Kafedra mudiri: ___________ Nurkeldiyeva D.A.
Fanning ishchi o‘quv dasturi “Defektologiya” fakultet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2013 yil 27 iyundagi 10-sonli bayonnoma).
Fakultet kengashi raisi: __________ Nurmuxamedova L.SH.
Ishchi o‘quv fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining kengashida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan.
2013- yil «___» _____________ dagi ___ - sonli majlis bayoni.
Kelishildi: O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i
______________Jaloliddinov Z.
I. Kirish
Defektolog-bakalavrlarni tayyorlashda tibbiy fanlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarda namoyon bo’lgan kamchiliklar, kasalliklar sabablarini bilish, tushunish uchun albatta tibbiyot fanlarini ham bilish zarur.
Shularni hisobga olgan holda defektologiyaning bakalavriat yo’nalishi o’quv rejasiga tibbiyot fanlarini o’ziga jamlagan «Defektologiya klinik asoslari» fani kiritilgan. Ushbu fan o’ziga «Nutq, eshitish a`zolarining tuzilishi, faoliyati patologiyasi», «Nevropatologiya asoslari», «Bolalar psixopatologiyasi», «Aqli zaiflikning klinikasi» kabi fanlarni jamlagan.
1.1. Fanning maqsadi va vazifalari
Fanning maqsadi: Bolalarga ziyon ta’sirlarni organizmga qaysi yo’l bilan ta’sir etishi va organizmda qanday o’zgarishlarga olib kelishi, organizmni himoya xossalari; nutq eshitish a’zolarining tuzilishi, patologiyasi, nerv sistemasining tuzilishi, faoliyati bilan tanishish; asab-ruhiy kasalliklarni kelib chiqish sabablari, patogenezi, klinik ko’rinishlarini o’rgatish fanning maqsadini tashkil qiladi.
Fanning vazifasi: psixik va jismoniy rivojlanishida kamchiligi bo’lgan bolalarda namoyon bo’ladigan nuqson va kasalliklarning nazariy asoslarini yoritib berish, asab tizimi kasalliklari, nutq eshitish a’zolari kasalliklari, asab-ruhiy kasalliklarni kelib chiqish sabablari, patogenezi, klinik ko’rinishlari boyicha bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |