Œзбекистон республикаси


Download 398.5 Kb.
bet1/17
Sana07.01.2023
Hajmi398.5 Kb.
#1081895
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
ЭМ SILLABUS


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

« ELEKTR MASHINALARI»
FANINING ISHCHI O`QUV DASTURI
(SILLABUSI)
(3- kurslar uchun)



Bilim sohasi:

300000 – Ishlab chiqarish texnik soha

Ta’lim sohasi:

320000 – Ishlab chiqarish texnologiyasi

Ta’lim yo‘nalishi:

60710700 – Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (mashinasozlik)

Urganch – 2022 y.


FAN TO‘GʻRISIDA MA’LUMOT



Fan/modul kodi
ELMB312

O‘quv yili
2022-2023

Semestr
4,5

ECTS - Kreditlar
4-semestr – 6
5-semestr – 4

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
4-semestr – 6
5-semestr – 3

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

Elektr mashinalari

133


167

300



FAN O‘QITUVCHILARI HAQIDA MA’LUMOT:



Kafedra:

“Fakultetlararo umumtexnika fanlari”

Dastur muallifi:

Qodirov A. Matkarimov S

Telefon raqami

+998937500069;

E-mail:

Sardor.ss39@gmail.com

Tashkilot:

Gurlan ko’chasi 2-uy, Texnika fakulteti laboratoriya binosi 102 xona.


    1. O‘quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni



«Elektr mashinalari» fani o‘quvchilariga imkoni boricha elektromagnit xodisalarning sifat va miqdor jixatlari xaqida tushuncha berib, elektrotexnik maxsus fanlar qo‘ygan masalalarni echishning asosiy yo‘nalishini ko‘rsatib beradi. Fanni o‘rganishda talabalar xar xil elektrotexnik, elektron qurilmalar zanjirlaridan tuzilgan texnik qurilmalar va sistemalar bilan tanishadilar, texnik qurilmalar va sistemalarni xisoblash va tadqiq qilishning ma’lum usullarini o‘rganadilar.

Ushbu ish dasturi «Elektr mashinalari» fani o‘kitiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti 5310700-Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo‘yicha) bakalavr tayyorlash mazmunini va saviyasining majburiy minimumiga bo‘lgan talablarga muvofiq tuzilgan.



    1. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi

Fanni o‘qitishdan maqsad - materianing bir ko‘rinishi bo‘lgan elektromagnit maydon va uning har xil qurilmalarida ro‘y beradigan jarayonlar, tahlil usullari, sintez hamda elektr va magnit maydonlarini hisoblashga ko‘nikma va malaka shakllantirish bilan birga kelajakda mutaxassis tayyorlash muammosini echishdir.


Fanning vazifasi – talabalarga elektr zanjirlar nazariyasini taxlili, analizi, elektr zanjirlari turlari, hisoblash usullarini o‘rgatishdan iboratdir.
«Elektr mashinalari» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

  • elektr zanjirlar nazariyasi va hisoblash asoslari, elektr zanjirlari turlari, tuzilishi, elementlari parametrlarini aniqlash usullarini bilishi kerak;

  • talaba elektr zanjirlarini optimal ko‘rsatkichlari va ish rejimlarini to‘g‘ri hisoblash va diogramma, egri chiziqlarni to‘g‘ri qurish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;

  • talaba elektr zanjirlarini optimal ko‘rsatkichlari va ish rejimlarini aniqlash, turli yuklamalar bilan ishlagan xolatdagi o‘tkinchi jarayonlarni hisoblay olish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
«Elektr mashinalari» fani umumixtisoslik fani hisoblanib, 4-5-semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish O‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va fizika fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.

Talabalarning «Elektr mashinalari» fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnalogiyalarni tadbiq qilish muhim axamiyatga egadir. Fani o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya darslarida mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnalogiyalardan foydalaniladi.

Download 398.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling