Bemorni bir kishi kuzatib olgan ma'lumotlari ayni bemorni boshqa kishi kuzatganda, xuddi shu ma'lumotlar tasdiqlanadi. Obyektiv ma'lumotlarga tana haroratining ko'tarilganligi, teri namligi, ovqat qabul qilmaslik misol bo'la oladi. Obyektiv ma'lumotlarni belgilar yoki qiziq ma'lumotlar deb atash mumkin. Subyektiv ma'lumotlar - bu faqat ayni og'rigan odamgina qabul kila olishi mumkin bo'lgan axborotdir. Bu ma'lumotlarni boshqa kishi qabul qila olmaydi yoki tasdiqlay olmaydi. Subyektiv ma'lumotlarga asabiylashganlik, ko'ngil aynashi yoki og'rik misol bo'la oladi. Subyektiv ma'lumotlar simptomlar yoki yashirin ma'lumotlar ham deyiladi.

Ma'lumotlarning xususiyatlari

Mijoz to'g'risida to'planayotgan ma'lumotlar to'liq, aniq, o'rinli va ishonchli ko'rsatmalarga asoslangan bo'lishi lozim.

Ma'lumotlar to'liqpigi. Ma'lumotlar mijoz sog'ligini tushunish va uni yaxshilash bo'yicha hamshiralik parvarishi rejasini tuzish uchun zarur. Masalan, mijoz vazni kamaygan hisoblaylik. Buni bilish hamshira vazn biror belgi (simptom) yoki maqsadli kamaytirilganligini (1), uning parhyez o'zgartirilishi, jismoniy zo'riqish yoki patologiya asosi bilan bog'likligini (2), vazn kamayishiga mijoz kanday karayotganligini aniklamaguncha ahamiyatsiz, foydasizdir.

Ma'lumotlarning anik va ishonchligi. Mijoz ham. hamshira ham ma'lumotlarni maqsadli yoki bilmagan holda noto'g'ri tasvirlashi mumkin. Masalan, ozg'inlikni yoqtiradigan mijoz vaznini kamaytirib aytishi mumkin. Hamshira so'rov yo'li bilan eshitgan va kuzatganlarini doimiy tarzda turli usullardan foydalanib tasdiqlab borishi kerak, ikkilanish holatlarida boshqa hamshira bilan maslahatlashishi zarur bo'ladi. Kuzatilgan holatdan xulosa qilishdan uni yozib qo'ygan ma'kul bo'ladi. Masalan, kuyidagicha yozib ko'yish mumkin: «Mijoz devorga qarab yotgan holatni tez-tez kuzatish mumkin. Uni suhbatga tortib bo'lmaydi. U bugungi tushlikdan bosh tortdi, kechki ovqatga faqat sho'rva ichdi». Hamshira mijozning ahvolini «Mijozda depressiv holat» deb interpretatsiya qilishi hakikiy formulirovka hisoblanmaydi. Mijoz ahvoli haqidagi yozuv tibbiy xodimlarga holatning boshqa sabablarini axtarishga imkon yaratadi.


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling