¡збекистон республикаси
Download 2.32 Mb.
|
Маъруза (ЭЧС) лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’ruza 4 Sinxron generagorlarni uyg‘otish (1-mashg‘ulot)
Sinov savollari
Generatorlarni ishlatish protsessida chulg‘amlarning izolyasiyasi eskirishi sabablari. Generatorlarning bilvosita va bevosita sovitish kamchiligi va afzalligi. Generatorning havo bilan sovitish. Turbogeneratorlarni vodorod bilan bilvosita sovitish. Generatorlarni suyuqlik bilan bevosita sovitish. Ma’ruza 4 Sinxron generagorlarni uyg‘otish (1-mashg‘ulot) Sinxron generatorlarning rotor chulg‘amlari, uyg‘otgichlar deb yuritiladigan o‘zgarmas tokning maxsus manbaidan ta’minlanadi. Uyg‘otgichlarning quvvati generator quvvatining 0,3—1% ni tashkil qiladi, nominal kuchlanish esa 100 V dan to 600-650 V ga cha bo‘ladi. Generator qancha kuchli bo‘lsa, uyg‘otgichning nominal kuchlanishi ham shuncha katta bo‘ladi. Uyg‘otgich, yordamchi va boshqaruvchi qurilmalarni birgalikda uyg‘otish tizimi deb atash qabul qilingan. Uyg‘otgichni generator rotorining chulg‘ami bilan elektrik ulash, ko‘pincha, kontakt, halqa va cho‘tkalar yordamida amalga oshiriladi. CHo‘tkasiz uyg‘otish tizimlari ham yaratilgan va ulardan foydalanilmoqda. Uyg‘otish tizimlari ishonchli va tejamli bo‘lishi; uyg‘otish tokini kerakli o‘zgartirish imkoniyatini berishi; etarli darajada tez ta’sir etuvchi bo‘lishi kerak, shuningdek tarmoqda avariya paydo bo‘lganda eng yuqori uyg‘otishni ta’minlash kerak. Uyg‘otish tokini rostlash yo‘li bilan sinxron generatorning kuchlanishi va uning tarmoqqa beradigan reaktiv quvvati o‘zgartiriladi. Generator uyg‘otishini rostlash generatorlarning parallel ishlashi turg‘unligini oshirishga imkoniyat beradi. M asalan, qisqa tutashuv paytida hosil bo‘ladigan kuchlanishning keskin kamayishida generatorning uyg‘otilishini jadallashtirish (tez orttirish) qo‘llaniladi, bu o‘z navbatida generatorlarning elektr tebranishini to‘xtatishga yordam beradi va parallel ishlash turg‘unligini saqlash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, rostlash va uyg‘otishni jadallashtirish tez amalga oshirilishi releli himoya ishining ishonchliligini orttiradi va elektr stansiyalarning o‘z extiyoji uchun ishlaydigan dvigatellarning o‘z-o‘zidan ishga tushish sharoitini engillashtiradi. Uyg‘otish tizimining eng muhim xarakteristikalari quyidagilar bo‘ladi: jadallashtirish: V=0,632(Uf,pot-Uf,nom)/Ut,nomt1 (3-rasmga) bo‘lganda rotor chulg‘amidagi kuchlanishning o‘sish tezligini aniqlovchi tez ishlashi hamda maksimal uyg‘otish kuchlanishi kattaligining nominal uyg‘otish kuchlanishiga nisbati - Uf,pot/Uf,nom = kj jadallilik karraligi. Turbogeneratorlar uchun standartga muvofiq kj > 2, uyg‘otishning o‘sish tezligi esa sekundiga 2 1/s dan kam bo‘lmasligi kerak. Jadallik karraligi kollektorli uyg‘otgich generatorning vali bilan tutashtirilganda gidrogeneratorlar uchun 1,8 dan va boshqa uyg‘otish tizimlari uchun 2 dan kam bo‘lmasligi kerak. Uyg‘otish kuchlanishining o‘sish tezligi 4 MVA quvvatli gidrogeneratorlar uchun sekundiga 1,3 1/s dan, katta quvvatdagi gidrogeneratorlar uchun sekundiga 1,5 1/s dan kichik bo‘lmasligi kerak. Uzoq masofaga elektr uzatish liniyasiga ulangan kuchli gidrogeneratorlarniig uyg‘otish tizimiga ancha yuqori talab qo‘yiladi (k<3...4, uyg‘otishning o‘sish tezligi sekundiga10Uf,nom gacha). Rotorning chulg‘ami va bilvosita sovitiluvchi generatorlarning uyg‘otish tizimi nominal tokka nisbatan 2 marta katta tokka 50 sekund davomida chidashi kerak. Bu vaqt rotorning chulg‘ami bevosita sovitiluvchi generatorlar uchun 20 sekundgacha kamayadi. Generatorlarning uyg‘otish tizimini ikkita guruhga: mustaqil uyg‘otishli va o‘z–o‘zidan uyg‘otishli (nomustaqil uyg‘otish) guruhlarga bo‘lish mumkin. B irinchi guruhga generatorning vali bilan biriktirilgan, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan hamma elektr mashinali uyg‘otgichlar kiradi. Ikkinchi guruhni maxsus pasaytiruvchi transformatorlar orqali generatorning chiqishidan bevosita ta’minlanuvchi uyg‘otish tizimlari tashkil etadi. SHu guruhga yana elektrstansiyalarning o‘z ehtiyoji shinalaridan ta’minlanuvchi, o‘zgaruvchan tok dvigatellaridan harakatga keluvchi, alohida joylashgan elektr mashinali uyg‘otgichli uyg‘otish tizimini ham kiritish mumkin. Mustakil uyg‘otishli generatorlar eng ko‘p tarqalgan. Bu usulning asosiy afzalligi shundan iboratki, bunda sinxron generatorning uyg‘onishi elektr tarmog‘i rejimiga bog‘liq bo‘lmaydi va shuning uchun ham eng ishonchli hisoblanadi. Quvvati 100 MVt va undan kam bo‘lgan generatorlarda, odatda, uyg‘otgich sifatida sinxron generatorning vali bilan biriktirilgan o‘zgarmas tok generatori qo‘llaniladi (4 -rasm). Uyg‘otgichning o‘z-o‘zidan uyg‘otish sxemasi asosida bajarilgan (uyg‘otgichning uyg‘otish chulg‘ami OVV uyg‘otgichning o‘z yakoridan ta’minlanadi). Uyg‘otgichning uyg‘onishini boshqarish OVV zanjiriga o‘rnatilgan shuntli reostat SHR bilan qo‘lda yoki uyg‘otishni avtomatik boshkarish ARV bilan avtomatik amalga oshiriladi. O‘zgarmas tok generatori bilan uyg‘otish tizimining kamchiligi asosan uyg‘otgichning o‘zining kamchiligi bilan aniqlanadi. Bu kamchiliklardan biri aylanish chastotasi kichik bo‘lgan gidrogeneratorlarda ( =1,2 1/c) uyg‘otgichlarning, ayniqsa uyg‘onish tezligi o‘sishining nisbatan yuqori bo‘lmasligidir. K o‘rilayotgan uyg‘otish tizimining boshqa kamchiligi katta aylanish chastotasiga ega bo‘lgan turbogeneratorlarga tegishli. Bunga sabab cho‘tka va kollektorning titrashi, hamda ishlash sharoitining og‘irligi (kommutatsiya sharoitlari) tufayli o‘zgarmas tok generatorchning ishonchli ishlashining kamayishidir. Quvvati 165 MVt dan katta bo‘lgan turbogeneratorlar uchun uyg‘otish quvvati shunchalik katta bo‘ladiki, bunda kommutatsiya sharoitlari bo‘yicha 3000 ayl/min aylanish chastotasida o‘zgarmas tok generatorining ishlashini ta’minlash ancha qiyinchilik tug‘diradi. Uyg‘otgichning ishonchli ishlashini oshirish maqsadida uning aylanish chastotasini kamaytirish uchun ayrim hollarda uyg‘otgich generatorning vali bilan reduktor orqali biriktiriladi. Bunday tizim qator generatorlarda, shular qatori TGV-300 va TVM-300 generatorlarida ham qo‘llanilgan. Bunday uyg‘otish tizimining kamchiligi ko‘shimcha mexanik uzatmaning mavjudligidir. Yirik generatorlarni uyg‘otish uchun yarim o‘tkazgichli to‘g‘rilagichli uyg‘otish tizimi ko‘llaniladi. YArim o‘tkazgichli to‘g‘rilagichdan foydalanuvchi uyg‘otish sistemasida turbogenerator valiga yordamchi generator o‘rnatiladi (5 - rasm) va uning kuchlanishi to‘g‘rilanadi hamda turbogenerator rotorining chulg‘amiga keltiriladi. YOrdamchi generator sifatida yuqori chastotali, induktor tipidagi generator qo‘llaniladi. Bunday generatorniig aylanuvchi rotorida chulg‘am bo‘lmaydi, bu uning ishlashdagi ishonchligini orttiradi. Orttirilgan chastota (500 Gs) uyg‘otish tizimi gabaritlarini kamaytirishga, tez ishlashini oshirishga imkoniyat beradi. Induktorli yuqori chastotali generator – uyg‘otgich VGT ning qo‘zg‘almas statorida uch fazali o‘zgaruvchan tokning chulg‘ami bilan birga joylashgan uchta uyg‘otish chulg‘ami mavjud. Ularning birinchisi OVV1 asosiy generatorning rotori chulg‘ami OVG bilan ketma-ket ulanadi va VGT ni asosiy uyg‘onishini ta’minlaydi. OVV1 asosiy generator rotorining chulg‘ami bilan ketma-ket ulanganligi sababli, energotizimda qisqa tutashuv sodir bo‘lganda, rotorda tokning keskin ko‘payishi natijasida VGT ning tez uyg‘onishini ta’minlaydi. OVV2 va OVV3 yuqori chastotali qo‘shimcha uyg‘otgich VCHP dan to‘g‘rilagich orqali tok oladi. Qo‘shimcha uyg‘otgich (doimiy magnitli 400 Gs li yuqori chastotali mashina) yordamchi generator VGT singari: turbogeneratorning vali bilan biriktirilgan. OVV2 va OVV3 dagi tok ikki qurilma - ARV (avtomatik uyg‘otish regulyatori) va UBF (uyg‘otishni kontaktsiz jadallashtirish qurilmasi) tipidagi elektromagnit to‘g‘rilagichlar yordamida rostlanadi. A RV qurilmasi chulg‘am OVV2 dagi tokini uzgartirb, normal ish rejimida generator kuchlanishini bir xil qilib ushlab turadi. UBF qurilmasi esa generatorning dastlabki uyg‘otilishini va kuchlanish 5% dan ko‘proq kamayganda, uyg‘otishning jadallashtirilishini ta’minlaydi. YUqori chastotali uyg‘otish tizimi kj=2 bo‘lishini va uyg‘otish kuchlanishi o‘sish tezligining 2 1/s kam bo‘lmasligini ta’minlaydi. Kuchli ta’sir qiladigan ARV li mustaqil tiristorli (TN) uyg‘otish tizimining prinsipial sxemasi 6 - rasmda keltirilgan. Generator SG bilan bir valda yordamchi sinxron generator VG joylashgan va uning statorida uch fazali chulg‘ami bor. 6-rasmda ko‘rsatilgan sxemada tiristorlarning ikki guruhi mavjud: ish tiristori T1 va jadallashtiruvchi tiristor T2. Ular o‘zgaruvchan tok tomonida turli kuchlanishga, o‘zgarmas tok tomonida parallel ulangan. Generatorning normal rejimida uyg‘otilishining tiristorlarning boshqaruvchi elektrodga tegishli potensial yuborilishi bilan ochiladigan ish guruhi T1 ta’minlaydi. B unda jadallashtiruvchi guruh deyarli berk bo‘ladi. Jadallashtirilgan uyg‘otish rejimida yordamchi generatorning to‘la kuchlanishi dan ta’minlanadigan tiristor T2 to‘liq ochilib, jadallashtirish tokining hammasini beradi. Bunda ish guruhi jadallashtiruvchi guruhning ancha yuqori kuchlanishi bilan berkiladi. Ko‘rilgan tizim boshqa tizimlarga qaraganda juda tez ishlaydi va kj>2 bo‘lishini ta’minlaydi. Tiristorli mustaqil uyg‘otish tizimlari juda keng qo‘llanilmoqda.. YUqorida ko‘rib o‘tilgan uyg‘otgichli hamma generatorlarda rotor chulg‘amiga tok keltirish uchun maxsus uskina bor. U rotorniig validagi kontakt xalqadan iborat bo‘lib, unga tok cho‘tka yordamida keltiriladi. Bunday kontaktli tizimning ishonchliligi etarli emas. Bu kamchilik ayniqsa uyg‘otish toki 3000 A va undan ortiq (300 MVt va undan yuqori quvvatli generatorlarda) bo‘lganda namoyon bo‘ladi. YUqorida ko‘rsatilgan kamchiliklardan holi bo‘lgan uyg‘otishning cho‘tkasiz tizimi, ayniqsa, katta quvvatli turbogeneratorlar uchun istiqbolli hisoblanadi. Uyg‘otishning bunday tizimida (mazmuni 7-rasmda tushuntirilgan) o‘zgaruvchan kontaktli birikmalar bo‘lmaydi. Rotor chulg‘ami OVG ni ta’minlash uchun energiya manbai bo‘lib yordamchi sinxron generatori VG xizmat qiladi. Bu generator qaytuvchan mashinalar tipida tayyorlangan, ya’ni o‘zgaruvchan tok chulg‘ami aylanuvchan qismiga joylashgan, uyg‘otish chulg‘ami esa qo‘zgalmas. Generator VG ning uyg‘otilishi uyg‘otgich V yordamida bajariladi. Tok yordamchi generator o‘zgaruvchan tokining aylanuvchi chulg‘amidan valga mahkamlangan o‘tkazgichlar orqali, yarim o‘tkazgichli aylanuvchi (odatda, kremniyli) to‘g‘rilagichga keltiriladi. To‘g‘rilangan tok asosiy generatorning uyg‘otish chulg‘amiga bevosita keltiriladi. Rotor chulg‘ami OVG da uyg‘otish tokini rostlash uchun yordamchi generatorning uyg‘otish chulg‘ami OVVG dagi tokni o‘zgartiriladi. YArim o‘tkazgichli aylanuvchi o‘zg‘artirgich VP tashqarisidan ovoz yutuvchi kojux bilan yopiladi. CHo‘tkasiz uyg‘otish tizimi jadal takomillashtirilmoqda va generatorlarning hamma turi, ayniqsa, katta quvvatli (306-1200 Mvt) turbogeneratorlar uchun istiqbolli hisoblanadi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling