Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Дин ишлари бўйича қўмита


Download 1.17 Mb.
bet3/5
Sana22.05.2020
Hajmi1.17 Mb.
#108935
1   2   3   4   5
Bog'liq
Қўмита ҳақида

Rektorlar


  • Hamidulla Karomatov (1999-2003), Zuhriddin Husniddinov (2003-2005), Shuhrat Yovqochev (2005-2006), Ravshan Abdullayev (2006-2017), Neʻmatillo Ibrohimov (2017-2018), Shuhrat Yovqochev (2018-yildan).

Wikipedia.org

SamDChTI va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-martdagi PQ-2855-son qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi huzurida “Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi” tashkil etilgan.

Mazkur Markaz muqaddas islom dini rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan, hadis ilmining sultoni, buyuk vatandoshimiz Imom Buxoriyning ulkan merosini ilmiy asosda o‘rganish, xalqimiz va jahon jamoatchiligiga targ‘ib etish, azaliy milliy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash asosida yosh avlodning ruhiy va ma’naviy olamini boyitish, imon-e’tiqodini mustahkamlash, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada kuchaytirish maqsadida Samarqand viloyati Payariq tumani hududidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasining yonida bunyod etilgan.

Joriy yilning 25-yanvar kuni institut rektori I.M.Tuxtasinov, institutning arab tili va adabiyoti o‘qituvchisi misrlik fan doktori Hashim Ismail Hamam, institut xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i O.Yusupovlar hamda institut jamoasi Imom “Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi” va “Hadis ilmi” maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishib, markaz ilmiy xodimlari tomonidan tayyorlanib nashr qilingan “Imom Buxoriy ta’rifi”, “Samarqand allomalari” hamda “Odamlar xazinasi” kitoblarining taqdimotida ishtirok etishdi. Markaz bilan kelgusida arab tili mutaxassislarini tayyorlash, hamkorlikda malakaviy amaliyotlarni tashkil etish, tarjima asarlarini yaratish hamda konferensiyalar tashkil etish masalalari yuzasidan kelishib olindi.

Samdtchi.uz



Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rasman ro‘yxatdan o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi PQ-2774-sonli “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi hamda Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 14 martda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda adliya vazirligining matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Markazning asosiy maqsad va vazifalari Islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma, vatandoshimiz Abu Iso Termiziy (Imom Termiziy) va termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganishga, muqaddas yurtimiz zamini azal-azaldan ulug‘ allomalar, aziz-avliyolar vatani bo‘lib kelganini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilishga, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirishga, shu asosda yosh avlodni ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalashga, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirishga qo‘maklashishga qaratilgan.

Kun.uz

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Islom madaniyati markazi nomini Islom sivilizatsiyasi markazi deb o‘zgartirishni taklif qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentabr kuni Toshkent shahridagi Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 21-aprel kuni Toshkent shahrining Olmazor tumaniga tashrifi chog‘ida Imom Termiziy jome’ masjidini rekonstruksiya qilish bo‘yicha topshiriq bergan va Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida Islom madaniyati markazini tashkil etish taklifini bildirgan edi.

Ayni vaqtda Prezidentning 2017-yil 23-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 1-sentabr kuni Xastimomga tashrifi davomida tashkil etilayotgan markaz loyihasi bilan tanishdi.

“Bu kabi xayrli ishlar yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanmoqda. Shularni inobatga olib, davlatimiz rahbari Islom madaniyati markazi nomini Islom sivilizatsiyasi markazi, deb o‘zgartirish taklifini bildirdi”, — deb yozadi O‘zA.

Loyihaga ko‘ra, ushbu markazda akademiya, kutubxona, arxiv va qo‘lyozmalar fondi tashkil etilib, ularni bugungi O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar va ulamolar tomonidan asos solingan ilmiy va diniy maktablarga doir yurtimizda va chet ellarda saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, arxeologik topilmalar, osori-atiqalar, shu yo‘nalishdagi zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, video va foto hujjatlar bilan boyitish, 300 o‘rinli konferensiya zali barpo etish ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev markaz qurilishi bo‘yicha taqdim qilingan loyihaga alohida e’tibor qaratdi. Loyihalarda markaz qurilishi munosabati bilan boshqa joyga ko‘chiriladigan aholi uchun barpo etiladigan yangi zamonaviy uy-joylar haqidagi ma’lumotlar ham o‘z aksini topgan.

“Prezidentimiz davlat va jamoat tashkilotlari, Musulmonlar idorasi rahbariyati, imom-xatiblar, mahalla faollari bilan suhbatlashdi”, — deyiladi O‘zA axborotida.



Daryo.uz

Toshkent Islom madaniyati markazi uchun loyiha

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahrida qad rostlashi kutilayotgan Toshkent Islom madaniyati markazi uchun tayyorlangan loyihalardan biri taqdim etildi.

Arxitektorlar Sherali Jalilov va Ulug‘bek Umarjonov tomonidan ishlab chiqilgan mazkur loyihaga ko‘ra inshoot Olmazor tumanida qad ko‘tarishi ko‘zda tutilgan. Loyihaga ko‘ra, markaz binosi Qorasaroy ko‘chasida, Hazrati Imom masjidi yoniga joylashadi.



Taklif etilgan loyiha hali tasdiqlanmagan. Loyihaning qiymati haqida hozircha ma'lumotlar berilmagan. Inshoot joylashadigan yer hududida hozirda eski turar-joylar mavjud bo‘lib, shahar va tuman hokimligi bu yerda istiqomat qiladigan 220ta xonadonga boshqa hududdan uy-joy ajratish sharti bilan jismonan va ma'nan eskirgan uylarni buzib majmuaning qurilishini boshlashi ko‘zda tutilgan.

2017 yilning 15 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekistonda Islom madaniyati markazi tashkil etilishi haqida gapirgan edi.



23 iyun kuni Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Avgust oyida Vazirlar Mahkamasining 2.08.2017 yildagi 572-sonli «Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistonda Islom madaniyati markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi.



Islom madaniyati markazi binolari qurilishiga Alisher Usmonov homiylik qiladi.

Kun.uz


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling