Ўзбекистон республикаси


Ma'lumotlar to'plashni rejalash


Download 1.12 Mb.
bet42/119
Sana02.01.2022
Hajmi1.12 Mb.
#189241
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   119
Bog'liq
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

Ma'lumotlar to'plashni rejalash

Ma'lumotlar to'plashda xamshira keltirilayotgan har tomonlama (ma'lumotlar asosi) yoki bir yo'nalishli ma'lu-motlarga e'tibor kilishi mumkin. Mijoz bilan dastlabky uchrashuvda har tomonlama ma'lumotlar to'planadi, Hamshira salomatlikka aloqador ma'lumotlar asosini to'plar ekan, joriy ma'lumotlarning ilgarigilarga nisbatan ustivorligini aks ettirishi lozim. Bir yo'nalishli ma'lumotlar to'plash joriy to'plashning tarkibiy qismidir va u mijoz bilan dastlabki uchrashuvda ham bajarilishi mumkin.



Ma'lumotlar to'tashning ustivorligi. Sifatli tibbiy davolash rejasi tuzish maqsadida hamshira ma'lumotlar to'plash oldidan kuyidagi zarur ma'lumotlarni belgilab qo'yishi kerak:

- Mijoz hakida biografik qisqacha ma'lumot (F.I.SH., manzili, jinsi, yoshi, madaniyati, dini, ma'lumoti, kasbi).

- Rivojlanganlik darajasi va tarakkiyot masalalaridagi qobiliyati.

- Oilaviy, ruhiy-ijtimoiy anamnezi.

- Sog'ligi va kasalligiga nisbatan qarashi (jismoniy va emotsional).

- Xavfli omillari.

- Mijozning ichki (mexanizmlarni bosuvchi) va tashqi (ko'makchi shaxslari, moddiy ta'minlanishi, tibbiy yordam) manbalari.

Kutilayotgan va ma'qul ko'rilayotgan davo usullari ma'lumot turi va miqdorini talab etadi. Ma'lumotlar to'plash ustivorligiga mijozning hayot tarzi, rivojlanganlik darajasi va hamshiralik parvarishiga ehtiyoji katta ta'sir ko'rsatadi. Mijozning hayot tarzini salomatligi holatidan sezish mumkin. Xill va Smit (1990) ma'lumotlar to'plash uchun diqqat markazida o'zaro munosabatlar, ruhiy va jismoniy holat, bo'shashish (relaksatsiya), axloq, o'yin-kulgilar, harakat va sport, uyku va tush ko'rish, ovqatlanish, jinsiy hayot nazarda tutilgan bir qancha usullarni tavsiya etadilar. Bunday ma'lumotlar davolash uchun qimmatli ahamiyatga ega. Mijoz hayet bosqichiga ko'ra uning holatini baholash ham mos bo'ladi. Masalan, chakaloq to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plashda asosiy e'tibor uning og'irligi va jismoniy o'sishi, emishi va hojati, uyku va uyg'oq vaqtlari, ota-onasi va atrofidagi shaxslar uni parvarishlashlari kabilarga karatiladi. Bolalarda esa o'z-o'ziga karay olish qobiliyati (hojat, kiyinish, shaxsiy gigiyena), nimalar o'ynashi, hojatga borishi kerakligini kanday tushuntirishi e'tiborga olinadi. Ma'lumotlar to'planishiga hamshira-mijoz muloqoti davbmiyligi va mijozga hamshiralik parvarishi xususiyati ta'sir etadi. Ma'lumotlar to'plash umumiy tavsiyalariga ko'ra rejalashti-rilayotgan davo choralariga mos so'rov olib borish maqsadga muvofikdir. Masalan, bosh miya chayqalishi bo'yicha yotqizilgan bemordan jinsiy hayot anamnezi yig'ish shart emas; tibbiy varaqada keltirilgan ma'lumotlarni, zarurat bo'lmasa, qayta-qayta so'rayverish mijoz va mutaxassis o'rtasidagi muomalaga salbiy ta'sir etishi mumkin.

Hamshira mijoz xaqida to'plagan turli ma'lumotlarni o'rganib, ularga aniq tartib berish zarurligini ko'rish mumkin. Bu tartib hamshiralik tashxisi qo'yilishini osonlashtiradi. Ma'lumotlar to'plash bo'yicha Gordon (1987) taklif etgan standart struktura har kanday mijozga va barcha hamshiralik nazariyalariga mos keladi. Ma'lumotlar asosini noto'g'ri keltirish, zarur ma'lumotlarning qoldirib ketilishi yoki o'rni bo'lmagan axborotlar berish, ma'lumotlarni xato yoki juda kam bayon etish kabilar ma'lumot to'plashda muammolarga olib keladi.

Tasdiqlash ma'lumotlar to'plashning asosiy shartlaridan biridir. Bundan maqsad xato, noto'g'ri talqinlarni bartaraf etishdir. Ma'lumotlarda nomutanosiblik bo'lsa, hamshira axborotni tasdiqlab olishi kerak. Masalan, mijoz o'zini yaxshi his etishiga qarshi . o'laroq hamshira uning mushaklari taranglashganini aniklaganda ma'lumot tasdiqlanishi shart. Bunda tasdiqlash og'zaki bajariladi. Hamshira mijozdan: «Siz menga o'zingizni yaxshi his etishingizni aytyapsiz. Lekin tanangiz va o'zingizni tutishingiz buning teskarisini tasdiklamokda», -deb so'rashi mumkin. To'plangan ma'lumotdar ishonarli bo'lgandan so'nggina hamshira ularni taxdil qilishga kirishishi mumkin.



Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling