Ўзбекистон республикаси
Download 1.12 Mb.
|
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti
Har tomonlama rejalashHar tomonlama rejalashning uch asosiy turi bor dastlabki, joriy muammoga qaratilgan va chiqaruvdagi rejalash. Dastlabki rejapash mijoz kelganda hamshiralik anamnezi yiggan, fizikal ko'rik o'tkazgan hamshira tomonidan bajariladi. Har tomonlama bu reja hamshiralik tashxisi ro'yxatida sanalgan, ustivorligiga ko'ra joylashtirilgan va mos mijoz vazifalari hamda hamshiralik parvarishini belgilovchi har bir muammoga qaratilgan. Agar hamshira staidart rejalarni mijozning iidividual ehtiyojlariga moslay bilsa, ular dastlabki reja uchun eng yaxshi asos bo'la oladi. Standart reja manbalari kompyuterlashtirilgan rejalar, reja tuzish bo'yicha qo'llanmalar va muassasa ishlagan rejalardir. Joriy rejalash muammoga qaratilib, uni mijoz bilan ishlovchi har bir hamshira bajarishi mumkin. Uning asosiy vazifasi parvarishlash rejasiga joriy o'zgarishlarni kiritishdir. Joriy reja bo'yicha ishlash hamshiralik tashxisining aniq tartibga solinishini (muammoning ham, holatning ham tartibga solinishini) va yangi to'plangan hamda tahlil qilingan ma'lumotlar asosida yangi tashxis ko'yish; avvalgi vazifalarni aniqroq va zarurat bo'yicha yangilarini qo'yish; mijoz oldiga Qo'yilgan vazifalar bajarilishi bo'yicha hamshiralik tavsiyalari va keyingi rejalash uchun xamshiralik tadbirlariga mijoz Qarashlarini hujjatlashlardan iborat. Bu bosqichda yangi tashxis qo'yish uchun standart rejalar Foyda qilishi mumkin, lekin bunda diqqat mijozning alohida ehtiyojlari qondirilishi uchun individual hamshiralik parvarishini ishlashga qaratilgan. Masalan, «Ko'prok suyuqlik ichirish» standart hamshiralik tavsiyasi «Ovqatlanishlar oraliqlarida 60 ml dan apelsin sharbati ichishni, oldida toza suv turishini tavsiya etish» tarzida ifodalanishi mumkin. Chiqaruvdagi rejalashnn mijoz va uning oilasi bilan bevosita ishlaydigan yoki mijozning jamoasini yaxshi biladigan hamshira yoxud ijtimoiy xodim bajargani ma'qul. Chikaruvdagi har tomonlama rejalash mijoz shifoxonaga kelgan kundayoq boshlanadi. Izchil rejalash hamshira mijoz va uning oilasi mutaxassislar tavsiyasini uyda bajarishda davolash tartibi hamda muammo mohiyatini. tushunishlari uchun maslahat berish ko'nikmalaridan foydalanishini talab etadi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling