Мavzu №1: Dasturga kirish. Reja: - Burg’ilash jarayonda mehnat muhofazasi.
- Tеxnika, yong`in xavfsizligi va mеhnat xavfsizligi qoidalari bo`yicha yo`riqnomalar.
- Ish joyida xavfsiz ishlash xarakatlari va usullari.
- Yong`inga qarshi invеntarlarni turlari va joylari bilan tanishish.
- Elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.
O’quv ustaxonalarida texnika va yong’in xavfsizligi - Mehnat muhofazasi - ish jarayonida inson xavfsizligi, salomatiigi va ish qobiliyatini oshirishni ta’minlovchi qonunlar tizimi hamda ularga muvofiq keladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, gigienik va davolash profilaktikasi tadbirlari hamda vositalari.
- Texnika xavfsizligi - ishlovchilarga ishlab chiqarishda texnika xazfsizligini, uning oldini oladigan tashkiliy chora-tadbirlar va texnika vositalari tizimi.
- Yong’in xavfsizligi - ob’ektda yong’in paydo bo’lish xavfini oldini olish, shuningdek moddiy boyliklani muhofaza qilishdan iborat.
- Sanoat xavfsizligi-Ishchilarni texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilishini tekshiradigan tashkilot hisoblanadi
Yo’riqnomalar: - Yo’riqnomalar:
- Kirish yo’riqnomasi-Ishga kirayotgan xodimlar uchun ishlatiladi bunda ishga kirayotgan ishchiga hamma malumotlar berib o’tiladi
- Ish joyidagi yo’riqnoma-Ishga yangi kirgan hodimlar bir ishdan ikkinchi ishga o’tkazilganda bu ish vaqtincha bo’lishidan qat’iy nazar ish joyidagi yo’riqnoma o’tkaziladi
- Vaqti-vaqti bilan o’tqaziladigan yo’riqnoma-Bu yo’riqnomani o’tkazish vaqtini fabrika,zavod kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda sanoat korxonaning rahbari belgilaydi
- Rejadan tashqari yo’riqnoma-Bu yo’riqnoma texnolologik jarayonning o’zgarishi, yangi mashina,dastgohlar kiritilishi va yangi materialdan foydalanish natijasida ish sahroitining o’zgarishi sababli ishchilarning xavfsizligini taminlash maqsadida bilimlari yetishmasligi sezilganda o’tkaziladi
-
- Kundalik yo’riqnoma- Naryad-dopusk bilan bajariladigan xavfli ishlar boshlanishidan oldin o’tkaziladi. Bu yo’riqnoma o’tkazilgani haqida naryad-dopuskka yozib qo’yiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |