2.3. Kurs ishi (loyihasi) tarkibi, ularga qo`yiladigan
talablar.
O`quv rejada ushbu fandan kers ishi yozish rejalashtirilmagan
2.4 Mustaqil ta’lim topshiriqlari bo‘yicha tavsiyalar
Oliy o’quv yurti, turli sohalar boyicha ijodiy fikrlashga qodir, mustaqil ishlay oladigan, yuqori mutaxassislarni tayyorlashni o’z oldiga maksad qilib qoydi. Bunda bir muncha ilg`or usul va ta’lim vositalarini ishlab chiqish va tadbiq qilish asosiy o’rinni egallaydi.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining keyingi bir qator hujjatlarida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish masalasiga alohida ahamiyat berilmoqda.
«Defektologiya klinik asoslari» fani defektolog bakalavrning tayyorlash tizimida muhim o’rinni egallaydi.
«Defektologiya klinik asoslari» fanini muvaffaqiyatli o’rganish-nazariy bilimlarning keng doirasini o’zlashtirish, maxsus adabiyotlar bilan ishlash malakasini egallashga imkon yaratadi, shuningdek eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar maktabgacha ta’lim muassasasi hamda maktab internatida o’quv ishlarini tashkil etish uchun mashg`ulotlar rejalashtirish, maxsus va umumta’lim darslar uchun reja matn tuzish, mazkur mashg`ulotlar uchun ko’rgazmali qurollar va didaktik materiallarni tanlash va tayyorlashni o’z ichiga oladi.
Talabalarning mustaqil ishini tashkil etish jarayonida olib boriladigan mustaqil ishning turli ko’rinishlari talabalarning ilmiy ma’lumotlarni analiz qilishni, umumlashtirish, xulosalar chiqarishni nazarda tutadi.
Talabalarning olib borayotgan mustaqil ishlarini turli usullar: mavzuli royxatlar, konspektlar, maxsus adabiyot analizlari, og`zaki bayon etishlarini tekshirish orqali nazorat qilish mumkin.
2.5. Fanni o’qitish jarayonini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha
Talabalarning “Defektologiyaning klinik asoslari” fannini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg`or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informastion – pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Ma’ruza, amaliy darslarda mavzuga mos pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |