14-modda. Qamoqda yoki jazoni o‘tash joylarida saqlanayotgan himoya qilinuvchi
shaxsga nisbatan qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ta’minlash
Qamoqda yoki ozodlikni cheklash, ozodlikdan mahrum etish yoxud intizomiy harbiy
qismda saqlash tarzidagi jazoni o‘tash joylarida saqlanayotgan himoya qilinuvchi shaxsning
xavfsizligi unga nisbatan ushbu Qonun 6-moddasi birinchi qismining 1 va 7-bandlarida nazarda
tutilgan xavfsizlik choralarini qo‘llash orqali ta’minlanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning xavfsizligi choralarini
ta’minlash maqsadida quyidagilar ham qo‘llanilishi mumkin:
1) himoya qilinuvchi shaxsni va zo‘ravonlik tahdidini keltirib chiqaruvchi shaxsni ular
ushlab turilganda, qamoqqa olinganda va ularga nisbatan jinoiy jazolar tayinlanganda boshqa-
boshqa qamoqda saqlash va jazoni o‘tash joylariga yuborish;
2) himoya qilinuvchi shaxsni yoki zo‘ravonlik tahdidini keltirib chiqaruvchi shaxsni bir
qamoqda saqlash joyidan va jazoni o‘tash joyidan boshqasiga o‘tkazish;
3) himoya qilinuvchi shaxsni va zo‘ravonlik tahdidini keltirib chiqaruvchi shaxsni
alohida-alohida saqlash;
4) himoya qilinuvchi shaxsga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgartirish.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 11-
moddasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |