`zbеkiston rеspublikasi


Yuz ichida jadvaldan tashqari bo’lish


Download 135.5 Kb.
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi135.5 Kb.
#1550235
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jadvaldan tashqari ko’paytirish va bo’lish hollarini o’rganish (2)

2. Yuz ichida jadvaldan tashqari bo’lish

Jadvaldan tashqari bo’lishda quyidagi ko’rinishdagi holler qaraladi: 60: 3, 100:2, 80:2, 64:4 va 64:16. Yahlit sonlarni bir xonali songa bo’lib, bolalar jadvaldan tashqari ko’paytirishdagidek mulohaza yuritishadi: “80 – bu 8 ta o’nlik, 2=4 o’nlik yoki 40”


80:20 korinishidagi bo’lishda bolalar ularni o’nliklar kabi bo’lishadi.
8 o’nlikni 2 ta o’nlikdan qilib bo’lingandan 4 chiqadi.
80:2 va 80:20 ko’rinishidagi misollarni taqsimlashda alohida e’tibor berish lozim. Bolalar ko’pincha ularni chalkashtirishadi va bunday hatoga yo’l qo’yishadi: 80:20=40. Bu turdagi xatoliklarning oldini olish uchun bu hollarni taqqoslab, tanish bo’lgan ko’rsatmalilikdan ofydalanishga (cho’plar bog’lamlariga) qaytish kerak. Bo’lishning keyingi usullarni o’zlashtirish maqsadida o’qituvchi quyidagi ko’rinishdagi juda ko’p tayyorgarliklar mashqlarni o’tqazadi:
1. Har bir son uchun shunday bo’luvchini tanlangki, bo’linmada 10 soni hosil bo’lsin: 30, 40, 50, 60, 70, 80.
Topshiriq yozma ravishda bajariladi: 30:3=10, 40:4=10 va hokazo.
2. 30, 40, 80 soni qanday bir honali sonlarga bo’linadi?
Topshiriqni bajarishda 1 sonini ham hisobga olish kerak, ya’ni daftardagi yozuv bunday ko’rinishda bo’ladi:
30:1=30, 30:2=15, 30:3=10.
3. Yig’indi 6 ga bo’linishi 30 ga qanday bir xonali sonni qo’shish mumukin? Yig’indi 8 ga bo’linishi uchun 40 ga qanday bir xonali sonni qo’shish mumkin? Yig’indi 5 ga bo’linishi uchun 50 ga qanday bir xonali sonni qoshish mumkin?
4. 3 ga, 4ga,5ga 6ga bo’linadigan va 0 bilan tugaydigan eng katta sonni ayting
Shunday qilib, jadvaldan tashqari bo’linishni o’rganishga tayyorlanish oldin o’tilgan hamma mavzularni o’rganish jarayonida, ko’paytirish va bo’lishning jadval hollarini o’zlashtirishdan boshlab muntazam va maqsadga yo’naltirilgan holda o’zlashtirilishi kerak. U holda yig’indini songa bo’lishning xossasi bilan tanishish va bu xossa asosida xisoblash usullarini bundan keyin shakllantirish o’quvchilarda qiyinchilik tug’dirmaydi. Bolalarni 64:4 ko’rinishdagi hollarda bo’lish usullari bilan tanishtirish uchun ular bilan yig’indini songa bo’lish usullari qarab chiqiladi.
Yig’indiga nisbatan bo’lishning taqsimot xossasi bilan tanishtirish odatda ko’rgazmali tarzda beriladi, bunda birinchi ko’rsatmali namoyish doskada bajariladi. Keyin shunga o’xshash usul bilan yig’indini songa bo’lishga doir misollarni yechishni o’rganishadi. Shunday qilib eng boshidanoq bolalarning diqqti yig’indini songa bo’lishning qarab chiqilgan usullaridan ikkalasi har doim ham mumkin bo’lavermasligiga, lekin doimo, qo’shiluvchilardan har biri bo’linganda ularning yig’indisini “bo’laklab” bo’lish, keyin olingan natijalarni qo’shish mumkinligiga qaratiladi.
Bolalarni qarab chiqilgan xossaning masala va misollarni samarali usul bilan yechishga qo’llanishda mashq qildirib, ularning diqqatini yig’indini “bo’laklab” bo’lish usulidan tez-tez foydalanish, yechimni yengillashtirishga qaratish kerak. (masalan, bolalar shunday qilib 45+82 sonlar yig’indisini 9 ga bo’lishlari mumkin, bu qoidani bilmasdan esa bu sonlarning yig’indisini 9 ga umuman bo’la olmaydi).

Download 135.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling