Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Дин ишлари бўйича қўмита
Oʻzbekiston musulmonlari idorasining matbuot xizmati xabar tarqatishicha, Buxoroda "Mir Arab" oliy madrasasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtgan
Download 1.17 Mb.
|
Қўмита ҳақида
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻzbekiston "maʼrifiy Islom" gʻoyasini ilgari surmoqda Zomindagi Mirziyoyev masjidida ayollar ham namoz oʻqiydi
- O‘ZBEKISTON” TELERADIOKANALINING “HIDOYAT SARI” STUDIYASI VA TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI “ZIYO MEDIA MARKAZI” FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Oʻzbekiston musulmonlari idorasining matbuot xizmati xabar tarqatishicha, Buxoroda "Mir Arab" oliy madrasasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtgan. Buxoro viloyatidagi Bahouddin Naqshband majmuasidagi tantanali marosimda Toshkentdagi Islom tsivilizatsiya markazi direktori Shoazim Minovarov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari Oʻ.Hasanboyev, Buxoro viloyatining hokimi Oʻktam Barnoyev qatnashganlar. Oʻzbekiston "maʼrifiy Islom" gʻoyasini ilgari surmoqda Zomindagi Mirziyoyev masjidida ayollar ham namoz oʻqiydi Ayol va erkaklar birga namoz oʻqiydigan masjid ochildi "Mir Arab oliy madrasasining oldingi maqomi yana oʻziga qaytarilganligi, bu oliygoh orqali, avvalo, xalqimizning diniy saviyasi koʻtarilishi, kelajakda mazkur dargohda xorijiy mamlakatlardan taklif bilan chiqqan moʻmin-musulmonlarga ham taʼlim berilishi toʻgʻrisida alohida taʼkidlandi", deyiladi musulmonlar idorasi xabarida. Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yil mart oyida Buxoro viloyatiga tashrifi chogʻida "Mir Arab" oliy madrasasini tashkil qilish boʻyicha koʻrsatma bergan. "Kelgusida chuqur bilimli imom-xatiblar, islomshunos mutaxassislar, ulamolar tayyorlashda, eng muhimi, farzandlarimizni buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi ruhida, sogʻlom eʼtiqod ruhida tarbiyalashda bu ilm dargohlari tayanch boʻlib xizmat qiladi," deb aytgan Prezident Mirziyoyev. Image copyrightBBC O'ZBEKImage caption"Mir Arab" madrasasi uzoq yillar SSSRdagi yagona islomiy ov yurti boʻlgan va sobiq Shoʻro respublikalaridagi koʻplab taniqli diniy arboblar "Mir Arab"da tahsil olganlar"Darhaqiqat, oliy madrasaning ochilishi islom shariati ahkomlarining yetuk bilimdoni, xalqimizning diniy-maʼrifiy bilim va saviyasi, sogʻlom eʼtiqodini shakllantiradigan, turli xil yot gʻoyalarga qarshi oʻzining maʼrifati bilan kurasha oladigan malakali yosh kadrlarni tayyorlashda xizmat qiladi", deb xabar qiladi Oʻzbekiston musulmonlar idorasi. Buxoro shahridagi "Mir Arab" madrasasi XVI asrda barpo etilgan va dunyoga mashhur diniy ulamolarni yetishtirgan nufuzli ilm dargohi hisoblanadi. 1920 yili kommunistlar madrasani yopganlar. 1945 yili Oʻrta Osiyo musulmonlari diniy idorasining muftiysi Eshon Boboxon Shoʻro hukumati bilan uzoq muzokaralardan soʻng "Mir Arab" madrasasi ochilishiga erishadi. Madrasa uzoq yillar SSSRdagi yagona islomiy oʻquv yurti boʻlgan va sobiq Shoʻro respublikalaridagi koʻplab taniqli diniy arboblar "Mir Arab"da tahsil olganlar. Bbc.com
MIR ARAB OLIY MADRASASI O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog'ida Buxoro viloyatida Mir Arab oliy madrasasini tashkil qilish bo'yicha ko'rsatmalar berilgan edi. Adliya vazirligining xabar berishicha, berilgan ko'rsatmalarga asosan O'zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Mir Arab oliy madrasasi tashkil qilinib, 2017 yil 7 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qisqa muddatda davlat ro'yxatidan o'tkazildi. Ushbu diniy ta`lim muassasasining tashkil qilinishi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi Qonunda belgilangan fuqarolarning vijdon erkinligi hamda diniy ta`lim olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirishlari uchun yana bir imkoniyat bo'ldi. Shuningdek, mazkur quvonarli voqea 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan diniy bag'rikenglikni ta`minlash borasidagi amaliy harakatlarning mantiqiy davomchisi bo'lib hisoblanadi. Shu munosabat bilan, Adliya vazirligi Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasi tomonidan O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov va Oliy madrasa rektori v.b Elov Jobir Rustamovichga Oliy madrasaning davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risida guvohnoma topshirildi va Oliy madrasaning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi. Muftiy Usmonxon Alimov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining shaxsan tashabbusligida tashkil qilingan mazkur diniy ta`lim muassasasi oliy Islom bilim yurti hisoblanishini ta`kidlagan holda, uni O'zbekiston xalqiga sof Islom dini asoslarini mukammal o'rganish va mamlakatda diniy bag'rikenglikning ta`minlanishida muhim ahamiyat kasb etishini bildirdi va mazkur ta`lim muassasasidan Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Bahouddin Naqshband kabi Islom olamida shuhrat qozongan buyuk allomalar yetishib chiqishini tilab duo qildi. Shu bilan birga, hozirgi vaqtda Buxoro viloyatida yangi tashkil qilingan Mir Arab oliy madrasasidan tashqari Mir Arab islom o'rta maxsus bilim yurti ham o'z faoliyatini davom ettirib boradi. Mir-arab.uz O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI
“O‘ZBEKISTON” TELERADIOKANALINING “HIDOYAT SARI” STUDIYASI VA TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI “ZIYO MEDIA MARKAZI” FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA Mamlakatimizda islom madaniyati, ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalarimiz merosini chuqur o‘rganish, tabarruk qadamjolarini obod etish, muqaddas dinimiz musaffoligini asrash, aholi, ayniqsa, yoshlarni yot g‘oyalardan himoya qilish, ularni Vatanga sadoqat, milliy-diniy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni keng targ‘ib etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti, O‘zbekiston musulmonlari idorasining: “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat unitar korxonasining “Madaniy-ma’rifiy va badiiy dam olish dasturlar” bosh muharririyati tarkibida “Hidoyat sari” ma’rifiy ko‘rsatuvlar studiyasini (keyingi o‘rinlarda Studiya deb ataladi); O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti “Ziyo” studiyasi negizida “Ziyo media markazi”ni (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish haqidagi takliflari ma’qullansin. 2. Quyidagilar Studiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin: xalqimizning diniy savodxonligini oshirish va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan diniy-ma’rifiy sohadagi yangiliklar bilan aholini o‘z vaqtida tanishtirib borish; islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning benazir merosini yanada keng targ‘ib qilish; yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida chuqur falsafiy va ibratga yo‘g‘rilgan sahnalashtirilgan badiiy telenovellalar yaratish; terrorizm, diniy ekstremizm, har xil oqimlardan yoshlarni asrashga qaratilgan, jumladan, “ommaviy madaniyat”ning turli illatlaridan himoya etishga yo‘naltirilgan maxsus ko‘rsatuv va roliklar tayyorlash; viloyat, shahar, tuman bosh imom xatiblari va mutasaddi vazirliklar hamda idoralar vakillari ishtirokida bugun insoniyat hayotiga xavf solayotgan muammolar, oilaviy, odob-axloq, o‘zaro muomala jarayoni va shu kabi zarur masalalar, shu bilan birga fuqarolarimizni qiziqtirgan mavzuga doir savollar yuzasidan doimiy ravishda tok-shoular tashkil etish; mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, yurtimizdan yetishib chiqqan ulug‘ allomalar, muqaddas qadamjolar, tarixiy obida va qadriyatlar haqida doimiy ravishda ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlar tayyorlash; teledasturlarda respublikamizning barcha viloyat, shahar, tumanlarida faoliyat yuritayotgan imom xatiblarning ishtirokini ta’minlash va hududiy teleradiokompaniyalarning faolligini yanada oshirish. 3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin: mustaqillik yillari yurtimizda vijdon erkinligini kafolatlash, diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, shuningdek, turli din vakillarining ibodatlarini emin-erkin ado etishlari uchun yaratilayotgan qulaylik va shart-sharoitlarni aholi, xususan yoshlar orasida keng targ‘ib etish; o‘sib kelayotgan avlodni Vatanga sadoqat, milliy-diniy qadriyatlarga hurmat, turli millat va e’tiqod vakillariga nisbatan bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashga bag‘ishlangan teleko‘rsatuvlar va radio eshittirishlar tayyorlash va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi teleradiokanallarda efirga uzatish; diniy-ma’rifiy yo‘nalishda tayyorlanadigan tele va radio eshittirishlarni, muqaddas dinimiz musaffoligini saqlash, boy hamda noyob islomiy madaniy merosni butunjahon Internet tarmog‘i orqali xalqimiz orasida keng targ‘ib qilish; yoshlarni g‘arazli kuchlar ta’siridan himoya qilish, ularni yot oqimlarning noinsoniy maqsad-muddaolaridan xabardor etish; yoshlar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhit asoslarini keng yoyish. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti “Ziyo media markazi”ning tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilab qo‘yilsinki, Studiya “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi uchun cheklangan umumiy xodimlar soni doirasida tashkil etiladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: Markaz faoliyatini saqlash xarajatlarini 2017-yilda “Ijtimoiy soha” bo‘yicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida, 2018-yildan boshlab esa mazkur sohaga har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshirsin; Markazga 1 ta xizmat avtotransport vositasi uchun limit ajratsin. 6. Belgilab qo‘yilsinki: Markazga ajratilgan avtotransport vositasini xarid qilish va saqlash bilan bog‘liq xarajatlar budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qoplanadi; Markaz xodimlariga nisbatan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi. 7. O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti bilan birgalikda “Hidoyat sari” va “Ziyo media markazi”ning ijodkorlarini rag‘batlantirish maqsadida jurnalistika sohasida o‘tkaziladigan nufuzli ko‘rik tanlovlarda diniy-ma’rifiy mavzularni eng yaxshi yoritganligi uchun alohida nominatsiya joriy etsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 4-iyuldagi 193-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. A.J. Xadjayev, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti rektori R.V. Abdullayev zimmasiga, Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va turizmni rivojlantirish masalalari hamda Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentlariga yuklansin. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling