IV. Ta’lim natijalari (Kasbiy kompetensiyalari)
Fanni o‘zlashtirish natijasida magistrant:
Agrobiznesda tadbirkorlikning keng amaliy va nazariy materiallar tizimi, agrobiznesda boshqaruv va uning funksiyalari, usullari, qonunlari, tamoyillari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
Agrobiznesda tadbirkorlikni boshqaruvdan ko‘rib chiqilgan amaliy misollar, strategiyalar, axborot texnologiyalari hamda modellashtirish va optimallashtirish nuqtai nazaridan ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; magistrant boshqaruvga oid ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
o‘qitishning usullari va texnikasi. ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar;
o‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh;
o‘qitish vositalari: o‘qitishning an’anaviy shakllari (dasturlar, darslik, taqdimotlar) bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari;
kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan tezkor teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar;
teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blis-so‘rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.
VII. Kreditlarni olish uchun talablar:
Joriy va oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ish yoki testlarni muvaffaqiyatli topshirish.
|