Zbekiston respublikasi
-ilova Berilgan statistik ma`lumotlar asosida diagramma ishlang
Download 1.96 Mb.
|
04 09 2019 ЎзИИГЯнги мажмуа лотинча4 курс
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-ilova Quyi Amudaryo iQtisodiy rayoni ichki tafovutlariga ko`ra 5ta rayonga ajratiladi. Quyida berilgan jadvalni yozing va hududi, aholisiga oid diagramma chizing
- 4-ilova Xorazm viloyati tumanlariga oid jadvalni ishlang.
- 5-ilova Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoniga oid testni ishlang.
- Topshiriq: Quyi Amudaryo kartasini ishlang O`ZBEKISTON IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYASI FANIDAN JAMI MUSTAQIL ISHI UCHUN 38 SOAT AJRATILGAN
- O‘zbekiston Respublikasining hududiy ishlab chiqarish majmualari 2. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy rayonlari Tayanch iboralar
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi
- Mavzuning maqsadi
- Ob`ekti
2-ilova
Berilgan statistik ma`lumotlar asosida diagramma ishlang. 2013 yil malumotigaasosan chizmachizing: tug’ilish 22.5 , o’lim 4.4, tabiiy o’sish? O’zbekiston YaIMning3.1%, sanoatni 1,7%,qishoq xo’jaligini 6%nitashkil etadi.Ustunli diagrammachizing 3-ilova Quyi Amudaryo iQtisodiy rayoni ichki tafovutlariga ko`ra 5ta rayonga ajratiladi. Quyida berilgan jadvalni yozing va hududi, aholisiga oid diagramma chizing.
4-ilova Xorazm viloyati tumanlariga oid jadvalni ishlang.
5-ilova Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoniga oid testni ishlang. 1.QR O’zbekistonni Yevropa mamlakatigachiqish joyida joyida ekanligi uni respublikaning asosiy......si hisoblanishiga sababchidir. 2. Eng past joyi Sariqamish va....... cho’kmalari hisoblanadi. 3. ..........temir rudasi hozircha sanoatdaahamiyatga ega emas. 4. Bosa-kelmas va ....... konlarida tosh va osh tuzlarining katta zahirasi mavjud. 5. Hozirda Oqsholoq, SHrxpaxta va ..... konlarida tabiiy gaz qazib olinadi. 6. Soda ishlab chiqarish korxonasining nomi? 7. Kimyogarlar shaharchasi? 8. QR elektrenegriya ......... IES ishlab chiqqariladi. 9. QR qadamjo va ziyoratgohlari bor ulardan bir ? 10. QRda ........ ta tumanmavjud.
Topshiriq: Quyi Amudaryo kartasini ishlang O`ZBEKISTON IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYASI FANIDAN JAMI MUSTAQIL ISHI UCHUN 38 SOAT AJRATILGAN Mavzu: O‘zbekiston Respublikasining asosiy hududiy ishlab chiqarish majmualari va iqtisodiy rayonlari. R E J A : 1. O‘zbekiston Respublikasining hududiy ishlab chiqarish majmualari 2. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy rayonlari Tayanch iboralar: Hudud, majmua, infrastruktura, iqtisodiy rayon, milliy iqtisodiyot, ma’muriy hududiy birlik, tashqi savdo aylanmasi KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotining hududiy tarkibi. Iqtisodiy geografik tadqiqotlar ikki tarkib, ya’ni tarmoqlar tarkibi bilan hududiy tarkibning uyg‘unlashuvini, biridan-ikkinchisiga o‘tgan holda tahlil qilishni nazarda tutadi. Bu esa, mehnat taqsimotining ijtimoiy va hududiy shakllari bilan bog‘liq. Umuman olganda, hududiy tarkib, hududiy tizim, hududiy birikma yoki majmuaiqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining tayanch iboralari hisoblanadi. Tizim-tarkib nuqtai nazardan har qanday ob’ekt alohida qism yoki bo‘laklardan, ya’ni tarkibdan tashkil topadi, bu qismlar esa uning butligi va butunligini ta’minlaydi. SHu o‘rinda tarkibning ham o‘ziga xos tizim ekanligi, biroq quyi darajadagi tizimligi, uning ham yana “tarkibchalardan” iboratligini unutmaslik lozim. Mavzuning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasininghududiy ishlab chiqarish majmualari va iqtisodiy rayonlari haqida ma`lumotga ega bo`lish Vazifasi: Hududiy ishlab chiqarish majmualari tuzilmasi va iqtisodiy rayonlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyatini o`rganiqh va tahlil qilish. Ob`ekti: O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy rayonlari. Predmeti: O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy rayonlari va ularning xo`jaligi. MATN Hududiy tarkib turlicha bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston iqtisodiyotini geografik tomonlar – shimol, janub, g‘arb va sharq miqyosida yoki havza prinsipi asosida (Amudaryo va Sirdaryo havzalari) tahlil qilish mumkin. Xususan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni to‘laqonli amalga oshirish, uni boshqarish va monitoringini amalga oshirish, bu borada konsepsiya, strategiya va prognozlarni ishlab chiqish viloyat miqyosida qulay imkoniyatlarga ega. Aynan ularni mintaqaviy iqtisodiyot va iqtisodiy geografiya fanlari nuqtai nazaridan shartli ravishda, eng avvalo, bu nomdagi an’anaviy tabiiy geografik tushunchadan farq qiluvchi mintaqa sifatida qa’bul qilish mumkin. O‘zbekistonning asosiy ma’muriy birliklari maydoni va demografik salohiyati bo‘yicha bir – biridan keskin farq qiladi. Bu erda geografik qonuniyat shundan iboratki, viloyat maydoni qancha katta bo‘lsa, demak bilingki, odatda, bunday joylarning tabiiy sharoiti xo‘jalik yuritish uchun uncha qulay emas. Mamlakatimizning eng yirik mintaqasi – Qoraqalpog‘iston Respublikasining maydoni (166,6 ming kv.km.) eng kichik hududni egallagan Sirdaryo (4,3 ming kv.km.) yoki Andijon viloyati (4,3 ming kv.km.)dan 38,7 marta katta. Xuddi shunday, Navoiy viloyati ham juda keng maydonni (111.0 ming kv. km. yoki respublika hududining ¼ qismi) egallaydi, uchinchi o‘rinda yana bir cho‘llik mintaqa – Buxoro viloyati (40,3 ming kv.km.)turadi. Boshqa sharoitlar bir xil bo‘lgan holda, ma’muriy-hududiy bo‘linishni ilmiy asoslangan iqtisodiy rayonlashtirish asosida olib borish maqsadga muvofiq. Iqtisodiy rayonlashtirish iqtisodiy geografiyaning, “rayon” tushunchasi umuman geografiya fanining birlamchi, bosh tushunchasidir. Rayonsiz, bir joydan ikkinchi joyning farqisiz, hududiy tafovutsiz geografiya fanining o‘zi ham bo‘lmaydi. Rayon, sodda qilib aytganda, bir-biridan farq qilib turuvchi har qanday hudud rayondir. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi eng avvalo jahon hamjamiyatining mustaqil sub’ekti, geosiyosiy tuzilmasining bir qismi hisoblanadi va, shu bilan birga, bu erda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish masalasi ham, mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash ham ustuvor mazmun kasb etadi. Iqtisodiy rayon, ba’zan uni iqtisodiy geografik rayon deb ham atashadi ( bizningcha, bu to‘g‘ri emas, chunki har qanday rayon joyni, hududni, binobarin, geografiyani anglatadi) asosan quyidagi rayon hosil qiluvchi omillar ta’sirida shakllanadi: - hududning yaxlitligi, uning geografik o‘rni; - xo‘jaligining ixtisoslashuvi; - rayon hosil qiluvchi markazlarning mavjudligi; - tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari; - transport va boshqa infratuzilmaning rivojlanganligi; - demografik vaziyati va mehnat resurslari; - joyning tarixiy rivojlanish hususiyatlari va boshqalar. O‘zbekistonda iqtisodiy rayonlashtirish masalalari bilan, xususan, o‘tgan asrning 50-60 yillaridan boshlab shug‘ullanib kelingan. Ushbu muammo taniqli olimlar V.M.CHetirkin, K.N.Bedrinsev, YU.G.Sapenko, Z.M.Akramov va boshqalar tomonidan o‘rganilgan. SHu o‘rinda qayd etish joizki, respublikamizda turli davrlarda iqtisodiy rayonlar turlicha miqdorda ajratilgan va dastlab bu masala bevosita tabiiy-xo‘jalik rayonlashtirish bilan bog‘liq holda olib borilgan. 1970-1980 yillarda olimlar yangi Mirzacho‘l iqtisodiy rayonini ajratishni taklif qilishgan. 1998 yilda esa A.Soliev O‘zbekistonni 6 ta asosiy iqtisodiy rayonga ajratishni ma’qul topgan. Hozirgi davrda O‘zbekiston milliy iqtisodiyoti hududiy tarkibi quyidagi 8 ta asosiy iqtisodiy rayonlar darajasida ko‘riladi: Toshkent iqtisodiy rayoni (15,6 ming kv.km.: 5315,5 mil.kishi) – Toshkent shahri (0,3 kv.km.:2485,9 mil. kishi) va Toshkent viloyati (15,3 ming kv.km. .: 2829,6 mil.kishi) tarkibida; Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni (25,5 ming kv.km. : 2104,1mil.kishi) – Jizzax (21,2 ming kv.km. 1301,0 mil.kishi) va Sirdaryo viloyat (4,3 ming kv.km. 803,1ming.kishi) lari; Farg‘ona iqtisodiy rayoni (18,5 ming kv.km.: 9284,1 mil.kishi) – Andijon (4,3 ming kv.km.:3011,6 mil.kishi), Namangan (7,4 ming kv.km. : 2652,4 mil.kishi) va Farg‘ona viloyat (6,8 ming kv.km. : 3620,1 mil.kishi) lari; Samarqand iqtisodiy rayoni (16,8 ming kv.km. : 3719,6 mil.kishi)–Samarqand viloyati Buxoro-Navoiy iqtisodiy rayoni(151,4 ming kv.km.: 2794,1 mil. kishi) – Buxoro (40,3 ming kv.km. :1843,4 mil.kishi), Navoiy viloyat (111,0 ming kv.km. : 950,7 ming kishi)lari; Qashqadaryo iqtisodiy rayoni (28.6 ming kv.km. : 3148,1 mil.kishi) – Qashqadaryo viloyati; Surxondaryo iqtisodiy rayoni (20,7 ming kv.km. : 2462,2 mil.kishi) – Surxondaryo viloyati; Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni – Qoraqalpog‘iston Respublikasi (166,6 ming kv.km. :1930,0 mil.kishi) va Xorazm viloyati (6,1 ming kv.km.: 1776,8 mil.kishi). Bunday asosiy iqtisodiy rayonlarning o‘zaro integratsiyalashuv yordamida rivojlanib borishi mamlakatimizning milliy iqtisodiyotini, xavfsizligi va yagonaligini ta’minlaydi. Biroq, e’tirof etish joizki, bugungi kunda respublikamiz iqtisodiy rayonlari soni va ularning tarkibiga qaratilgan boshqacha yondashuvlar ham yo‘q emas. Jumladan,VIII sinf uchun yozilgan “O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” darsligida ham 8 ta rayon ajratilgan. Asosiy iqtisodiy rayonlarquyidagi ba’zaviy sohalarga ega bo‘lishlari maqsadga muvofiq: yoqilg‘i-energetika bazasi; qurilish industriyasi; agrosanoat majmuasi. Yuqoridagi ishlab chiqarish tarmoqlari har bir iqtisodiy makon uchun zarurdir. Agar shu nuqtai nazardan qaraladigan bo‘lsa, faqat Toshkent iqtisodiy rayon bunday mukammallikka ega. Qolgan iqtisodiy rayonlarda esa u yoki bu tarmoq sust rivojlangan. Masalan, Janubiy rayonlarda ularning birortasi etarlicha emas, Farg‘onada energetika va qurilish bazasi zaif, Mirzacho‘lda to‘qimachilik sanoati yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan va xokazo. 1-jadvalda asosiy iqtisodiy rayonlar va ularning tarkibidagi viloyatlar, ya’ni mintaqalarning iqtisodiy rivojlanishiga oid ba’zi ko‘rsatkichlar keltirilgan. Jadval tahlili shuni ko‘rsatadiki, Toshkent iqtisodiy rayoni qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha respublikada yetakchilik qiladi. YAlpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha oldingi o‘rinlardan birida Farg‘ona iqtisodiy rayoni ham turadi. Qolaversa, Toshkent iqtisodiy rayonidan tashqari qolgan barcha hududlarning YAIM ulushi ularning demografik salohiyatidan past. Sanoat geografiyasida ham taxminan shunday vaziyat, qishloq xo‘jaligida esa Zarafshon va Mirzacho‘l birmuncha yuqori ko‘rsatkichlarga ega. Ayni vaqtda jadval Mirzacho‘l, Farg‘ona, Janubiy rayon hamda Quyi Amudaryo investitsiya muhitining yaxshi emasligini ko‘rsatmoqda. Bunday vaziyat qurilish orqali tashqi savdo aylanmasi natijalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ijtimoiy sohalar, jumladan pullik xizmat va chakana savdo ham aksariyat rayonlarda ularning aholi ko‘rsatkichlariga muvofiq kelmaydi. Ma’lumki, 1924 yilda O‘rta Osiyoda milliy davlat-chegaralanishlari o‘tkazilibO‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil qilindi. 1930 yilda Respublika poytaxti Samarqanddan Toshkentga ko‘chirildi. 1936 yilda Qoraqalpog‘iston ASSR O‘zbekiston SSR tarkibiga kiritildi (Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab QQR deb nomlandi). 1938 yilda Respublika tarkibida 5 ta viloyat Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari tashkil qilindi; 1941 yilda Andijon, Namangan va Surxondaryo viloyatlari, 1943 yilda Qashqadaryo viloyati, 1963 yilda Sirdaryo viloyati, 1973 yilda Jizzax viloyati va 1982 yilda Navoiy viloyati tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida 1 sentyabr 1991 yilda tashkil topgan. Maydoni 448,9 ming kv.km., aholisi 33 mil. kishi (1.08.2018y.). 1-jadval. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi (2018 yil 1 yanvar holatiga ko’ra).
Ma’muriy jihatdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shahridan iborat: Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari. Respublika poytaxti – Toshkent shahri. XULOSA Har qanday iqtisodiy rayonda 3 guruh tarmoqlar rivojlangan bulishi kerak: 1) rayon hosil qiluvchi ixtisolashgan tarmoqlar; 2) birinchi guruh bilan bog‘liq va ularga xizmat qiluvchi tarmoqlar; 3) mahalliy, ya’ni ichki ehtiyojlarni qondiruvchi xo‘jalik tarmoqlar. Iqtisodiy rayonlarning ilmiy-amaliy ahamiyati, eng avvalo, ularning ma’muriy-hududiy bo‘linishni tashkil etishda, mintaqaviy siyosatini amalga oshirishda, shuningdek, o‘quv jarayonida – mamlakatning iqtisodiy geografiyasini tizim-tarkib yondashuv asosida o‘rganishda o‘z aksini topadi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling