¡збекистон республикаси
Download 2.32 Mb.
|
Маъруза (ЭЧС) лотин
Ud=Uk+Ua+Us.d=Ue+Us.d
Agar kontaktlarni ajratishda hosil bo‘lgan uzun yoyni, metall plastinkalardan tayyor-langan yoy so‘ndiruvchi panjara orasiga tor-tilsa, bunda u p ta qis-qa yoylarga bo‘linadi. Har bir qisqa yoy - o‘zining anod va katod kuchlanish pasayishi Ue ga ega bo‘ladi. Agar U<pUe bo‘lsa yoy so‘nadi, bunda U- tarmoq kuchla-nishi: Ue- anod va katod kuchlanishlar pasayishi-ning yig‘indisi (o‘zgar-mas tok yoyida 20-25 V). O‘zgaruvchan tok yoyini ham p ta qisqa yoylarga bo‘lish mumkin. Tokning nol orqali o‘tish vaktida katod oldi bo‘shlig‘i shu onda 150-250 V li elektr mustahkamlikka ega bo‘ladi. Agar U<(150...250)p bo‘lsa yoy so‘nadi. Tirqishlarda yoyni so‘ndirish. Agar yoy, yoyga chidamli materialdan hosil qilingan tirqishda yonsa, u holda sovuq yuzalarga tegishi sababli intensiv ravishda sovishi va atrof-muhitga zaryadlangan zarrachalarning diffuziyalanishi sodir bo‘ladi. Bu deionizatsiyaning tezlashishiga va yoyning so‘nishiga olib keladi. Magnit maydonda yoyning harakati. Elektr yoyi tokli o‘tkazgich sifatida qaralishi mumkin. Agar yoy magnit maydonda bo‘lsa, u holda unga chap qo‘l qoidasi bo‘yicha aniqlanadigan kuch ta’sir etadi. Agar yoy o‘qiga perpendikulyar yo‘nalgan magnit maydon hosnl qilinsa, u holda yoy ilgarilama harakat oladi va yoy so‘ndiruvchi kameraning tirqishi ichiga tortiladi (36-rasm, b). Radial magnit maydonda yoy aylanma harakat oladi (36-rasm, v). Magnit maydon o‘zgarmas magnitlar bilan, maxsus g‘altaklar yoki tok o‘tkazuvchi qismning o‘z konturi bilan hosil qilinishi mumkin. YOyni tez aylantirish va harakatlantirish uning sovishiga va deionizatsiyalanishiga yordam beradi. YOyni so‘ndirishning oxirgi ikki usuli (tirqishlarda va magnit maydonda), shuningdek, kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan o‘chiruvchi apparatlarda ham qo‘llaniladi. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan apparatlarda yoyni so‘ndirishning asosiy usullari. YOyni moyda so‘ndirish. Agar o‘chiruvchi apparatning kontaktlari moyga joylashtirilsa, u holda ajrash paytida hosil bo‘ladigan yoy jadal sur’atda gaz hosil bo‘lishi bilan yog‘ni bug‘lanishiga olib keladi (36- rasm, g). YOy atrofida, asosan vodoroddan (70-80%) tashkil topgan gaz pufagi hosil. bo‘ladi; moyning tez parchalanishi pufakdagi bosimning ortishiga olib keladi, bu esa moyning yaxshi sovishiga va deionizatsiyalanishiga yordam beradi.) Vodorod yuqori yoy so‘ndirish xossalariga ega; yoy ustuniga bevosita tegib, vodorod yoyning deionizatsiyalashiga yordam beradi. Gaz pufagi ichida gaz va moy bug‘larining uzluksiz harakati sodir bo‘ladi. Y Oyni moyda so‘ndirish Uzgichlarda keng qo‘llaniladi. Gaz-havo puflash. Agar gazlar harakati— puflash ma’lum yo‘nalishda hosil qilinsa, yoyning sovishi yaxshilanadi. YOy bo‘ylamasiga yoki unga ko‘ndalang yo‘nalishda puflansa (37-rasm), bu hol yoyning ustuniga gaz zarrachalarining o‘tishi, jadal diffuziyalanishi va yoyning sovishiga yordam beradi. Gaz yoy bilan moyni parchalashda (moyli Uzgichlar) yoki qattiq gaz- generatsiyalaydigan materiallar (avtogazli puflash) dan hosil bo‘ladi. Maxsus ballonlardan chiqayotgan siqilgan havo bilan (havo Uzgichlari) kiradigan sovuq ionizatsiyalanmagan havo bilan puflash ancha samarali hisoblanadi. Tok zanjirini qayta-qayta uzish. Yuqori kuchlanishlarda katta tokni uzish ancha qiyin. Bunga sabab keltirilayotgan energiya va tiklanadigan kuchlanish miqdori katta bo‘lganda yoy oralig‘ining deionizatsiyalanishi murakkablashadi. SHuning uchun yuqori kuchlanishli Uzgichlarda har bir fazadagi yoy qayta-qayta uziladi (38-rasm). Bunday Uzgichlar nominal kuchlanishning bir qismiga mo‘ljallangan bir necha o‘chiruvchi qurilmalariga ega. Fazani uzish soni Uzgichlar turi bilan uning kuchlanishiga bog‘liq. 500-750 kV li Uzgichlarda 12 va undan ortiq uzish bo‘lishi mumkin. YOyning so‘nishini osonlashtirish uchun, tiklanayotgan kuchlanish Uzgichlar orasida bir xil taqsimlanishi lozim. 38-rasmda fazaga ikkita uzilish to‘g‘ri keladigan moyli Uzgich sxemasi ko‘rsatilgan. Bir fazali q.t. uzilganda tiklanayotgan kuchlanish Uzgichlar orasida quyidagicha taqsimlanadi: b unda U1 va U2-birinchi va ikkinchi uzgichga qo‘yilgan kuchlanish; S1-shu Uzgichlar kontaktlari orasidagi sig‘im; S2-erga nisbatan kontakt sistemaning sig‘imi. S1 ga nisbatan S2 ancha katta bo‘lganligi uchun kuchlanish U1>U2 bo‘ladi va demak, o‘chiruvchi qurilmalar turli sharoitlarda ishlaydi. Uzgichning bosh kontakti (GK) ga kuchlanishni tenglash uchun parallel holda sig‘im yoki aktiv qarshiliklar ulanadi (38-rasm, b,v). Sig‘imlar va aktiv shuntlovchi qarshiliklarning qiymatini tanlashda Uzgichlardagi kuchlanishning bir xil taqsimlanishiga e’tibor beriladi. SHuntlovchi qarshilikli Uzgichlarda bosh kontaktlar (GK) orasidagi yoy so‘nganidan keyin qarshiliklar kattaligi bo‘yicha cheklangan holda davom etuvchi tok yordamchi kontaktlar VK bilan uziladi. SHuntlovchi qarshiliklar tiklanayotgan kuchlanishning o‘sish tezligini kamaytiradi, bu hol yoyning so‘nishini engillashtiradi. YOyni vakuumda so‘ndirish. Bosimi ancha pasaygan gaz (10-6—10-8 N/sm2) atmosfera bosimidagi gazga nisbatan bir necha o‘nlab marta katta elektr mustahkamlikka ega. Agar kontaktlar vakuumda ajratilsa, u holda yoydagi tokning nol orqali birinchi o‘tishidan keyinoq oraliqning mustahkamligi tiklanadi va yoy qayta yonmaydi. Vakuumning bu xossalari Uzgichlarning ayrim turlarida qo‘llaniladi. YOyni yuqori bosimli gazlarda so‘ndirish. 2 MPa va undan yuqori bosimdagi havo ham yuqori elektr mustahkamlikka ega. Bu hol siqilgan havo muhitida yoyni so‘ndirish uchun ancha ixcham qurilmalar yaratish imkonini beradi. Mustahkamligi yuqori bo‘lgan gazlar, masalan, oltingugurt (VI) ftorid SG‘v (elegaz) dan foydalanish yana ham samaraliroqdir. Elegazning, havo va vodorodga nisbatan elektr mustahkamligi katta bo‘libgina qolmay, hatto atmosfera bosimida ham yoy so‘ndirish qobiliyati yaxshiroqdir. Elegaz Uzgichlar, ajratkichlar, qisqa tutashtirgichlar va boshqa yuqori kuchlanishli apparatlarda qo‘llaniladi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling